So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
"OREO – siz qanday ta'mni tanlaysiz?"

Barcha

28 aprel 2023

"OREO – siz qanday ta'mni tanlaysiz?"

Barcha

28 aprel 2023

«Korzinka» chakana savdo tarmog‘ida

"OREO – siz qanday ta'mni tanlaysiz?" REKLAMA AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI (KEYINCHALIK — «QOIDALAR»).

1. "OREO – siz qanday ta'mni tanlaysiz?" REKLAMA AKSIYASI (keyinchalik – «Aksiya») Oreo® savdo belgisi ostidagi mahsulotlarga qiziqishni shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash, ijobiy imidj va iste’molchilar talabini shakllantirish, shuningdek, ushbu mahsulotlarni sotishni ko‘paytirish maqsadida oldindan ma’lum bo‘lmagan shaxslar o‘rtasida o‘tkaziladi. Aksiya lotereya, qimor hisoblanmaydi hamda Ishtirokchilardan qatnashish uchun badal to‘lash talab qilinmaydi.


2. AKSIYA BUYURTMACHISI, TASHKILOTCHISI, AXBOROT HAMKORI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOTLAR 2.1. Aksiya Buyurtmachisi: «Mondelez Rus» MCHJ Rossiya (keyinchalik – «Buyurtmachi»), quyidagi manzilda joylashgan: Rossiya, 601123, Pokrov sh., Vladimir viloyati, Petushinsk tumani, Frans Shtolverk ko‘chasi, 10-uy. STIR: 3321020710.
2.2.   Aksiya Tashkilotchisi: Aksiya Ijrochisi Buyurtmachining topshirig‘iga asosan harakat qiluvchi «Urban Media» MChSh (Урбан Медиа) yuridik shaxs boʻlib (keyinchalik – Tashkilotchi), Qozogʻiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan, BIR 050840004119, QR, 050004, Olmaota, Jibek Joli keng ko‘chasi, 135-uy, «Jibek Joli» ATK, 2-blok, 10-qavat, 2104-son ofisda joylashgan.
2.4.    Aksiya Operatori: «Urban Media Alliance» (keyinchalik – «Operator»), quyidagi manzilda joylashgan: O‘zbekiston Respublikasi, 10000, Toshkent shahri, Bobur ko‘chasi, 77 uy, «Bobur77» BM, 1-qavat 116-xona, STIR 306708505.
2.5.   Aksiyaning Axborot hamkori (keyinchalik matnda- «Axborot hamkori»): «ANGLESEY FOOD» MChJ XK, yuridik shaxs bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan, STIR 202 099 756, quyidagi manzilda joylashgan: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Turob To‘la ko‘chasi, 57 uy. Besh Yog‘och bozori atrofida.


3. AKSIYA O‘TKAZILISHI MUDDATI
3.1.   Aksiya o‘tkazilishi muddati: 2023-yil 01-maydan 2023-yil 30-iyungacha (o‘sha sanada ham) (keyingi o‘rinlarda «Aksiya Muddati» yoki «Aksiya Davri», deb ham yuritiladi).
3.2.   Aksiya mahsulotlarini sotib olish muddatlari: 2023-yil 01-maydan 2023-yil 30-iyungacha (o‘sha sanada ham).
3.3.   Aksiya G‘oliblarini aniqlash muddati: 2023-yil 02-maydan 2023-yil 05-iyulgacha (o‘sha sanada ham) Aksiya qoidalarining 9.2-bandida ko‘rsatilgan sovrin o‘yinlarini o‘tkazish Taqvimiga muvofiq.
3.4. Aksiya G‘oliblariga sovrinlarni topshirish muddati: 2023-yil 15-iyulgacha (o‘sha sanada ham).
3.5. Ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri vaqti bo‘yicha hisoblanadi.


4. HUDUD, PROMO-SAYT VA XABARDOR QILISH TARTIBI
4.1. Aksiya franshiza asosida faoliyat yurituvchi va quyidagi manzillarda joylashgan «Korzinka» DISKONT supermarketlaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi (keyinchalik – O‘R) hududi bo‘yicha joylashgan barcha
«Korzinka» chakana savdo tarmog‘i, «Korzinka» DISKONT va «Smart» supermarketlarida o‘tkaziladi: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus sh. Yernazar Alakuz k., 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz sh. Maftunkor k., 35-uy.
4.2.   Ishtirokchilarni Aksiyada ishtirok etish tartibi, Aksiya shartlari (shu jumladan, ularga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar), Aksiya qoidalari to‘g‘risida xabardor qilish quyidagicha amalga oshiriladi:
1) Aksiyaning Axborot hamkori rasmiy veb-sahifasida https://korzinka.uz/ (yuqorida, bu yerda va keyinchalik – «Sayt»)
2) Operator, Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachining tanloviga ko‘ra boshqa usullar bilan.
3) Aksiya bo‘yicha savollar uchun elektron pochta manzili: consumercareeua@mdlz.com.
4.3. Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi istalgan vaqtda Aksiya shartlarini oʻzgartirishga, uni muddatidan oldin tugatishga, Aksiya haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni eʼlon qilishga haqli. Aksiya va uning shartlari bo‘yicha yangilangan (qo‘shimcha) ma’lumotlar Buyurtmachi tomonidan bunday o‘zgartirish (yangilash) ma’qullangan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida Saytda joylashtiriladi.
4.4. Buyurtmachi, Tashkilotchi, Operator va Axborot hamkori Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarga kirishmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi, bundan ushbu Qoidalarda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar va yuzaga keladigan nizoli vaziyatlar mustasno.
4.5. Tashkilotchi va Buyurtmachi Aksiyani o‘tkazish bo‘yicha to‘liq javobgardirlar.
4.6.   «ANGLESEY FOOD» MChJ XK hamda «Korzinka» savdo tarmog‘i do‘konlari Aksiya bo‘yicha murojaat va shikoyatlarni qabul qilmaydi va Aksiyani o‘tkazish va uning natijalari bo‘yicha javobgar hisoblanmaydi.
 

5. AKSIYA MAHSULOTI

5.1. Aksiya Oreo® savdo belgisi ostidagi quyidagi mahsulotlarga (keyinchalik - «Aksiya mahsuloti») nisbatan o‘tkaziladi:


Mahsulot nomi
OREO Double Fun pechenyesi, karamelli 157 g
OREO Double Fun pechenyesi, xo‘jag‘atli 157 g
OREO original 228 g
OREO pechenyesi, qulupnayli 228 g
OREO pechenyesi, shokolad ta’mli 228 g
OREO original pechenyesi 154 g
OREO pechenyesi, qulupnayli 154 g
OREO pechenyesi, shokolad ta’mli 154 g
OREO original pechenyesi 38 g

  5.2.    Aksiya mahsulotlari Ishtirokchi tomonidan Aksiya qoidalarining 3.2-bandida ko‘rsatilgan muddatda Aksiya Qoidalarining 4.2-bandidagi «Korzinka» chakana savdo tarmoqlarida va/yoli Korzinka Go yetkazib berish xizmati orqali, shuningdek, Aksiya qoidalarining 9.2-bandida ko‘rsatilgan Sovrin o‘yinlarini o‘tkazish Taqvimiga muvofiq sotib olinishi kerak («Aksiya mahsulotini sotib olish Muddati» bo‘limi).
 

6. AKSIYA ISHTIROKCHILARI

6.1. Aksiyada 16 va undan yuqori yoshdagi muomala layoqatidagi jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin, ya’ni: Korzinka dasturida (keyinchalik «Korzinka dasturi» deb yuritiladi) ro‘yxatdan o‘tgan va joriy/faol Korzinka kartasiga (keyinchalik «Korzinka kartasi» deb yuritiladi) ega, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi O‘R fuqarolari va yashash guvohnomasiga ega chet el fuqarolari (yuqorida, bu yerda va keyinchalik birgalikda «Ishtirokchilar», alohida esa «Ishtirokchi», deb yuritiladi).
6.2.     16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning Aksiyada ishtirok etishiga faqat ota-onalarning, vasiylarning, Qoidalarning ushbu bandida ko‘rsatilgan boshqa shaxslarning roziligi bilan, ular to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
6.2.     16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning Aksiyada ishtirok etishiga faqat ota-onalarning, vasiylarning, Qoidalarning ushbu bandida ko‘rsatilgan boshqa shaxslarning roziligi bilan, ular to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
6.3. Quyidagilar Aksiyada ishtirok etishi mumkin emas:
• Buyurtmachi va (yoki) Tashkilotchi, Axborot hamkorning ishchilari;
• Aksiya Tashkilotchisi, Axborot hamkori va (yoki) Buyurtmachisi, Operatori bilan affillangan deb tan olingan shaxslar;
•   Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi bilan fuqarolik va boshqa munosabatlarni o‘rnatgan hamda Aksiyani tashkil etish va (yoki) o‘tkazish, Buyurtmachi mahsulotini sotish bilan bog‘liq uchinchi shaxslarning xodimlari va vakillari;
• yuqoridagi shaxslarning yaqin qarindoshlari;
• fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari.
6.4.   Agar ushbu Qoidalarning 6.1., 6.2., 6.3-bandlari va boshqa boʻlimlari shartlariga javob bermaydigan fuqarolarning Aksiyada ishtirok etish holati aniqlansa, Tashkilotchi va/yoki Operator bunday shaxslarni Aksiyada ishtirok etishini va (yoki) sovrin olishini rad etishga haqli.
 

7. AKSIYANING SOVRIN JAMG‘ARMASI

  7.1.    Aksiyaning Sovrin jamg‘armasi Buyurtmachining mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi va Kunlik, Haftalik va Asosiy sovrinlarni o‘z ichiga oladi (yuqorida, bu yerda va keyinchalik - «Aksiya sovrinlari»).

7.2. Kunlik sovrinlar:

·         100 000 (yuz ming) so‘mlik «Korzinka» sovg‘a sertifikati – butun Aksiya davrida 610 (olti yuz o‘n) dona;
100 000 (yuz ming) so‘mlik «Korzinka» sovg‘a sertifikati amal qilish muddati 31.12.2023 yilgacha. 7.3. Haftalik sovrinlar: ·         Apple Airpods 3rd Generation with Charging Case sizmsiz quloqchinlari – butun Aksiya davrida 2 (ikki) dona;
·         JBL Flip 5 portativ akustik tizimi – butun Aksiya davrida 2 (ikki) dona;
·         Xiaomi Mi daypack ryukzagi – butun Aksiya davrida 5 (besh) dona;
  7.4.  Asosiy sovrinlar:

Apple Iphone 14 (128GB/White) – butun Aksiya davrida 1 (bir) dona.

7.5.       Buyurtmachi Aksiyaning Sovrin jamg‘armasini o‘zgartirish, shu jumladan sovrinlar soni, komplektatsiyasi, turi va boshqa xususiyatlarini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunday holda, sovrinlar almashtirilganlari bilan mutanosib narxda bo‘lishi kerak.
7.6.   Aksiya sovrinlarining tashqi ko‘rinishi, ularning o‘lchami, naqshi, o‘rami rangi va boshqa xususiyatlari reklama materiallarida taqdim etilgan rasmlarga hamda Ishtirokchilarning shaxsiy kutilmalariga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Aksiya sovrinlari sifati uchun javobgarlik ushbu tovarlarni ishlab chiqaruvchisi zimmasiga yuklanadi.
 

8. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI

Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi ushbu Qoidalarning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan Aksiya o‘tkazilish muddati ichida bilvosita quyidagi harakatlar ketma-ketligini bajarishi kerak:
8.1.    Ushbu qoidalarning 5.1-bandida ko‘rsatilgan Aksiya mahsulotlaridan ushbu Qoidalarning 3.2, 9.2- bandida keltirilgan muddat davomida, 4.2-bandda qayd etilgan istalgan «Korzinka» chakana savdo do‘konlarida «Korzinka» kartalarini qo‘llagan holda va/yoki «Korzinka Go» yetkazib berish xizmati orqali (keyinchalik - «Korzinka kartasi» va/yoki «Korzinka» chakana savdo tarmog‘i kartasi»), 1 (bir) fiskal chekda kamida 1(bitta) o‘ram xarid qilish;
8.2.    Ishtirokchi tomonidan sotib olinadigan Aksiya mahsulotlari soni cheklanmagan;
8.3.    Ushbu Qoidalarning 9.2-bandida ko‘rsatilgan tegishli muddatda («Aksiya mahsulotlarini xarid qilish muddati» bo‘limi) xarid qilingan, unda kamida 1 (bir) dona Aksiya mahsuloti ko‘rsatilgan 1 (bitta) fiskal chek Qoidalarning 9.2-bandida qayd etilgan tegishli sovrin o‘yinlarida ishtirok etish («G‘oliblarni aniqlash sanasi» va «Sovrinlarning miqdori va turi» bo‘limlari) uchun topshirilgan 1 (bir) dona Ariza (keyinchalik - «Ariza») hisoblanadi.

1 (bir) yoki undan ortiq Aksiya mahsuloti ko‘rsatilgan
1 (bir) fiskal chek = Aksiyaning sovrin o‘yinlarida ishtirok etish uchun
1 (bir) Ariza.

8.4. Agar 1 (bir) fiskal chekda 1 (bir) birlikdan ortiq Aksiya mahsuloti ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu fiskal chek Aksiyaning sovrin o‘yinlarida ishtirok etish uchun 1 (bitta) Ariza sifatida ko‘rib chiqiladi;
8.5.   Ishtirokchi Qoidalarning 9.2-bandida ko‘rsatilgan tegishli muddatlarda («Aksiya mahsulotlarini xarid qilish muddati» bo‘limi) o‘yinda qatnashish uchun qancha ko‘p ariza topshirsa (Aksiya mahsulotlarini sotib olsa), uning Aksiya G‘olibi (Aksiya Sovrini/Sovrinlari egasi) bo‘lish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.
8.6. Agar Ishtirokchi Aksiyaning G‘olibi (har qanday Aksiya Sovrini/ Sovrinlarining egasi) bo‘lsa, Sovrin yutib olingan ariza avtomatik ravishda bekor qilinadi, keyinchalik, Aksiya qoidalari shartlariga muvofiq, Aksiyada qatnashish uchun Ishtirokchi mahsulotlarni qayta sotib olishi shart.


9. AKSIYA G‘OLIBLARINI ANIQLASH
9.1. Tashkilotchi tomonidan butun Aksiya Davrida:
- 61 (oltmish bir) marta Kunlik sovrinlar o‘yini (keyinchalik - «Kunlik o‘yin»)
- 9 (to‘qqiz) marta Haftalik sovrinlar o‘yini (keyinchalik - «Haftalik o‘yin») hamda
- 1 (bir) marta Asosiy sovrin o‘yini (keyinchalik - «Asosiy o‘yin»)
ushbu Qoidalarning 9.2-bandida belgilangan Aksiya sovrin o‘yinlari Taqvimiga (keyinchalik - «Sovrin o‘yinlari Taqvimi») muvofiq o‘tkaziladi.
9.2. Kunlik, Haftalik sovrinlar va Asosiy sovrinlar G‘oliblari quyida keltirilgan «Sovrin o‘yinlari Taqvimi»da ko‘rsatilgan tegishli davrlar (keyinchalik- «Aksiya mahsulotlarini xarid qilish muddati») davomida Qoidalarning 8-bo‘limida ko‘rsatilgan shartlarni bajargan Ishtirokchilar o‘rtasida kompyuter dasturi yordamida tasodifiy tarzda aniqlanadi:


  Sovrin turi   Sovrinlar miqdori G‘oliblarni aniqlash sanasi (Toshkent sh. vaqti bilan)   Aksiya mahsuloti sotib olinishi davri (Toshkent sh. vaqti bilan)
    Kunlik sovrin – 100 000 (yuz ming) so‘mlik «Korzinka» sovg‘a sertifikati 10       10.05.2023 y. 01.05.2023 y. 00:00 dan 01.05.2023 23:59 gacha
10 02.05.2023 y. 00:00 dan 02.05.2023 23:59 gacha
10 03.05.2023 y. 00:00 dan 03.05.2023 23:59 gacha
10 04.05.2023 y. 00:00 dan 04.05.2023 23:59 gacha
10 05.05.2023 y. 00:00 dan 05.05.2023 23:59 gacha
10 06.05.2023 y. 00:00 dan 06.05.2023 23:59 gacha
10 07.05.2023 y. 00:00 dan 07.05.2023 23:59 gacha
    Kunlik sovrin – 100 000 (yuz ming) so‘mlik «Korzinka» sovg‘a sertifikati 10       17.05.2023 y. 08.05.2023 y. 00:00 dan 08.05.2023 23:59 gacha
10 09.05.2023 y. 00:00 dan 09.05.2023 23:59 gacha
10 10.05.2023 y. 00:00 dan 10.05.2023 23:59 gacha
10 11.05.2023 y. 00:00 dan 11.05.2023 23:59 gacha
10 12.05.2023 y. 00:00 dan 12.05.2023 23:59 gacha
10 13.05.2023 y. 00:00 dan 13.05.2023 23:59 gacha
10 14.05.2023 y. 00:00 dan 14.05.2023 23:59 gacha
    Kunlik sovrin – 100 000 (yuz ming) so‘mlik «Korzinka» sovg‘a sertifikati 10       24.05.2023 y. 15.05.2023 y. 00:00 dan 15.05.2023 23:59 gacha
10 16.05.2023 y. 00:00 dan 16.05.2023 23:59 gacha
10 17.05.2023 y. 00:00 dan 17.05.2023 23:59 gacha
10 18.05.2023 y. 00:00 dan 18.05.2023 23:59 gacha
10 19.05.2023 y. 00:00 dan 19.05.2023 23:59 gacha
10 20.05.2023 y. 00:00 dan 20.05.2023 23:59 gacha
10 21.05.2023 y. 00:00 dan 21.05.2023 23:59 gacha
    Kunlik sovrin – 100 000 (yuz ming) so‘mlik «Korzinka» sovg‘a sertifikati 10       31.05.2023 y. 22.05.2023 y. 00:00 dan 22.05.2023 23:59 gacha
10 23.05.2023 y. 00:00 dan 23.05.2023 23:59 gacha
10 24.05.2023 y. 00:00 dan 24.05.2023 23:59 gacha
10 25.05.2023 y. 00:00 dan 25.05.2023 23:59 gacha
10 26.05.2023 y. 00:00 dan 26.05.2023 23:59 gacha
10 27.05.2023 y. 00:00 dan 27.05.2023 23:59 gacha
10 28.05.2023 y. 00:00 dan 28.05.2023 23:59 gacha
  10 07.06.2023 y. 29.05.2023 y. 00:00 dan 29.05.2023 23:59 gacha



  Kunlik sovrin – 100 000 (yuz ming) so‘mlik «Korzinka» sovg‘a sertifikati 10   30.05.2023 y. 00:00 dan 30.05.2023 23:59 gacha
10 31.05.2023 y. 00:00 dan 31.05.2023 23:59 gacha
10 01.06.2023 y. 00:00 dan 01.06.2023 23:59 gacha
10 02.06.2023 y. 00:00 dan 02.06.2023 23:59 gacha
10 03.06.2023 y. 00:00 dan 03.06.2023 23:59 gacha
10 04.06.2023 y. 00:00 dan 04.06.2023 23:59 gacha
    Kunlik sovrin – 100 000 (yuz ming) so‘mlik «Korzinka» sovg‘a sertifikati 10       14.06.2023 y. 05.06.2023 y. 00:00 dan 05.06.2023 23:59 gacha
10 06.06.2023 y. 00:00 dan 06.06.2023 23:59 gacha
10 07.06.2023 y. 00:00 dan 07.06.2023 23:59 gacha
10 08.06.2023 y. 00:00 dan 08.06.2023 23:59 gacha
10 09.06.2023 y. 00:00 dan 09.06.2023 23:59 gacha
10 10.06.2023 y. 00:00 dan 10.06.2023 23:59 gacha
10 11.06.2023 y. 00:00 dan 11.06.2023 23:59 gacha
    Kunlik sovrin – 100 000 (yuz ming) so‘mlik «Korzinka» sovg‘a sertifikati 10       21.06.2023 y. 12.06.2023 y. 00:00 dan 12.06.2023 23:59 gacha
10 13.06.2023 y. 00:00 dan 13.06.2023 23:59 gacha
10 14.06.2023 y. 00:00 dan 14.06.2023 23:59 gacha
10 15.06.2023 y. 00:00 dan 15.06.2023 23:59 gacha
10 16.06.2023 y. 00:00 dan 16.06.2023 23:59 gacha
10 17.06.2023 y. 00:00 dan 17.06.2023 23:59 gacha
10 18.06.2023 y. 00:00 dan 18.06.2023 23:59 gacha
    Kunlik sovrin – 100 000 (yuz ming) so‘mlik «Korzinka» sovg‘a sertifikati 10           05.07.2023 y. 19.06.2023 y. 00:00 dan 19.06.2023 23:59 gacha
10 20.06.2023 y. 00:00 dan 20.06.2023 23:59 gacha
10 21.06.2023 y. 00:00 dan 21.06.2023 23:59 gacha
10 22.06.2023 y. 00:00 dan 22.06.2023 23:59 gacha
10 23.06.2023 y. 00:00 dan 23.06.2023 23:59 gacha
10 24.06.2023 y. 00:00 dan 24.06.2023 23:59 gacha
10 25.06.2023 y. 00:00 dan 25.06.2023 23:59 gacha
  Kunlik sovrin – 100 000 (yuz ming) so‘mlik «Korzinka» sovg‘a sertifikati 10 05.07.2023 y.
    05.07.2023 y.
26.06.2023 y. 00:00 dan 26.06.2023 23:59 gacha
10 27.06.2023 y. 00:00 dan 27.06.2023 23:59 gacha
10 28.06.2023 y. 00:00 dan 28.06.2023 23:59 gacha
10 29.06.2023 y. 00:00 dan 29.06.2023 23:59 gacha
10 30.06.2023 y. 00:00 dan 30.06.2023 23:59 gacha
Haftalik sovrin – Xiaomi Mi daypack ryukzagi 1 10.05.2023 y. 01.05.2023 y. 00:00 dan 07.05.2023 23:59 gacha
Haftalik sovrin – Apple Airpods 3rd Generation 1 17.05.2023 y. 08.05.2023 y. 00:00 dan 14.05.2023 23:59 gacha
Haftalik sovrin – Xiaomi Mi daypack ryukzagi 1 24.05.2023 y. 15.05.2023 y. 00:00 dan 21.05.2023 23:59 gacha
Haftalik sovrin – JBL Flip 5 portativ akustik tizimi 1 31.05.2023 y. 22.05.2023 y. 00:00 dan 28.05.2023 23:59 gacha
Haftalik sovrin – Xiaomi Mi daypack ryukzagi 1 07.06.2023 y. 29.05.2023 y. 00:00 dan 04.06.2023 23:59 gacha
Haftalik sovrin – Apple Airpods 3rd Generation 1 14.06.2023 y. 05.06.2023 y. 00:00 dan 11.06.2023 23:59 gacha
Haftalik sovrin – Xiaomi Mi daypack ryukzagi 1 21.06.2023 y. 12.06.2023 y. 00:00 dan 18.06.2023 23:59 gacha
Haftalik sovrin – JBL Flip 5 portativ akustik tizimi 1 05.07.2023 y. 19.06.2023 y. 00:00 dan 25.06.2023 23:59 gacha
Haftalik sovrin – Xiaomi Mi daypack ryukzagi 1 05.07.2023 y. 26.06.2023 y. 00:00 dan 30.06.2023 23:59 gacha
Asosiy sovrin – Apple Iphone 14 (128GB/White) 1 05.07.2023 y. 01.05.2023 y. 00:00 dan 30.06.2023 23:59 gacha

 

* Aksiya Sovrin o‘yinlarini o‘tkazish Taqvimi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, shuningdek Tashkilotchi, Buyurtmachiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda Tashkilotchi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
9.3.    Har qanday oʻyin, oʻtkaziladigan sanaga koʻra, Aksiyaning roʻyxatdan oʻtgan Ishtirokchilari soni oʻynaladigan Sovrinlar sonidan kamida 4 (to‘rt) baravar koʻp boʻlgan taqdirdagina oʻtkaziladi.
9.4. Agar sovrinlar Gʻolibini aniqlash muddati tugagan boʻlsa va Kunlik/Haftalik oʻyin oʻtkaziladigan sanaga koʻra Roʻyxatdan oʻtgan Ishtirokchilar soni ushbu Aksiya qoidalarining 9.3-bandiga mos kelmasa, potensial Sovrin G‘oliblarini aniqlash keyingi Sovrin G‘oliblarini aniqlash davriga o‘tkaziladi va keyingi Sovrin G‘oliblarini aniqlash davrida taqsimlanadigan Sovrinlarning umumiy soniga oldingi davrda taqsimlanmagan Sovrinlar soni qo‘shiladi.
9.5.   O‘yin o‘tkaziladigan sanada va G‘oliblarni aniqlashda Tashkilotchi Asosiy G‘oliblarni (keyinchalik -
«Asosiy G‘olib» va/yoki «G‘olib») va Zaxira (Muqobil) G‘oliblarni (keyinchalik - «Muqobil G‘olib») aniqlaydi. Har bir Oʻyinda Asosiy Gʻoliblar soni Sovrinlar Oʻyinida beriladigan sovrinlar soniga teng boʻlishi kerak;
Har bir o‘yinda Muqobil G‘oliblar soni quyidagilarni tashkil etadi:
- Kunlik o‘yin – 5 (besh) ishtirokchi;
- Haftalik o‘yin – 2 (ikki) ishtirokchi;
- Asosiy o‘yin – 2 (ikki) ishtirokchi.
Tashkilotchi Asosiy G‘olib tomonidan Aksiya shartlari buzilganda yoki G‘olib Aksiya shartlariga boshqa tarzda mos kelmagan taqdirda, Asosiy G‘olibni almashtirish uchun Muqobil G‘oliblarni aniqlaydi.
Aksiya Tashkilotchisi Zaxira (Muqobil) G‘oliblar ro‘yxatiga kiritilgan Ishtirokchilarning ismlarini oshkor qilishga majbur emas.
9.6.  Sovrin G‘oliblari aniqlangan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida Operator G‘olibning Korzinka kartasida qayd etilgan telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, Sovrin/Sovrinlarni yetkazib berishga doir ma’lumotlarini aniqlaydi.AgarAksiya G‘olibining telefoni xizmat doirasidan tashqarida bo‘lsa,Aksiya G‘olibi 72 soat ichida qo‘ng‘iroqqa javob bermasa yokiAksiyaning Tashkilotchisiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa texnik sabablarga ko‘ra aloqa bog‘lashning imkoni bo‘lmasa, G‘olib, Aksiya Tashkilotchisi qaroriga e’tiroz bildirish imkoniyatisiz, g‘alaba qozonish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi       va Sovrin Muqobil nomzodga qayta tayinlanadi. Muqobil Ishtirokchi bilan aloqa bo‘lmasa, Sovrin keyingi Muqobil Ishtirokchiga o‘tkaziladi va h.k. 
9.7. «Korzinka» chakana savdo tarmog‘ining Korzinka kartasini ro‘yxatdan o‘tkazishda Ishtirokchi tomonidan qayd etilgan telefon raqami ushbu Qoidalarning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan Aksiyaning butun muddati davomida saqlanishi kerak. Mobil telefon raqami uchinchi shaxslarga o‘tkazilganda, ro‘yxatdan o‘tgan mobil telefon raqami o‘zgartirilganda, G‘olib (va/yoki Muqobil nomzod)Aksiya Sovrinini olish huquqini yo‘qotadi. Boshqa telefon raqami bilan qayta ro‘yxatdan o‘tishga yo‘l qo‘yilmaydi.

   9.8. 1 (bir) ishtirokchi ushbu Qoidalarning 8.7., 9.2-bandida ko‘rsatilgan shartlar va talablarni hisobga olgan holda Kunlik o‘yinlarda qayta-qayta ishtirok etishi mumkin, ammo 1 (bir) Ishtirokchi 1 (bir) Kunlik o‘yin davomida 1 (bitta) dan ortiq bo‘lmagan Sovrinni va butun Aksiya davrida ko‘pi bilan 5 (besh) dona Kunlik o‘yin Sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin.
9.9. 1 (bir) ishtirokchi butun Aksiya davrida ko‘pi bilan 1 (bir) dona Haftalik o‘yin Sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin.
9.10.   1 (bir) ishtirokchi butun Aksiya davrida ko‘pi bilan 1 (bir) dona Asosiy o‘yin Sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin.


