So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” Samarkand Marathon xayriya yugurish musobaqasiga hamkorlik qildi

Korzinka hayotidan

7 noyabr 2023

“Korzinka” Samarkand Marathon xayriya yugurish musobaqasiga hamkorlik qildi

Korzinka hayotidan

7 noyabr 2023

07.11.2023, Toshkent, O‘zbekiston – Supermarketlar tarmog‘i yugurish masofasi bo‘ylab barcha ishtirokchilar uchun oziq-ovqat punktlarini tashkil qildi. 

“Korzinka”, O‘zbekistonning eng yirik savdo tarmog‘i, faol turmush tarzini targ‘ib qilish va sportni ommalashtirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi.


photo_2023-11-06_17-56-01 (2).jpg


4 va 5-noyabr kunlari “Samarkand Marathon 2023” xalqaro xayriya poygasi boʻlib oʻtdi. O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan beshinchi bor “Samarkand Marathon” poygasi tashkil etildi.


Boshlanish va tugatish Registon maydonida bo‘ldi. Ishtirokchilar shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab, Samarqandning madaniy va tarixiy obidalari manzarasi bilan turli masofalarga yugurish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


photo_2023-11-06_17-55-54.jpg


“Korzinka” o‘tgan yillardagi kabi tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va yugurish musobaqalarining rasmiy hamkoriga aylandi. 


Supermarketlar tarmog‘i poyga masofasi bo‘ylab barcha ishtirokchilar uchun oziq-ovqat nuqtalarini joylashtirib chiqdi. Bundan tashqari, barcha yakunlovchi ishtirokchilar uchun maxsus sovg‘a xaltachalari tayyorlandi.


Tadbir 43 mamlakatdan 3000 dan ortiq ishtirokchilarni jamladi. “Korzinka” jamoasi tarkibida poygada kompaniyaning 50 nafar xodimi ishtirok etdi.


photo_2023-11-06_17-55-57.jpg


Xayriya musobaqalari tashkilotchisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bo‘lib, 2023-yilda tadbirdan yig‘ilgan barcha mablag‘lar bolalar sport maydonchalari qurilishiga yo‘naltiriladi.


Qo‘shimcha ma’lumot uchun:


"Korzinka" supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati

Doniyor Rasulov

Telefon: +998 78 140 14 14

E-mail: pr@korzinka.uz


Kompaniya haqida:


“Korzinka” – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 12 ta hududida 129 ta do‘kon kiradi: “Korzinka” supermarketlari, “Korzinka Mahalla” va “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont”, “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo do‘koni va ikkita “dark store”ga ega bo‘lgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi.


Hamkor haqida:


Samarkand Marathon – Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi tashabbusi bilan 2019-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan xalqaro xayriya yugurish musobaqasi. Ushbu musobaqalar O‘zbekistonda madaniyat va san’at obyektlarini inklyuzivlik muammosiga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sport turizmini rivojlantirish muammolarini hal etishga ko‘maklashmoqda. 2022-yilda Samarkand Marathon Abbott WMM Wanda yosh guruhidagi jahon chempionatining saralash yugurish musobaqalari ro‘yxatiga kiritilgan edi.