korzinka.uz supermarketlar tarmog’ining doimiy mijozlari uchun korzinka,uz karta dasturi qoidalari (keyingi o’rinlarda – Qoidalar)

 

1. Umumiy qoidalar:

1.1. Mavjud Qoidalar korzinka.uz supermarketlar tarmog’i doimiy xaridorlarining korzinka.uz Karta dasturida (keyingi o’rinlarda – Dastur) ishtiroki tartib-qoidalarini belgilab beradi. Dasturda ro’yxatdan o’tganidan boshlab, Ishtirokchi Operator bilan o’zaro munosabatga kirishadi, u mavjud Qoidalarni to’liq va so’zsiz qabul qiladi hamda ularni bajarish, shuningdek, mavjud Qoidalarga muvofiq Imtiyozlarga ham ega bo’ladi. Qoidalar operator nuqtayi nazaridan kelib chiqib, Dastur Saytiga, Mobil ilova hamda boshqa manbalarga joylanadi.

1.2. Dastur O’zbekiston Respublikasi hududida, korzinka.uz supermarketlar tarmog’ida (keyingi o’rinlarda – korzinka.uz Supermarketlari) amal qiladi. korzinka.uz Supermarketlari manzillarining to’liq ro’yxati Dastur saytiga joylangan (www.korzinka.uz).

1.3. Dastur ishga tushirilganidan boshlab to Operator tomonidan uning mutlaq bekor qilinishiga qadar faoliyat olib boradi.

 

2. Atama va tushunchalar:

Dastur – nazarda tutilgan Qoidalar doirasida Ishtirokchi tomonidan istalgan Karta vositasida Operator tomonidan tovar va/yoki xizmatlar qabul qilingan munosabatlar mavjud Qoidalarga muvofiq Imtiyozlar olinishi huquqini shakllantiradi.

So’rovnoma — Dastur Ishtirokchisi bo’lish istagidagi Mijoz to’g’risidagi ma’lumot. U Qoidalarda nazarda tutilgan tartibga ko’ra Dasturda ro’yxatdan o’tilayotganda Mijoz tomonidan kiritiladigan yoki ma’lum qilinadigan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.

Mijoz – Qoidalarga muvofiq Dasturda ro’yxatdan o’tkazilmagan istalgan karta egasi hisoblanuvchi shaxs.

Ishtirokchi – 16 yoshga to’lgan, mavjud Qoidalarga muvofiq Dasturda ro’yxatdan o’tgan va Ishtirokchi Kartasiga ega jismoniy shaxs. Ishtirokchi o’z Bonus hisobini mustaqil boshqarish (Bonuslarni jamg’arish/ishlatish) huquqiga ega.

Imtiyozlar – Operatorning tovar va/yoki xizmatlaridan moliyaviy yoki nomoliyaviy foyda bilan foydalanish imkoniyati. Imtiyozlar rejalangan chegirma usulida taqdim etilishi mumkin – bular Ishtirokchi hisobiga Operator (agar bu Dastur Qoidalarida nazarda tutilgan bo’lsa) tovar va/yoki xizmatlaridan foydalanganligi uchun Bonuslar shaklida o’tkazilishi va Ishtirokchi tomonidan yig’ilgan Bonuslarning navbatdagi sarfida yozilishini qamrab oladi.

Bonuslar – Qoidalarga muvofiq Operator tomonidan taqdim etiladigan tovar va/yoki xizmatlarga ega bo’lganlik uchun Ishtirokchining Bonus hisobiga o’tkaziladigan hisob birliklaridir. Shuningdek, Operator tomonidan mustaqil belgilangan boshqa shartlar bajarilgan taqdirda, Bonuslar o’tkazilishi uchun asos bo’lib xizmat qila oladi. O’tkazilgan Bonuslar summasi Ishtirokchi tomonidan Operator tovar va/yoki xizmatlariga ega bo’lishda chegirmalar, shuningdek, boshqa Imtiyozlar olish uchun ishlatilishi mumkin.

Ekspress-Bonuslar – Operator tomonidan o’tkaziladigan maxsus aksiyalar doirasida Ishtirokchilar hisobiga yoziladigan, cheklangan yaroqlilik muddatiga ega Bonuslar.