10. SOVRINLARNI OLISH SHARTLARI/TARTIBI

10. Kunlik va/yoki Haftalik va/yoki Asosiy Sovrinni olish uchun G‘olib Axborot hamkoriga Aksiya qoidalarining 9.6-bandi shartlariga muvofiq shaxsga doir ma’lumotlarni Aksiya tashkilotchisiga taqdim etilishiga roziligini bildirishi kerak.
10.1 Har kunlik/Har haftalik/Asosiy Sovrinni olish uchun G‘olib Operatordan bildirishnoma olgan kundan boshlab 2 (ikki) kalendar kundan kechiktirmay (ushbu Qoidalarning 9.7.-bandi) Tashkilotchining elektron pochta manziliga Operatoruz@urbanmedia.uz (Operatorga jo‘natishi) quyidagi hujjatlarni va (yoki) o‘zi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi kerak:
10.1.1. G‘olibning familyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud bo‘lsa);
10.1.2. G‘olibning Joriy yashash manzili haqidagi aniq va to‘liq ma’lumot;
10.1.3. Amaldagi pasportining 2 (ikki) tomonlama nusxasi.
G‘olibning pasportida individual identifikatsiya raqami (IIR) bo‘lishi kerak.
10.1.4.   Chet el fuqarosida IIR bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini tasdiqlovchi hujjatda IIR ma’lumotlari qo‘shimcha ravishda ko‘rsatiladi;
10.1.5.    Korzinka kartasida ko‘rsatilgan raqam aniq ko‘ringan Korzinka kartasining fotosuratlari / skanerlangan nusxalari.
10.1.6.    G‘olib tomonidan imzolangan Sovrinni topshirish dalolatnomasi (keyinchalik «Sovrinni topshirish dalolatnomasi» deb yuritiladi) fotosurati/skanerlangan nusxasi, Sovrinni topshirish dalolatnomasining imzolangan asl nusxasini sovrin yutib olingandan keyin kuryerga topshirish yo‘li bilan taqdim etish (Sovrinni topshirish dalolatnomasi namunasi Operator tomonidan Aksiya qoidalarining 9.6-bandiga muvofiq bildirishnomaga ilova sifatida Ishtirokchiga oldindan taqdim etiladi);
10.1.7.   G‘olib tomonidan imzolangan shaxsga doir ma’lumotlarni Tashkilotchiga topshirishga Rozilikning fotosurati/skanerlangan nusxasini (keyinchalik «Shaxsga doir ma’lumotlarni berishga Rozilik» deb yuritiladi), keyinchalik Rozilikning imzolangan asl nusxasini G‘olib tomonidan Sovrin olinayotganda kuryerga topshirish yo‘li bilan taqdim etish (Tashkilotchiga/Operatorga shaxsga doir ma’lumotlarni berishga Rozilik namunasi Operator tomonidan Aksiya qoidalarining 9.6-bandiga muvofiq ilova sifatida Ishtirokchiga oldindan taqdim etiladi).
10.2. Ushbu Qoidalarning shartlariga rioya qilmagan Aksiya G‘olibi Sovrinlarni (Kunlik/Haftalik/Asosiy) olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Bunday holda, Aksiya Buyurtmachisi bunday Sovrinni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadi.
10.3.   Agar ma’lumotni aniqlashtirish/hujjatlarni olish zarur bo’lsa, G‘olibdan zarur ma’lumotlar (hujjatlar) olingan kundan boshlab hamda Aksiya G‘olibi ushbu Qoidalarning 10.1-bandidagi barcha shartlarni bajargan bo‘lsa, Aksiyaning Kunlik / Haftalik /Asosiy Sovrinlari G‘olibga ushbu Qoidalarning 10.1.2-bandiga muvofiq u tomonidan ko‘rsatilgan joriy yashash manzili bo‘yicha kuryerlik (pochta) xizmati (Tashkilotchi tomonidan joriy tanlanadigan) orqali, Toshkent shahridan tashqari, Tashkilotchi hisobidan Aksiyaning bunday Ishtirokchisi G‘olib deb e’tirof etilgan kundan boshlab 25 (yigirma besh) kun ichida yuboriladi.
Sovrinlarni yetkazib berish bo‘yicha barcha xarajatlar Buyurtmachi tomonidan qoplanadi.
10.4.    Toshkent shahrida yashovchi Aksiyaning Kunlik / Haftalik / Asosiy sovrinlari G‘oliblari Aksiya Sovrinlarini Operator joylashgan manzil bo‘yicha o‘zlari olib ketadilar, bunda G‘olibga Operator joylashgan manzili bo‘yicah qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Sovrinni qabul qilish manziliga borish bilan bog‘liq xarajatlar Tashkilotchi, Operator, Buyurtmachi tomonidan qoplanmaydi.
10.5.   Aksiya Ishtirokchisi quyidagi hollarda, ushbu holatlar qachon ma’lum bo‘lganligidan qat’i nazar, hech qanday badalsiz, shu jumladan pul ko‘rinishidagi badalsiz tegishli sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi:
10.5.1.    agar Aksiya Ishtirokchisi unga tegishli sovrin topshirilgunga qadar ushbu Qoidalarni buzgan deb topilsa;
10.5.2.    agar Aksiya Ishtirokchisi og‘zaki yoki yozma ravishda elektron aloqa vositasi orqali sovrinni olishdan bosh tortganligini bildirsa;
10.5.3.    Aksiya Ishtirokchisini aniqlashning iloji bo‘lmaganda;
10.5.4.    bunday G‘olib bilan bog‘lanishdagi 3 (uch) marta muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin;
10.5.5.    agar G‘olib o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini Tashkilotchiga taqdim etishdan bosh tortsa;
10.5.6.    G‘olib belgilangan muddatda ushbu Qoidalarning 10.1-bandda ko‘rsatilgan barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortgan taqdirda.
10.6.     Buyurtmachi/Tashkilotchi/Operatorning sovrinlarni topshirish majburiyatlari tegishli sovrinlar jo‘natish uchun kuryerlik xizmatlariga taqdim etilgan paytdan boshlab bajarilgan hisoblanadi. Buyurtmachi/Tashkilotchi/Operator kuryerlik xizmatining harakatlari/harakatsizligi uchun javobgar emas.
10.7.     Sovringa egalik huquqi G‘olibga bunday sovrin topshirilgan paytdan boshlab o‘tadi, Aksiya G‘olibi o‘ziga tegishli Aksiya sovrinini tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‘liq barcha choralarni mustaqil ravishda amalga oshiradi.
10.8.     Agar Buyurtmachi/Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra 2023-yil 15-iyulgacha Aksiya G‘olibiga Sovrinni yuborish yoki u tomonidan Sovrinni qabul qilish imkoni bo‘lmasa, shu jumladan, boshqa va quyida keltirilgan holatlarda:
-   G‘olib tomonidan elektron pochta manzilini o‘chirilishi yoki elektron pochta manziliga kirish huquqining yo‘qotilishi;
- G‘olib tomonidan elektron pochta manzilining noto‘g‘ri kiritilishi;
- kompyuter tizimlari, pochta serverlari, Internet-provayder tarmog‘idagi to‘xtalishlar, nosozliklar, xatolikar;
- internetdagi to‘xtalishlar, nosozliklar va xatolikar;
- internet, elektr energiyasining yetishmasligi/bloklanishi;
-    Aksiya G‘olibining pochta manzillari ko‘rsatilgan pochta aloqasi xizmatlari va (yoki) saytlarni davlat organlari tomonidan bloklanishi, ularni ekstremistik va (yoki) terroristik deb topilishi natijasida Aksiyaning bunday Sovrini talab qilinmagan deb topiladi, tegishli G‘olib tomonidan qayta talab qilinmaydi va Aksiya Buyurtmachisi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etiladi.
10.9.   Aksiya ishtirokchilari butun Aksiya davrida o‘z mobil raqamlariga kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va matnli xabarlar orqali ulanishga imkoniyatni yaratishda javobgardir.
10.10. Aksiya Sovrinini olish huquqi Aksiya G‘olibi tomonidan uchinchi shaxsga o‘tkazilishi mumkin emas.
10.11.     Yutilgan sovrinni Aksiyaning boshqa sovrinlari bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi (ushbu Qoidalarning 7.4. bandi bundan mustasno). Sovrinlar o‘rniga ekvivalent miqdordagi pul to‘lanmaydi. Haftalik va (yoki) Asosiy sovrinlari pul yoki boshqa muqobil vositalarga almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinlar qaytarib berilishi mumkin emas.
10.12.   Aksiya sovrinlari soni cheklangan va ushbu Qoidalarning 7-bo‘limida ko‘rsatilgan miqdorni tashkil qiladi. Tashkilotchining Ishtirokchilarga sovrinlar berish majburiyatlari ushbu Qoidalarning 7.2-bandi, 7.3- bandi va 7.4-bandida ko‘rsatilgan Sovrin jamg‘armasining umumiy miqdori bilan cheklanadi. Shu munosabat bilan, Aksiya Ishtirokchisi hech qanday badal, shu jumladan pul ko‘rinishidagi badalni talab qila olmaydi.
10.13. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasi 2-qismi 14-bandiga muvofiq, 30 kundan ortiq davom etgan ommaviy oferta bo‘yicha Aksiyada ishtirok etish doirasida sovrinni olgan Ishtirokchi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lamaydi. Aksiya Sovrinini olish, egalik qilish va tasarruf etish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi (yoki) boshqa davlatlar byudjetiga boshqa to‘lovlarni, yig‘imlarni, soliqlarni, komissiya va boshqa qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lash bevosita G‘olib tomonidan amalga oshiriladi.


11. XARAJATLAR. JAVOBGARLIKNING CHEKLANISHI
11.1. Tashkilotchi ham, Buyurtmachi ham quyidagilar uchun javobgar emas:

11.1.1.      Ishtirokchilar tomonidan Aksiyada ishtirok etish va (yoki) sovrinlarni olish bilan bog‘liq majburiyatlarning bajarilmasligi (o‘z vaqtida bajarmasligi);
11.1.2. Ishtirokchilarni Aksiya qoidalari bilan, shuningdek, Aksiya natijalari bilan tanishtirmaslik;
11.1.3.   Ishtirokchilardan xatlar, qo‘ng‘iroqlar va/yoki elektron xabarlar, shu jumladan pochta aloqasi, aloqa tashkilotlari aybi bilan, Aksiya davomida foydalanilgan Internet va/yoki aloqa kanallarida texnik nosozliklar va/yoki firibgarlik natijasida kelib tushmasligi;
11.1.4.   Ishtirokchilardan Sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va/yoki ma’lumotlarni olmaslik (o‘z vaqtida olmaslik);
11.1.5. Ishtirokchilardan Aksiyani o‘tkazish va Sovrinlarni topshirish uchun zarur bo‘lgan shaxsga doir, aloqa va/yoki boshqa ma’lumotlar to‘liq bo‘lmagan, noto‘g‘ri ko‘rinishda olish;
11.1.6.     Aksiya Operatori/Tashkilotchisining aybisiz yuzaga kelgan uyali aloqa operatorlari, Internet- provayderlarning texnik to‘xtalishlari, nosozliklari, profilaktika ishlari va hokazolar uchun;
11.1.7.   Aksiyada ishtirok etish va (yoki) Sovrinni olish bilan bog‘liq Ishtirokchi tomonidan yetkazilgan har qanday xarajatlar va (yoki) zararlar uchun.
11.1.8. yengib bo‘lmas kuch oqibatida (fors-major), shu jumladan COVID-19 tufayli favqulodda holat va/yoki sanitariya-epidemiologik cheklovlar/taqiqlar joriy etilganda.
11.2.   Aksiyaning barcha Ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha har qanday xarajatlarni (shu jumladan, Internetdan foydalanish, Aksiya haqida har qanday ma’lumotni olish, Aksiya mahsulotini sotib olish va boshqalar bilan bog‘liq xarajatlarni) mustaqil ravishda to‘laydilar.
11.3.   Aksiya Tashkilotchisi va (yoki) Buyurtmachisi va Operatori Aksiya sovrinlariga bo‘lgan huquq bilan bog‘liq har qanday nizolar uchun javobgar emas. Qanday holat bo‘lmasin, nizolar bo‘yicha yakuniy qaror Buyurtmachi tomonidan qabul qilinadi va bunday qaror bo‘yicha shikoyat bildirib bo‘lmaydi.
11.4.    Egalik, mobil telefon raqami, elektron pochta manzili, Aksiya mahsuloti, Korzinka kartasi kimga tegishliligi bo‘yicha nizolar yuzaga kelsa, na Tashkilotchi, na Buyurtmachi va na Operator ularni hal qilishda
ishtirok etadi. Bunday barcha nizolar nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida mustaqil ravishda va o‘z mablag‘lari hisobidan hal qilinadi.


