So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
Zafar Hoshimov “Chapter Zero Uzbekistan”ga maslahat kengashi a’zosi sifatida qo’shildi

Barcha

6 iyul 2023

Zafar Hoshimov “Chapter Zero Uzbekistan”ga maslahat kengashi a’zosi sifatida qo’shildi

Barcha

6 iyul 2023

06.07.2023, Toshkent, Oʻzbekiston — Bu loyiha iqlimning o‘zgarishi sharoitida samarali chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida kompaniyalring kengashlarini safarbar etishga qaratilgan O’rta Osiyodagi ilk tashabbusdir. 

 

“Korzinka”, O‘zbekistonning eng yirik savdo tarmog‘i, atrof muhitni saqlashga, iqlimga salbiy ta’sirni kamaytirishga va dolzarb ekologik muammolar haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan loyihalarni har doim qo’llab kelgan.

 

Shu sababdan,  Zafar Hoshimov Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) va “Deloitte Uzbekistan” tomondan yaratilgan “Chapter Zero Uzbekistan” loyihasiga maslahat azo’si sifatida qo’shildi. 

 

WIUT8350.JPG
 

U iqlimning o‘zgarishi sharoitida samarali harakatlarni izchil amalga oshirish bo'yicha O’rta Osiyodagi ilk loyihadir.

 

“Chapter Zero Uzbekistan”ning ishga tushirilishi O‘zbekistonga iqlimni boshqarish bo‘yicha global tashabbusga qo‘shilish imkoniyatini beradi.

 

Bundan tashqari, dastur biznesni iqlim o’zgarishining ustuvor muammolarini xisobga olgan xolda rivojlantirishni rag’batlantiradi.  

 

WIUT8389.JPG
 

Loyihaning faoliyati quyidagilarga qaratilgan: 

 

— O’zbekistonda mas’uliyatli biznes va barqaror rivojlanish standartlarini ilgari surish;
— kompaniyalar kengashlarning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida xabardorligini va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf va imkoniyatlar haqida bilimlarini oshirish;
— O‘zbekistondagi kompaniyalar kuzatuv kengashlari va direktorlar kengashlarining iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni boshlash va uni direktorlar kengashi faoliyatining ustuvor yo‘nalishiga aylantirish uchun vakolatlari, ko‘nikmalari va bilimlarini rivojlantirish;
— iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq xavf va imkoniyatlarni tushunish va ularga amal qilish, shu bilan birga biznesning uzoq muddatli barqarorligi va muvaffaqiyatini taʼminlash.

 

2023-yil 3-iyul kuni TXVUda “Chapter Zero Uzbekistan”ning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 25 dan ortiq maslahat kengashi, boshqaruv qo‘mitasi a’zolari va loyiha menejerlari ishtirok etdilar. Yig’ilish davomida ular dastur doirasidagi tadbirlar va belgilangan maqsadlar bilan tanishtirildi.

 

WIUT8403.JPG
 

“Chapter Zero Uzbekistan” loyihasiga maslahat kengashi a’zosi sifatida qo’shilganimdan juda xursandman. Ham mas’uliyatli fuqaro ham “Korzinka” vakili sifatida dolzarb ekologik muammolarni tushunish va ko‘tarish, ularga muvofiq biznesni rivojlantirish har doim men uchun muhim bo‘lgan. Mujozlarimiz uchun qulay bo'lish bizning ustuvor vazifalarimizdan biridir. Atrofimizdagi muhit haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan loyihalarda jo’y olish imkoniyatidan xursandman”, — deb izoh berdi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi va Kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov.

 

Qo’shimcha ma’lumot uchun:

"Korzinka" supermarketlar tarmog'i matbuot xizmati

Doniyor Rasulov

Telefon: +998 78 140 14 14

E-mail: d.rasulov@korzinka.uz

 

Kompaniya haqida:

“Korzinka” – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 11 ta hududida 115 ta do‘kon kiradi: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont”, “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo do’koni va ikkita “dark stor”ga ega bo’lgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi.

 

“Chapter Zero Uzbekistan” haqida: 

“Chapter Zero Uzbekistan” – iqlimning o‘zgarishi sharoitida samarali chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida kengashlarini safarbar etishga qaratilgan O’rta Osiyodagi ilk tashabbusdir. Dastur kapitalni samarali taqsimlashni va past uglerodli iqtisodiyotga muammosiz o’tishni ta’minlash uchun biznes va investitsiya qarorlarini qabul qilishda iqlim xatarlarini hisobga olishga qaratilgan. “Chapter”ning asosiy vazifasi - iqlimni samarali boshqarish uchun Jahon Iqtisodiy Forumi Prinsiplarini CGI Xartiyasiga muvofiq amalga oshirishga ko’maklashish, shu bilan birga biznes vakillariga iqlim o’zgarishini kengashlarda ustuvor vazifaga aylantirish uchun ko’nikma va bilimlar berish. Iqlim boshqaruvi tashabbusi (CGI) Jahon iqtisodiy forumi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.