Bonus hisobi (Hisob) – Ishtirokchi mavjud Qoidalarga muvofiq Dasturda ro’yxatdan o’tgan taqdirda uning nomiga Operator tomonidan o’z axborot tizimida ochiladigan hisob. Hisob Bonuslarda yuritiladi. Bonuslar Hisobga o’tkaziladi va Operator tomonidan taqdim etiladigan tovar va/yoki xizmatlaridan foydalanishda Qoidalarga muvofiq Ishtirokchining Kartalari vositasi Hisobdan yechib olinadi. Hisob Ishtirokchining mobil telefoniga bog’langan bo’ladi.

Ishtirokchi Kartasi (keyingi o’rinlarda – Karta) – unikal raqamga ega karta mavjud Qoidalarga muvofiq Operator tomonidan taqdim etilayotgan tovar va/yoki xizmatdan foydalanuvchi Ishtirokchini Dasturda aniqlab berishga xizmat qiladi. Karta Bonuslar jamg’arish va ulardan foydalanishga imkon beradi.

Dastur doirasida quyidagi turdagi Karta turlari nazarda tutilgan: Moddiy karta, Virtual karta.

Moddiy karta – Operator tomonidan Dastur Qoidalariga muvofiq korzinka.uz supermarketlar tarmog’ida foydalaniladigan plastik karta;

Virtual karta – Ishtirokchi tomonidan Mobil ilovada ro’yxatdan o’tkazilgan elektron kartadir.

Dastur call-markazi (keyingi o’rinlarda – Call-markaz) – Operator tomonidan Dasturni qo’llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan va kun davomida Ishtirokchilar uchun axborot-ma’lumot berish xizmati bilan shug’ullanuvchi markazdir. Call-markaz 78 140 14 14 raqami, Saytdagi aloqa shakli va Mobil ilova orqali xizmat ko’rsatadi.

Mobil ilova – iOS va Android platformalari bazasida mobil uskunaga (smartfon, planshet va boshqalar) o’rnatiladigan (yuklab olinadigan) korzinka.uz dasturiy ta’minoti sanaladi. U o’zida mobil uskunada ishlashi uchun mo’ljallangan ma’lumotlar va buyruqlar jamlanmasini aks ettiradi. Mobil ilova egasi Operator hisoblanadi.

Operator – «ANGLESEY FOOD» MChJ XK, 100066, Toshkent sh., Turob To’la ko’chasi, 57-uy. Besh Yog’och bozori hududi, INN: 202 099 756, Dasturni boshqarish va rivojlantirish hamda Ishtirokchilarga Qoidalarda nazarda tutilgan Imtiyozlar Dasturini taqdim etishni ta’minlovchi maxsus huquqlarga ega.

Tekshiruv kodi – Ishtirokchi tomonidan Dasturda ro’yxatdan o’tish vaqtida kiritilgan mobil telefon raqamiga jo’natiladigan kod. Ushbu kod Ishtirokchi tomonidan ma’lum harakatlarni – Dasturda ro’yxatdan o’tish, Ishtirokchi ma’lumotlarini tahrirlash, shuningdek, Ishtirokchi Hisobi bo’yicha tasdiq talab etuvchi boshqa operatsiyalar amalga oshirilganini tasdiqlash uchun zarur.

Dastur Sayti – Dasturning internet tarmog’ida ushbu manzilda joylashgan internet-sayti: https://korzinka.uz/programma-loyalnosti.

Tranzaksiyalar – Ishtirokchi tomonidan Kartadan foydalangan holda amalga oshiriladigan harakatlar. Ular Qoidalarga muvofiq, Ishtirokchi Bonus hisobiga Bonuslar o’tkazish yoki ularni sarflash uchun asos bo’ladi.

Bildirishnoma – Ishtirokchiga bir yoki bir necha aloqa vositalari (usullari): Anketada u tomonidan ko’rsatilgan mobil telefon yoki boshqa xabarlar orqali yo’llanuvchi ma’lumot va reklama axboroti.

Aksiya – Dastur doirasida Operator tomonidan o’tkaziladigan qo’shimcha rag’batlantiruvchi yoki boshqa tadbir.

 

3. Dasturda ro’yxatdan o’tish:

3.1. Dasturda ishtirok etish ixtiyoriy. Dasturda ro’yxatdan o’tayotganida 16 (o’n olti) yoshga to’lgan istalgan jismoniy shaxs Ishtirokchi bo’lishi mumkin.

3.2. Dasturda ishtirok etish uchun Kartaga ega bo’lish yoki uni mavjud Qoidalarga muvofiq ro’yxatdan o’tkazish zarur.

3.3. Kartani quyidagi usullar bilan qo’lga kiritish mumkin:

3.3.1. 100 000 so’mdan ortiq summaga bir martalik xarid amalga oshirish.

3.3.2. 50 000 so’mdan ko’p summaga xarid amalga oshirish va eko sumka sotib olish.

3.3.3. Ko’ngilli qon donori Karta/ma’lumotnomasini taqdim etish.

3.3.4. Avvalgi korzinka.uz kartasini almashtirish.

3.3.5. Istalgan bonus yoki korzinka.uz kartasini almashtirish.

3.3.6. Pensiya guvohnomasini taqdim etish.

3.3.7. Bu yil yoki o’tgan yili tug’ilgan farzandning tug’ilganlik haqida guvohnomasini taqdim etish.

3.3.8. Mobil ilovada Virtual kartani ro’yxatdan o’tkazish. Bunday vaziyatda a’zolik badali olinmaydi.

3.4. korzinka.uz supermarketlar tarmog’i tovar va/yoki xizmatlariga to’lov amalga oshirganda Bonuslar yechilishi yoki Operatordan boshqa imtiyozlar olish uchun Moddiy Karta, Virtual karta egasi hisoblangan Mijoz Dastur Ishtirokchisi bo’lishi va Dasturda ro’yxatdan o’tishi, shuningdek, quyidagi usullarda Kartani ro’yxatdan o’tkazishi zarur:
3.4.1. 3.3.1 – 3.3.7 bandlarida belgilangan shartlardan birini bajargan Mijozga 4 (to’rt) kartadan iborat to’plam va So’rovnomani to’ldirish imkoniyati beriladi. Ushbu abzatsdagi barcha shartlar bajarilgan taqdirda Mijoz ro’yxatdan o’tgan Dastur Ishtirokchisi sanaladi va unga Bonus hisob raqami biriktiriladi.

3.4.2. Mobil ilovaning “Yangi karta ochish’’ bo’limida So’rovnomani to’ldirish usulida va Dastur Qoidalarini zarur belgini qo’yish hamda “Davom ettirish’ tugmasini bosish bilan aniq, butunlay tasdiqlash. Yuqorida keltirilgan harakatlar bajarilgach, So’rovnomada Mijoz tomonidan belgilangan mobil telefon raqamiga Tasdiqlash kodi bilan SMS-xabar jo’natiladi. Mijoz uni Mobil ilovadagi kerakli joyga kiritishi kerak bo’ladi. Mavjud abzatsda keltirilgan barcha harakatlar bajarilgach, Mijoz Dasturning ro’yxatdan o’tgan Ishtirokchisi hisoblanadi va unga Bonus hisobi raqami biriktiriladi.

3.5. Mavjud Qoidalarda nazarda tutilgan usullardan biri bilan Dasturda ro’yxatdan o’tilgan taqdirda Ishtirokchi quyidagi havolaga ko’ra o’z shaxsiy ma’lumotlarining kengaytirilgan tarzda qayta ishlanishiga rozilik bergan hisoblanadi: https://korzinka.uz/privacy-policy.

3.6. Dastur Moddiy Kartasi Operator mulki sanaladi va Operatorning ilk talabidanoq Ishtirokchi tomonidan qaytarilishi zarur.

3.7. Moddiy karta va Virtual karta mavjud Qoidalarga muvofiq Dasturdagi harakatlar to’xtatilgunga qadar muddatsiz ishlatiladi.

3.8. korzinka.uz supermarketlarida xarid amalga oshirilgan vaqtda karta mavjud bo’lmagan taqdirda Operator Ishtirokchi Kartasiga eski cheklar hisobiga bonuslar o’tkazmaslik huquqini saqlab qoladi. Xaridor korzinka.uz Supermarketida amaldagi Dastur Qoidalariga muvofiq umumiy shartlar asosida Kartaga ega bo’lishi va uni mavjud Qoidalarning 3.4. bandiga binoan ro’yxatdan o’tkazishi mumkin.

3.9. Karta mavjud Qoidalarning 3.4. bandiga muvofiq ro’yxatdan o’tkazilmagan holda Operator Kartadagi bonuslar saqlanishiga javobgarlik olmaydi va to’liq servis xizmati ko’rsata olmaydi. Qoidalarning 3.4. bandida nazarda tutilgan istalgan usulda ro’yxatdan o’tmagan Mijoz Kartaga o’tkazilgan bonuslar to’g’risida ma’lumot olish huquqiga ega emas.

3.10. Bir telefon raqamiga 3dan (uch) ortiq korzinka.uz kartasini ulab bo‘lmaydi, virtual kartalar bo‘yicha cheklov esa — Dasturda ishtirok etish davri davomida 1dan (bir) ko‘p bo‘lmasligi zarur.

 

4. Bonuslar o’tkazilishi:

4.1. Bonuslar Ishtirokchining Bonus hisobiga Dastur Qoidalariga muvofiq Karta vositasida Operatordan tovar va/yoki xizmatlar xaridi amalga oshirilganida, shuningdek, Bonuslar o’tkazilishi uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi, Operator tomonidan mustaqil belgilangan boshqa shartlar Ishtirokchi tomonidan bajarilganida o’tkaziladi.

4.2. Bonuslar Ishtirokchi tomonidan Operator tovar va/yoki xizmatlar uchun istalgan to’lov usulida: naqd pul, bank kartasi va boshqa mavjud usullar bilan amalga oshirilganida o’tkaziladi.

4.3. Operator tomonidan o’tkazilgan aksiyalar doirasida Ishtirokchilarga qo’shimcha Bonuslar yozilishi mumkin. Operator aksiya doirasidagi tovar/xizmatlar uchun Bonus hisobiga o’tkaziladigan qo’shimcha Bonuslar miqdori va tovar/xizmatlar ro’yxatini belgilashi mumkin.

4.4. Bonuslar o’tkazilishi uchun Ishtirokchi korzinka.uz Supermarketlarida Operator tovarlari xaridi uchun to’lov amalga oshirishdan oldin (kassa cheki yopilishidan avval) Kartasini taqdim etishi kerak. Agar Ishtirokchi Kartani taqdim etmasa, Bonuslar o’tkazilmaydi.

4.5. Operator korzinka.uz Supermarketlarida Moddiy karta yoki Virtual karta vositasida tovar va/yoki xizmatlar uchun amalga oshirilgan to’lovlar uchun Bonuslar o’tkazish qoidalarini mustaqil shakllantiradi. Bonuslar o’tkazish qoidalari Dastur Sayti, Mobil ilovaga joylab boriladi. Bonuslar o’tkazish qoidalari to’g’risidagi qoidalar haqida Call-markazga qo’ng’iroq qilib ham bilish mumkin.

4.6. Karta taqdim etib korzinka.uz Supermarketlarida tovarlar xarid qilganlik uchun Bonuslar o’tkazish qoidalari:
– Har bir xarid uchun Mijoz yagona bonus-hisobiga summaning 1% ini qabul qiladi.
– Mijoz 1 000 000 so’mdan ortiq oylik xaridi (bir kalendar oyi) uchun yana 1% retro bonus oladi. Retro bonus keyingi muddat avvalida bir marta o’tkaziladi.
– Mijoz 3 000 000 so’mdan ortiq choraklik xaridi (bir kalendar oyi) uchun qo’shimcha 1% retro bonus oladi. Retro bonus keyingi muddat avvalida bir marta o’tkaziladi.

4.6.2. Dasturda yangi Virtual Karta birlamchi ro’yxatdan o’tkazilganidan so’ng Ishtirokchi telefoniga Dastur Qoidalarining 3.3.8. bandiga muvofiq 5 000 bonus miqdorida salom-bonuslar o’tkaziladi.

4.6.2.1. 4.6.2. bandida nazarda tutilgan qo’shimcha bonuslar bir telefon raqami nomiga ochilgan boshqa Virtual Kartalar hisobiga yozilmaydi.

4.6.3. Operator tomonidan korzinka.uz Supermarketlarida o’tkazilgan aksiyalarda qatnashgani uchun Ishtirokchiga qo’shimcha Bonuslar o’tkazilishi mumkin. Bunday Qo’shimcha Bonuslar miqdori Operator tomonidan belgilanadi. 4.6.1. va 4.6.2. bandlarida nazarda tutilgan Qo’shimcha Bonuslar Qoidalarning 4.6. bandida nazarda tutilgan holda Kartalarga o’tkaziladi.

4.7. Ishtirokchi Bonus hisobiga Bonuslar o’tkazishda Operator majburiyatlarni tasdiqlovchi hujjat – bu amalga oshirilgan xaridni Karta raqamida tasdiqlovchi fakt, kassa cheki hisoblanadi. O’tkazilmagan Bonuslar/Bonuslarning noto’g’ri miqdori yuqoridagi hujjat ko’rsatilgan taqdirda Operatorga yo’llangan murojaat ko’rib chiqiladi.

4.8. Ishtirokchi tomonidan Operator tovar/xizmati uchun Bonuslar bilan to’langanida Bonuslar mavjud Qoidalarga muvofiq faqatgina xaridning pul bilan to’langan (naqd pul yoki bank kartasi) qismi uchun o’tkazib beriladi.

4.9. Mavjud Qoidalarga muvofiq Ishtirokchi tomonidan tovar va/yoki xizmatlar xaridi amalga oshirilganda Bonuslar o’tkazilishi yoki yechib olinishi to’g’risidagi ixtiyoriy qarorini Operator/Hamkor kassirga chek yopilishidan oldin ma’lim qilishi zarur.

4.10. Ishtirokchiga uning Dasturdagi ishtiroki sababli taqdim etilgan bonus va huquqlar boshqa shaxsga sotilishi, o’tkazilishi yoki mavjud Qoidalarda nazarda tutilgan holatlardan tashqari boshqa shaklda ishlatilishi mumkin emas. Bonuslar naqd birlik va pul qiymatiga ega emas.

4.11 Bonuslar o’tkazilishi muddati:
– Karta bilan korzinka.uz Supermarketlarida amalga oshirilgan xaridlar uchun Bonuslar Bonus hisobiga shunday turdagi xaridlar amalga oshirilgan sanada o’tkaziladi.

 

5. Bonuslarni ishlatish:

5.1. Ishtirokchi tovar va/yoki xizmatlar xaridini amalga oshirgan vaqtda chegirma uchun Bonuslar yechmoqchi yoki aksiya bo’yicha chegirmalar olmoqchi bo’lsa, Operator Kartasini taqdim etishi zarur. Bu holatda Mijoz Ishtirokchi sifatida mavjud Qoidalarga muvofiq ro’yxatdan o’tgan bo’lishi kerak.

5.2. Ishtirokchi korzinka.uz Supermarketi kassirini jamg’arilgan Bonuslardan foydalanishi va kassa cheki yopilishidan oldin xarid uchun qancha Bonus ishlatmoqchi ekanligi to’g’risida xabardor qilishi kerak. Avvalroq jamg’arilgan Bonuslar dastlab yechib olinadi.

5.3. Bonuslar yaroqlilik muddati 12 (O’n ikki) kalendar oyiga teng. Mazkur bandda belgilangan muddat, agar mavjud Qoidalarda istisnolar bo’lmasa, Bonuslar o’tkazilganidan boshlab hisoblanadi. Belgilangan muddat yakunigacha ishlatilmagan Bonuslar Ishtirokchining Bonus hisobidan tiklanuvsiz avtomatik ravishda yechib olinadi.

5.4. Ishtirokchi Bonuslaridan korzinka.uz Supermarketlarida tovar/xizmatlar xaridini amalga oshirganida chegirmalar uchun foydalanishi mumkin. Bunday holatda chegirma hajmi ushbu : 1 (bir) Bonus 1 (bir) so’mga teng hisob-kitobiga ko’ra aniqlanadi. Ishtirokchi tomonidan tovar/xizmat xaridi uchun chegirma olishga Bonus ishlatilganda Ishtirokchi tomonidan aytilgan Bonuslar summasi xarid amalga oshirilgan sanada Ishtirokchining Bonus hisobidan avtomatik tarzda yechib olinadi.

5.5. Bonuslar yechib olinganida chegirma chekdagi barcha tovarlar (Bonuslar yechib olishi uchun cheklovlar mavjud tovarlardan tashqari) uchun birdek taqsimlanadi.

 

6. Karta bilan xarid qilingan tovarlarning qaytarilishi:

6.1. Kartadan foydalanib olingan tovarlar almashtirilishi va qaytarilishi O’zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

6.2. Ishtirokchi tomonidan Operatorga tovar qaytarilsa/xizmatdan bosh tortilsa, bunday xaridlar uchun Ishtirokchiga Bonuslar yozilmaydi, Bonuslar o’tkazilgan taqdirda ular Ishtirokchining Bonus hisobidan yechib olinadi.

6.3. Ishtirokchi tomonidan Operatorga tovar qaytarilsa / xizmatdan bosh tortilsa, Qoidalarga muvofiq xarid paytida Ishtirokchining Bonus hisobidan Bonuslar yechib olingan bo’lsa, yechilgan Bonuslar summasi Ishtirokchiga tovar qaytarilgan/xizmatdan bosh tortilgan operatsiya amalga oshirilgan kunda qaytariladi.

 

7. Yo’qotilgan/ishdan chiqqan Kartani qulflash tartibi:

7.1. Asosiy karta yo’qolgan/ishdan chiqqan holda Ishtirokchi Mobil ilova orqali yoki Call-markazga qo’ng’iroq qilib tizimni qulflashi zarur.

7.2. Ishtirokchi yo’qolgan karta o’rniga Yangi Moddiy Kartani korzinka.uz Supermarketida o’z pasportini ko’rsatgan va 5000 (besh ming) so’m to’lagan holda, shuningdek, mavjud Qoidalarning 3.4.1. bandiga ko’ra ro’yxatdan o’tgan taqdirida olishi mumkin. Yo’qolgan Jismoniy karta yangi Asosiy karta ro’yxatdan o’tkazilgan vaqtda Qoidalarning 7.1 bandiga ko’ra qulflanmagan bo’lsa, Asosiy karta tiklangach, yo’qolgan Karta avtomatik ravishda qulflanadi.

7.3. Yangi karta (Moddiy karta) olinishi va mavjud Qoidalarga binoan ro’yxatdan o’tkazilishidan so’ng avval jamg’arilgan Bonuslardan foydalanish mumkin bo’ladi.
7.3.1. Cheklangan yaroqlilik muddatiga ega ekspress-bonuslar 7.3 bandida keltirilgan shartlar bajarilgan taqdirda yangi Karta ro’yxatdan o’tkazilganida Ishtirokchi Hisobiga o’tmaydi.

7.4. Ishtirokchi Hisobidan Karta qulflanguncha, yo’qolgan karta vositasida yechilgan Bonuslar tiklanmaydi.

 

8. Boshqa shartlar:

8.1. Ishtirokchi Dasturda ro’yxatdan o’tayotgan vaqtida kiritgan shaxsiy ma’lumotlari to’g’ri va haqiqiyligi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Shaxsiy ma’lumotlar o’zgartirilgan taqdirda Ishtirokchi Operatorni Call-markaz raqami: 78 140 14 14 raqamiga qo’ng’iroq qilib, xabardor qilishi yoki ma’lumotlarni Mobil ilovada o’zgartirishi kerak. Anketada keltirilgan Ishtirokchi shaxsiy ma’lumotlari o’zgartirilganidan Operator xabardor bo’lmagan vaziyatlar, uchun Ishtirokchi javobgar bo’ladi. Operator Ishtirokchi aybi bilan Qoidalarda keltirib o’tilgan majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javobgarlikni bo’yniga olmaydi. Bu o’z ichiga Anketada to’ldirilgan Ishtirokchi to’g’risidagi ma’lumotlar tahrirlanganda Operator xabardor etilmagan holatlarni ham oladi.

8.2. Ishtirokchilar dastur shartlariga o’zgartishlar kiritiladigan sanadan 31 (o’ttiz bir) kundan kam bo’lmagan muddatda xabardor qilinib, Operator tomonidan istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda Dastur qoidalariga o’zgartishlar kiritilishi mumkin. Operator Qoidalarga kiritilgan o’zgartishlar to’g’risida Dastur qoidalarida nazarda tutilgan shaklda telefon qo’ng’irog’i va/yoki elektron xabar vositasida Ishtirokchiga qo’shimcha ma’lumot berish huquqiga ega.

8.3. Ishtirokchi kartani saqlash va uchinchi shaxslarning Kartadan beso’roq foydalangani uchun javobgar bo’ladi. Operator Ishtirokchi Kartasining uchinchi shaxslar tomonidan beso’roq ishlatilgani uchun javobgar emas.

8.4. Operator istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda istalgan Ishtirokchining Dasturdagi ishtirokini quyidagi bandlardan biriga muvofiq to’xtatishi mumkin:
– Ishtirokchi Qoidalarga rioya qilmagan taqdirda;
– Dastur doirasida Ishtirokchiga beriladigan u yoki bu Imtiyozlardan g’arazli maqsadlarda foydalanganda;
– Operator yoki Hamkorlarni shubhaga soluvchi noto’g’ri ma’lumotlarni berganda;
– Karta olingan vaqtdan boshlab 12 (o’n ikki) oy davomida Qoidalarga muvofiq uni ishlatmagan taqdirda.

8.5. Ishtirokchi Operatorni Call-markazga qo’ng’iroq qilib yoki boshqa qulay usulda xabardor qilib, istalgan vaqtda Dasturdagi ishtirokini to’xtatishi mumkin. Ma’lum bir Ishtirokchining Dasturdagi ishtiroki Operator tomonidan Ishtirokchi bildirishnomasi olinganidan boshlab to’xtatilgan sanaladi.

8.6. Ishtirokchi mustaqil ravishda Mobil ilova, Telegram-bot, shuningdek, chekda ko’rsatilgan Ishtirokchi Bonus hisobi to’g’risidagi ma’lumotlarni kuzatib borishi zarur. Ishtirokchi ma’lumotlardagi nomutanosiblikni aniqlagan taqdirda Dastur Call-markaziga qo’ng’iroq qilishi kerak bo’ladi.

8.7. Ma’lum bir Ishtirokchining Dasturdagi ishtiroki to’xtatilgan holatda mavjud Qoidalarning 8.4. va 8.5. bandlarida nazarda tutilganidek avval yig’ilgan Bonuslar nolga tenglashtiriladi. Ishtirokchining Dasturdagi ishtiroki to’xtatilgan vaqtdan boshlab, Karta bilan bog’liq harakatlar ham to’xtatiladi (Karta qulflanadi), ma’lum Ishtirokchining Bonus hisobidagi Bonuslar avtomatik ravishda yechib olinadi (nolga tenglashtiriladi). Bunday holatda Ishtirokchi Operatordan yechib olingan (nolga tenglashtirilgan) Bonuslari uchun qandaydir badal (pul shaklida) talab qilishga haqqi yo’q.

8.8. Ishtirokchi Dasturdan ro’yxatdan o’tganda Qoidalarni qabul qiladi va mavjud Qoidalarning 3.4. bandiga muvofiq Operatorning mavjud Qoidalarda nazarda tutilgan Bildirishnomalarni olishiga rozilik bildiradi, lekin quyidagi usullardan biri yordamida reklama xarakteridagi bildirishnomalardan voz kechish huquqini saqlab qoladi:
– Call-markazga murojaat qilib yoki boshqa qulay aloqa usuli bilan.

8.9. Operator tomonidan korzinka.uz Supermarketlarida o’tkaziladigan aksiya shartlari bilan Saytning maxsus bo’limlarda tanishish mumkin.

8.10. Operator Aksiya korzinka.uz karta Dasturi doirasida o’tkaziladi. Operator navbatdagi Aksiya, uning shartlari, unda ishtirok etish huquqiga ega shaxslar, o’tkazish muddatlari va boshqa ma’lumotlarni Dastur Saytiga joylab, e’lon qiladi. Aksiyaga o’zgartishlar kiritilishi ham mumkin. Operator nuqtayi nazaridan kelib chiqib, Aksiya muddati, shartlarini istalgan vaqtda o’tkazishi mumkin.

 

9. Dastur bo’yicha bahslarning hal etilishi:

9.1. Operator va Ishtirokchi o’rtasidagi barcha bahslar muhokama o’tkazish yo’li bilan hal etiladi.

9.2. Operator va Ishtirokchi o’rtasida kelib chiqqan bahs muhokama jarayonida hal etilmasa, u O’zR qonunchiligiga muvofiq tartibda hal etiladi.