12. SHAXSGA DOIR MA‘LUMOTLAR

12.1.   Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan, xususan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 21-iyundagi O‘RQ-547-son «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuni va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda va hajmda aniq va haqiqiy (ishonchli) ma’lumotlarni ko‘rsatishga, shuningdek, o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatlarini ko‘zlab Tashkilotchi, Buyurtmachi, Operator hamda ularning ishonchli vakillariga taqdim etilgan shaxsga doir va boshqa ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, uzatish, shu jumladan transchegaraviy, foydalanish, saqlashga roziligini bildiradi.
Aksiya ishtirokchilarining shaxsga doir ma’lumotlari ularga uchinchi shaxslarning kirishini cheklaydigan darajada ishonchli himoyalangan bo‘lishi kerak.
12.2. Aksiya G‘olibi Aksiyada ishtirok etish orqali Tashkilotchi, Buyurtmachi va ularning ishonchli vakillariga o‘zining shaxsga doir ma’lumotlari, oldindan yozma roziligi bilan, fotosuratlari, intervyulari, telefon raqamlari, e-mail va (yoki) u haqidagi boshqa materiallardan Buyurtmachining reklama va marketing maqsadlarida foydalanishi uchun rozilik beradi, bundan tashqari, quyidagilar ham shular sirasiga kiradi: Buyurtmachi, Tashkilotchi, Axborot hamkori va ularning ishonchi vakillariga Ishtirokchining ma’lumotlari va materiallarini hudud, vaqt va foydalanish usullari bo‘yicha cheklovlarsiz ommaviy axborot vositalarida, istalgan bosma nashrlarda e’lon qilish huquqi beriladi; bunday foydalanish uchun Aksiya Tashkilotchisi yoki Buyurtmachisi tomonidan Ishtirokchiga hech qanday tarzda to‘lov amalga oshirilmaydi (qoplanmaydi).
12.3.   Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi amal qilish muddati cheklamagan holda Buyurtmachi, Tashkilotchi va ularning ishonchli vakillari tomonidan SMS xabarlar, yangiliklar va boshqa axborot/reklama xabarlarini (pochta jo‘natmalarini) kelgusida o‘z mobil telefoni raqamiga, e-mail manziliga qabul qilinishiga roziligini beradi.
12.4.     Ishtirokchi istalgan vaqtda consumercareeua@mdlz.com elektron pochta manziliga yozma xabar yuborish orqali ushbu ma’lumotni olishni rad etishga haqli.
12.5.   Ishtirokchilar Aksiya o‘tkazilishi maqsadida ular tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim etilgan shaxsga doir va boshqa ma’lumotlar Tashkilotchi, Axborot hamkor va/yoki Operator tomonidan qayta ishlanishiga, shuningdek, ularning ishonchli vakillari tomonidan ma‘lumotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan vositalaridan foydalangan holda qayta ishlanishiga rozilik beradilar.
12.6.    Ishtirokchi istalgan vaqtda Qoidalarning 12.2-bandida ko‘rsatilgan roziligini bekor qilishga haqli. Tashkilotchi, Buyurtmachi va ularning ishonchli vakillari tomonidan Ishtirokchining rozilikni bekor qilish to‘g‘risida bildirishnomasi olingan kundan boshlab bunday Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishni to‘xtatish va shaxsga doir ma’lumotlarni yo‘q qilish o‘n ish kunidan oshmasligi kerak. Shu bilan birga, Ishtirokchining Aksiyada kelgusida ishtirok etishiga va Aksiya Sovrinlarini olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
12.7.   Shaxsga doir va boshqa ma’lumotlarni qayta ishlash, yig‘ish, uzatish, shu jumladan transchegaraviy, foydalanish, saqlashga Aksiya Ishtirokchisi tomonidan rozilik Aksiya boshlangan kundan boshlanadi va 31.12.2023-yilgacha bo‘lgan davr uchun taqdim etiladi. Aksiya Ishtirokchilarining shaxsga doir va boshqa ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq maxfiylik asosida Qoidalarning ushbu bandida ko‘rsatilgan muddat tugagunga qadar saqlanadi va qayta ishlanadi, shundan so‘ng Ishtirokchilarning ma’lumotlari Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi tomonidan yo‘q qilinishi kerak.
 

13. BOSHQA SHARTLAR

13.1. Aksiyada ishtirok etish orqali:
13.1.1. Ishtirokchi Aksiyada qatnashish uchun barcha Qoidalar va shartlar bilan tanishganligini hamda ularga to‘liq va so‘zsiz roziligini tasdiqlaydi.
13.1.2. G‘olib Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi tomonidan unga haq to‘lamasdan, «Oreo» tovar belgisi Aksiyasini reklama qilish va (yoki) e’lon qilish maqsadida uning surati, intervyulari va o‘zi ishtirokidagi boshqa foto va boshqa materiallardan foydalanishga o‘z roziligini bildiradi.
Ishtirokchi Tashkilotchiga bunday materiallardan ommaviy reklama yoki Aksiya (shuningdek ) va uning natijalarini, shuningdek «Oreo» savdo belgisi ostida, e’lon qilish maqsadida efirga uzatish, ommaviy namoyish qilish va boshqa mutlaq bo‘lmagan mualliflik huquqlaridan foydalanish huquqini beradi.
13.1.3. Tashkilotchi Ishtirokchiga tegishli materiallarni ommaviy axborot vositalarida, Saytda, Internetda joylashtirishdan oldin Ishtirokchi bilan oldindan yozma kelishilgan holda tahrir qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
13.2. Aksiya Tashkilotchisi o‘z xohishiga ko‘ra, Ishtirokchilarga sabablarini tushuntirmasdan va ular bilan yozishmalar olin bormasdan Aksiya Ishtirokchilarining har qanday harakatlarini haqiqiy emas deb topishga, shuningdek, Aksiyada ularning keyingi ishtirok etishni taqiqlash, Ishtirokchi ma’lumotlarni soxtalashtirishi yoki ma’lumotlarning har qanday soxtalashtirilishdan foyda olishga harakati bo‘yicha Tashkilotchida asosli shubhalar mavjud bo‘lgan har qanday shaxsga Sovrinni topshirmaslikka haqli.
13.3. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi amal qilish muddati cheklamagan holda, Buyurtmachidan, ularning ishonchli vakillaridan kelgusida uning mobil telefon raqamiga, elektron pochta manziliga matnli xabarlar, yangiliklar va boshqa axborot/reklama xabarlarini (pochta jo‘natmalarini) olishga rozilik beradi.
Ishtirokchi istalgan vaqtda consumercareeua@mdlz.com elektron pochta manziliga tegishli yozma xabar yuborish orqali yuqdorida qayd etilgan ma’lumotlarni olishni rad etishga haqli.
13.4. Ushbu Qoidalarni bir xil talqin qilish bo‘yicha norozilik yuzaga kelganda, har qanday nizoli masalalar va/yoki ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan boshqa masalalar bo‘yicha yakuniy qaror Buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq qabul qilinadi. Barcha da’vo va shikoyatlar Buyurtmachi tomonidan qabul qilinadi.
13.5.  Ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan boshqa barcha holatlar bo‘yicha Aksiya Tashkilotchisi/Buyurtmachisi/Operatori/Axborot hamkori va Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga rioya qiladilar.