So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” “Business Liga 2023” chempionatining sovrindoriga aylandi

Barcha

7 avgust 2023

“Korzinka” “Business Liga 2023” chempionatining sovrindoriga aylandi

Barcha

7 avgust 2023

08.07.2023-yil, Toshkent, O‘zbekiston — Supermarketlar tarmog‘i futzal bo‘yicha “Fair Play” turnirida ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi.

 

“Korzinka”, O‘zbekistonning eng yirik savdo tarmog‘i, xodimlari o‘rtasida sportni faol targ‘ib qilib kelmoqda.

 DSC_6712.JPG

2023-yil iyul oyida kompaniya turli tashkilotlarning vakili bo‘lgan to‘qqizta jamoa bilan futzal chempionatida ishtirok etdi.

 

“Korzinka” jamoasini ofis, omborlar va do’konlar xodimlari tashkil etdi. 

DSC_6786.JPG

Chempionat to‘qqiz turdan iborat bo‘lib, ularning yettitasida kompaniya g‘olib chiqdi va turnir natijalariga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egalladi.

 DSC_6867.JPG

“Sportni ommalashtirish biz uchun juda muhim, chunki sog‘lom turmush tarzini olib borish insonning jismoniy va ruhiy holatini yaxshilaydi, samaradorligini oshiradi. Biz ijtimoiy mas’uliyatli ish beruvchi sifatida bundan buyon ham bunday tashabbuslarni muntazam qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi Anna Bratanova, “Korzinka” HR-direktori.

 DSC_6984.JPG

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

 

"Korzinka" supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati
Doniyor Rasulov
Telefon: +998 78 140 14 14
E-mail: d.rasulov@korzinka.uz

 

Kompaniya haqida:

 

“Korzinka” – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 11 ta hududida 117 ta do‘kon kiradi: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont”, “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo do‘koni va ikkita “dark store”ga ega bo‘lgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi.