So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” supermarketlar tarmog‘ida xaridni amalga oshirishda naqd pul yechib olish xizmati tajribasi boshlandi

Korzinka hayotidan

1 may 2023

“Korzinka” supermarketlar tarmog‘ida xaridni amalga oshirishda naqd pul yechib olish xizmati tajribasi boshlandi

Korzinka hayotidan

1 may 2023

01.05.2023, Toshkent, O‘zbekiston — Sinov tariqasida savdo shahobchalaridagi onlayn kassalardan naqd pul yechib olish tajribasi Toshkent shahridagi Korzinka – Shedevr supermarketida tatbiq etildi. Dastlabki bosqichda ushbu xizmat HUMO kartalaridan naqd pul yechish uchun amal qilmoqda.

Tajribaga ko‘ra, do‘kon kassalarida xaridni amalga oshirish paytida bank plastik kartasidan pulni naqd shaklda yechib olish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Bunday amaliyot ko‘plab mamlakatlarda keng tarqalgan va O‘zbekistonda birinchi marta joriy etilmoqda.

Xaridni amalga oshirishda naqd pul yechib olish xizmati bo‘yicha bitta bank kartasi uchun naqd pul yechib olishning eng kam miqdori 50 000 (ellik ming) so‘m, kunlik limiti 300 000 (uch yuz ming) so‘m etib belgilandi. Shuningdek, kassadan faqat 50 000 so‘mga karrali miqdorda naqd pulni yechib olish mumkin.

Xaridni amalga oshirishda naqd pul olish xizmati uchun komissiya miqdori 1%ni tashkil qiladi.

Ushbu xizmat mazkur do‘kondan tovar sotib olinishi sharti bilan amalga oshiriladi.

Qoidaga muvofiq, ushbu xizmatni ko‘rsatish imkoniyati to‘g‘risida maxsus axborot stikeri do‘kon kassasida joylashtirilgan.

Naqd pulni yechib olish do‘kon kassasining kunlik naqd pul tushumlari doirasida amalga oshiriladi.

Ayni vaqtda ushbu tajriba faqat Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Navoiy ko‘chasi, Markaz-4 dahasi, 11B uyda joylashgan Korzinka – Shedevr do‘konida sinov tariqasida o‘tkazilmoqda. Bosqichma-bosqich kassalardan naqd pul olish imkoniyatini tarmoqning boshqa do‘konlarida tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, tez orada Uzcard kartalari orqali naqd pul yechib olish imkoniyati ham paydo bo‘ladi.

"Korzinka" supermarketlar tarmog‘i kassalari orqali bank kartalari saqlovchilariga naqd pul berish bo‘yicha vaqtinchalik tartib O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Bank nazorat qo‘mitasining 2023 yil 28 apreldagi 516/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 9-martdagi №88 sonli "Aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida"gi qarori asosida Toshkent shahrida huquqiy eksperiment tariqasida virtual kassa bilan qamrab olingan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida naqd pul yechish xizmatini ko‘rsatish amaliyoti joriy etilishi belgilangan edi.