So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” yangilangan Telegram-botini taqdim etdi

Korzinka hayotidan

10 iyul 2023

“Korzinka” yangilangan Telegram-botini taqdim etdi

Korzinka hayotidan

10 iyul 2023

10.07.2023, Toshkent, Oʻzbekiston — Supermarketlar tarmogʻi foydalanuvchilarga yanada qulayroq boʻlishi uchun oʻzining Telegram-botini yangiladi. 

 

“Korzinka”, O‘zbekistonning eng yirik savdo tarmog‘i, ko‘plab qulay funksiyalarga ega yangilangan Telegram-botini taqdim etdi — t.me/korzinka_uzbot.

 

Uning yordamida foydalanuvchilar Korzinka Plus dasturi va bonuslar haqida ma’lumot olish, Korzinka kartasi qoldig‘ini kuzatish, joriy chegirma va aksiyalardan xabardor bo‘lish, shuningdek, “Yaqin atrofdagi do‘konlar” funksiyasidan foydalangan holda eng yaqin supermarketlar haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, bot yordamida aksiyalar g‘oliblarining ro‘yxatini ko‘rish imkoniyati mavjud.

 

Bundan tashqari, foydalanuvchi “Korzinka”ga xabar qoldirishi va qo‘llab-quvvatlash xizmati mutaxassislaridan qiziqtirgan savolga javob olishi mumkin. Shuningdek, "Yordam" bo'limida eng ko'p beriladigan savollarga javoblar keltirilgan. 

 

“2017-yil yanvar oyida “Korzinka” mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida O’zbekistonning chakana savdo sohasida birinchi bo’lib Telegram-botini ishga tushirdi. O’tgan vaqt davomida bot odatdagidan yaxshi bo'lib, rivojlanib keldi. Endi tezlik, barqarorlik va ko’p vazifalilik talablariga javob berish uchun biz uni butunlay qayta yozishga qaror qildik. Hammasi foydalanuvchilarimiz qulayligi uchun”, — deb izoh berdi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i marketing departamenti direktori Malik Karimov.

 

Qo'shimcha ma'lumot uchun:

 

"Korzinka" supermarketlar tarmog'i matbuot xizmati
Doniyor Rasulov
Telefon: +998 78 140 14 14
E-mail: d.rasulov@korzinka.uz

 

Kompaniya haqida:

 

“Korzinka” – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 11 ta hududida 115 ta do‘kon kiradi: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont”, “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo do’koni va ikkita “dark store”ga ega bo’lgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi.