So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” yangi formatdagi “Korzinka Mahalla” do‘konlarini ishga tushirdi

Korzinka hayotidan

10 oktyabr 2023

“Korzinka” yangi formatdagi “Korzinka Mahalla” do‘konlarini ishga tushirdi

Korzinka hayotidan

10 oktyabr 2023

10.10.2023, Toshkent, O‘zbekiston — Yangi tarmoq assortimenti keng turkumdagi eng sara mahsulotlarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, bu yerda qahva burchagi va tayyor ovqatlarning keng tanlovi ham taqdim etilgan.


“Korzinka”, O‘zbekistondagi eng yirik savdo tarmog‘i, yangi formatdagi “Korzinka Mahalla” do‘konlarini ishga tushirganini e’lon qiladi.


photo_2023-10-10_16-22-01.jpg

Bu qulay joylashuvi va keng assortimenti bilan ajralib turadigan uy yonidagi do‘konlardir. Ularning asosiy xususiyatlariga bir qator omillar orqali xarid qilish vaqtini sezilarli darajada tejash imkoniyati kiradi.


Bu, birinchidan, ixchamlik. Agar “Korzinka” supermarketlarining savdo maydoni odatda 1 200 kvadrat metrni tashkil qilsa, “Korzinka Mahalla” maydoni 300 - 400 kvadrat metr atrofida. Bu mijozlarga butun do‘konni tezda aylanib chiqish va kerakli narsani topish imkonini beradi.


Ikkinchidan, joylashuv. Barcha do‘konlar uyga yaqin joylashgan bo‘ladi.


Uchinchidan, tuzilish va assortiment. Do‘konlar yaqin kunlarga oziq-ovqat sotib olish uchun ham, ish yoki uyga ketayotganda ichimlik yoki tayyor ovqat sotib olish uchun ham bir xil darajada qulay.


photo_2023-10-10_16-21-53.jpg


Har bir “Korzinka Mahalla” do‘konida:


  • kofe maydoni va tayyor mahsulotlarning kengaytirilgan tanlovi,

  • yangi mahsulot toifalari, masalan, gullar,

  • 4 200 dan ortiq mahsulot turlari (SKU) bo‘ladi.


Do‘konlarning ish vaqti 07:00 dan 23:00 gacha, biroq ba’zilari tunu-kun ochiq bo‘ladi.


photo_2023-10-10_16-21-54.jpg

Shunday qilib, “Korzinka Mahalla” tayyor oziq-ovqat, ichimliklar va gazaklar sotib olmoqchi bo‘lganlar uchun ham, xaridlarning asosiy qismini supermarketda yoki internet orqali amalga oshiradiganlar uchun ham, uyga yaqin joyda hamma narsani sotib olishni afzal ko‘rganlar uchun ham qulay bo‘ladi.


6-oktabr kuni “Korzinka Mahalla – Yangi Sebzor”ning birinchi pilot do‘koni ochilgan bo‘lsa, 10-oktabr kuni “Korzinka Mahalla – Bo‘ston” do‘konining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.


photo_2023-10-10_16-21-55.jpg

“Vaqtni, hammadan ham koʻproq bizning korxonamizda qadrlasak kerak. Ayniqsa, bu mehmonlarimizning qimmatli vaqti bilan bogʻliq boʻlsa. Shu sababli, jamoamiz bilan xaridlar jarayonini odatdagidan tez va qulay etadigan yangi shaklni ishga tushirishga qaror qildik. Biz ancha vaqtdan buyon mijozlarimizdan shu turdagi taklif va murojaatlarni olib kelayotgandik. Buning asnosida, mana, Korzinka Mahalla ham paydo boʻldi. 


Endi yangi shakldagi doʻkonlarimiz haqiqatan ham har bir mahallada ochilishi hamda yanada koʻproq aholi qulay va zamonaviy chakana savdo imkoniyatlaridan foydalanishi uchun bor kuchimizni safarbar qilish rejamizdan oʻrin olgan”, — deb ta’kidladi “Korzinka” supermarketlar tarmogʻi asoschisi va kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov.



Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

"Korzinka" supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati

Doniyor Rasulov

Telefon: +998 78 140 14 14

E-mail: d.rasulov@korzinka.uz


Kompaniya haqida:


“Korzinka” – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 11 ta hududida 124 ta do‘kon kiradi: “Korzinka” supermarketlari, “Korzinka Mahalla” va “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont”, “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo do‘koni va ikkita “dark store”ga ega bo‘lgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi.