So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” O’zbekistonda o’zining birinchi dark store’ni taqdim etdi

Korzinka hayotidan

4 iyul 2023

“Korzinka” O’zbekistonda o’zining birinchi dark store’ni taqdim etdi

Korzinka hayotidan

4 iyul 2023

04.07.2023, Toshkent, Oʻzbekiston — Do'kon-ombor 15 000 tovarlarga mo'ljallangan bo'lib, bu O'zbekistonda oziq-ovqat va uy tovarlar bo'yicha eng yirik taklifdir.

 

“Korzinka”, O‘zbekistonning eng yirik savdo tarmog‘i, o'zining birinchi ombor-do'konini (“dark store”) ochilishini e'lon qildi.

 

DS_5.JPG
 

Bu qadam iyun oyi oxirida Toshkentda ishga tushirilgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketini ochilishining mantiqiy davomidir.

 

“Dark store”ning oddiy supermarketdan asosiy farqi — u xaridorlarga emas, balki kuryerlarga mo'ljallangan.

 

Ombor-do’kon yordamida mahsulotlarni to'plash jarayonini optimallashtirish, buyurtmalarni yetkazib berishni tezlashtirish va xatolar xavfini kamaytirish mumkin.

 

Yangi “dark store” Toshkent shahrining janubiy qismida joylashgan. Bu mijozlarga mahsulotlarni shaharning istalgan nuqtasiga 2 soat yoki undan tezroq yetkazib berish imkonini beradi.

 

Ombor-do’kon "Korzinka" tizimiga to’liq integratsiya qilingan bo’lib, yetkazib berish va qisqa saqlash muddati bo'lgan mahsulotlar bilan ishlash jarayonlari optimallashtirilgan.

 

DS-7.JPG
 

Bunday do'konlarning xususiyatlaridan biri — maxsus “ombor” tuzilishidir. Bu kurerlarga yig'ish jarayonini optimallashtirishga imkon beradi (og'ir tovarlardan mo'rt tovarlarga), "javondan tanlashni" soddalashtiradi, buyurtma yig’ish yo'lida tirbandlik paydo bo’lish xavfini kamaytiradi.

 

Bundan tashqari, “dark store”da go'sht va tovuq mahsulotlarini vakuumlash, meva va sabzavotlarni oldindan qadoqlash kabi texnologiyalari qo'llaniladi.

 

Mahsulotlar javonlarga yaroqlilik muddati bo’yicha joylashtirilgan bo’lib, ish jarayoni va mahsulotlarning yaroqlilik muddati qattiq nazoratga olinadi.

 

DS-10.JPG
 

“Korzinka Go” kuryerlari uchun ishlab chiqilgan ilova mijozlar uchun ilova bilan sinxronlashtirilgan, do'konda qo'llaniladigan ombor tizimi esa buyurtma yig'uvchilarni to’g’ri taqsimlash, yetishmovchilik va qayta saralash muammolarini oldini olishga qaratilgan. 

 

DS-8.JPG
 

“Bugun biz O'zbekiston xalqiga birinchi “dark store”imizni taqdim etishdan xursandmiz. Bu do’kon-ombor “Korzinka Go” onlayn-supermarketini yanada qulay qilib, har bir oila uchun xarid qilish jarayonini osonlashtirishga yo’naltirilgan. Bu qadam mijozlarimizning vaqtini tejashga qaratilgan “odatdagidan yaxshi” tamoyilimizning muhim bir qismidir”, — deb izoh berdi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi va Kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov.

 

DS-4.JPG
 

“Do’konimiz elektron oziq-ovqat chakana savdosining xalqaro standartlariga tog’ri kelishi uchun jamoamiz bilan bir necha oy davomida ishladik. Bu shunchaki omborxona emas, balki onlayn supermarketimizning muhim bir qismidir. U yordamida biz bu yil ideal buyurtmalar ulushini 90 foizgacha oshirishni rejalashtiryapmiz”, — dedi Konstantin Nechayev, “Korzinka Go” direktori.

 

Do’kon-omborlar 15 ming turdagi tovarlarga mo‘ljallangan xolda mamlakatdagi eng yirik taklif hisoblanadi.

 

Qo'shimcha ma'lumot uchun:

 

"Korzinka" supermarketlar tarmog'i matbuot xizmati

Doniyor Rasulov

Telefon: +998 78 140 14 14

E-mail: d.rasulov@korzinka.uz

 

Kompaniya haqida:

 

“Korzinka” – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 11 ta hududida 115 ta do‘kon kiradi: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont”, “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo do’koni va ikkita “dark stor”ga ega bo’lgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi.