So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
"Korzinka" supermarketlar tarmog'i asoschisi Zafar Hoshimov ketma-ket ikkinchi yil O'zbekistondagi eng yetakchi CEO deb topildi

Korzinka hayotidan

2 dekabr 2023

"Korzinka" supermarketlar tarmog'i asoschisi Zafar Hoshimov ketma-ket ikkinchi yil O'zbekistondagi eng yetakchi CEO deb topildi

Korzinka hayotidan

2 dekabr 2023

02.12.2023, Toshkent, O'zbekiston - "Korzinka" supermarketlar tarmog'i asoschisi PwC CEO Survey 26-yillik so‘rovnomasining O'zbekiston nashri bo'yicha 2023-yilda mamlakatdagi eng yetakchi CEO deb topildi.


Ma’lumot uchun: PWC CEO Survey — bu PricewaterhouseCoopers tomonidan har yili o'tkaziladigan tadqiqot bo'lib, u dunyodagi eng yirik kompaniyalar rahbarlarining qarashlari va strategiyalarini o'rganishga qaratilgan.


So'rovnomaning maqsadi biznes rahbarlari tomonidan boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ta'sir ko'rsatadigan global iqtisodiyotdagi asosiy yo‘nalishlarni aniqlashdir.


PwC CEO Survey nafaqat biznes rahbarlarining umidlari va oldida turgan masalalari haqida ma'lumot olish imkonini beradi, balki ular ushbu qiyinchiliklarni qanday yengish va ular oldida turgan imkoniyatlarni amalga oshirish niyatida ekanligini tushunishga ham imkon taqdim etadi.


O'zbekistonda PwC CEO Survet ikkinchi marta o'tkazildi. Uning asosiy mavzusi mamlakat va dunyodagi voqealarning biznes jarayonlariga, daromadlilik va xususiy sektorning o'zgarishiga ta'sirini tahlil qilish edi.


Bu yil jami 38 ta mahalliy kompaniya rahbarlari o'rtasida so'rov o'tkazildi. O'zbekiston xususiy kompaniyalari rahbarlari PwC konsalting kompaniyasi so'rovida eng yetakchu biznes rahbari uchun ovoz berishdi.


Ishtirokchilarning aksariyati Zafar Hoshimovni O'zbekistondagi eng yetakchi CEO deb bilishadi.


So'rov ishtirokchilari Hoshimovning strategik fikrlash qobiliyatlari, biznesni yuritishda ratsionallik va uzoqni ko'ra bilish, dunyoning tez o'zgarib borayotgan tendentsiyalari sharoitida moslashuvchanlik va qaror qabul qilish tezligi kabi fazilatlarini ta'kidladilar.


Ular yuqori talabga ega tovar va xizmatlarni o'z vaqtida taqdim etish qobiliyati, shuningdek, tadbirkor kompaniyalarining mijozlarga yuqori yo'naltirilganligini alohida ta'kidladilar.


Bundan tashqari, Zafar Hoshimov 2022-yilda dunyodagi eng yirik kompaniyalar rahbarlarining 25-yillik so'rovida O'zbekistonning birinchi nashriga ko‘ra mamlakatdagi eng yetakchi CEO deb topilgan edi.


Unda respondentlar moslashuvchanlik, tegishli tovarlar va xizmatlarning o'z vaqtida joriy etilishi, shuningdek iste'molchilarning unga bo'lgan ishonchini ta'kidlagan edilar.


PwC CEO Survey 2023 tadqiqotining O'zbekistondagi nashri bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.


Qo‘shimcha ma’lumot uchun:


“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati
Doniyor Rasulov 

Telefon: +998 78 140 14 14
E-mail: pr@korzinka.uz


Kompaniya haqida:

“Korzinka”–  1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 12 ta hududida 135 ta do‘kon kiradi: “Korzinka” supermarketlari, “Korzinka Mahalla” va “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont”, “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdodo‘koni va ikkita “dark store”ga egabo‘lgan“Korzinka Go” onlayn-supermarketi.



PWC haqida:


PricewaterhouseCoopers xalqaro audit va konsalting korporatsiyasi boʻlib, butun dunyo boʻylab kompaniyalar tarmogʻiga egalik qiladi. "Katta to'rtlik" auditorlik kompaniyalaridan biri.