Joykilar – eko-qahramonlarni to‘plang

16-maydan 18-dekabrgacha eko-qahramonlarni Joykis Grand Tour mobil ilovasida jonlantiring va poygalarda g‘olib bo‘ling!

phone
qr
joykis

Joykilar o‘zi kimlar?

Joykilar — bu toza tabiat to‘g‘risida qayg‘uruvchi superqahramonlar guruhi. Har biringiz ularni mobil o‘yinda ko‘rishingiz va guruhga qo‘shilishingiz mumkin.

Toybolakay

Quvnoq, aqlli va ajoyib. U sayyoramizga g‘amxo‘rlikni qanday qilib qiziqarli kvestga aylantirishni biladi.

Oydinoy

Juda mehribon Joyki. O‘rmondagi barcha o‘simlik turlarini yaxshi biladi va boshqa Joykilar ularga o‘z vaqtida g‘amxo‘rlik qilishlarini nazorat qiladi.

Bolg‘aboy

Biroz uyalchan hamda beso‘naqayroq Joyki. Bo‘sh vaqtida gilosli pirog tayyorlashni yoqtiradi va boshqa Joykilarni ham u bilan mehmon qiladi.

Chaqqonvoy

O‘ta harakatchan va tinib-tinchimas Joyki. U har dam olish kunlaridan keyin do‘stlari – olmaxonlar bilan gaplashish hamda sayyohlar o‘rmonga o‘zlari bilan olib kelgan barcha chiqindilarni olib ketganliklariga ishonch hosil qilish uchun tog‘ va ko‘l atroflariga sayohatga otlanadi.

Shiddatbek

Haqiqiy sarguzashtsevar. Sarguzashtlarni juda yoqtirganligi sababli uzoq o‘lkalarga uchuvchi qushlar bilan do‘stlashib olgan.

Birzum

O‘ta choyxo‘r, 1000dan ortiq choy turini biladi. Mehmonga kelganda, uy egasi qanday choy damlashini bilish uchun, albatta, oshxonaga nazar tashlaydi.

Tayyorbek

O‘ta faol va quvnoq Joyki. Suvdagi barcha ehtiyot choralaridan xabardor, xoh u ariq bo‘lsin, xoh daryo, xoh ko‘l. Uning uchun yilning eng ajoyib sovg‘asi - bu yangi, yorqin rangdagi, havo bilan to‘ldirilgan yordam halqasi.

Daraxon

Mohir xaritashunos va guruh yo‘lboshlovchisi. Suv hayvonlarining dengiz kemalari bilan to‘qnashib ketmasligi uchun ularning ko‘chishini nazorat qiladi.

Muzzz

Tozalash tuzilmalari ustasi. Odamlar suv omborlari yaqinida qurayotgan barcha zavodlarga ularning atrof-muhitga xavfsizligiga ishonch hosil qilish uchun tekshiruv bilan keladi.

O‘tkirtish

Guruh sardori. Doim foydali maslahat bilan bo‘lishishga yoki aqlli maqol aytishga tayyor.

Ustaqiz

Juda gapga usta va quvnoq Joyki. Bolalar bilan yaqindan do‘stlashishni va ularni foydali odatlarga o‘rgatishni yaxshi ko‘radi.

Paqqostoy

Ko‘rinishidan sovuqqon bo‘lsa-da, u eng mehribon Joykilardan hisoblanadi. Paqqostoy yana shirinliklarni ham juda yaxshi ko‘radi va yoqimli ovozga ega.

Zaminaxon

Undan doim mevalar ifori taralib turadi. Asosan jem, mevali pyure va murabbo tayyorlashni yaxshi ko‘radi. Uning uyida texnika quyosh batareyalari yordamida ishlaydi.

Buqatoy

Haqiqiy "kotta bolalar" elektrosuperkar bo‘ladimi, yoki samokat, ular faqatgina ekologik toza transportlarda yurishini aniq biladi.

Hushyortillo

Chiqindilarni qanday qilib saralash va qayta ishlashni biladi. Dunyo bo‘ylab barcha axlat qutilarining bosh dizayneri.

Romigul

Shahar Joykilarining bosh bezak ustasi. Trapsula ko‘rinishiga javob beradi. Trapsulani bo‘yash uchun doim faqatgina o‘simlik bo‘yoqlaridan foydalanadi.

Chaqmoqbek

Guruh sardori. Konstruktor va barcha ishlarning mohir ustasi. U ekologik toza ixtirolar yaratishni va olimlar uxlayotganda ularning qulog‘iga sekingina ixtirolar haqida aytib berishni yaxshi ko‘radi.

Tezkor

Bir daqiqa ham jim o‘tirolmaydigan eng gapdon Joyki. Shuning uchun ham u har yillik eko-poygalarning bosh sharhlovchisiga aylangan.

Qanotcha

Guruhning ikkinchi uchuvchisi. Osiyo Joykilar bir necha soniya ichida sayyoraning istalgan nuqtasiga yetib olishlari uchun Trapsulaning (barcha Joykilarning bosh havo kemasi) shakli va motorini mukammallashtirishga yordam beradi.

Osiyo

Guruhning ikkinchi uchuvchisi. Osiyo Joykilar bir necha soniya ichida sayyoraning istalgan nuqtasiga yetib olishlari uchun Trapsulaning (barcha Joykilarning bosh havo kemasi) shakli va motorini mukammallashtirishga yordam beradi.

Ziyrakqosh

Jiddiy Joyki, ba'zida g‘o‘ldirab ham turadi. Doim hamma narsani hujjatlashtiradi. Ammo Ziyrakqosh yoningizda ekan, barcha ishlar o‘z joyida va to‘g‘ri bajarilishidan xavotir olmasangiz ham bo‘ladi.

Oyqiz

Bosh uchuvchi. Burilishlar va tik sho‘ng‘ishlar ustasi. Poygalardan bo‘sh vaqtida butun dunyo samolyotlari uchun ekologik toza yoqilg‘i turlarini ishlab chiqarish bulan shug‘ullanadi.

Shamolbek

Mexanik. Istalgan turdagi, hatto eng aql bovar qilmaydigan eko-mashina yarata oladi. Vintik shirinliklarni ham yaxshi ko‘radi. Asbob-uskunalarni ushlaydigan belbog‘ining bir cho‘ntagi doim shirinliklar bilan to‘la. U har doim shirinliklarni do‘stlari bilan bo‘lishishga tayyor.

Trummi

Havo Joykilari kapitani. Yer atrofida havo sharida ilk eko-sayohatni amalga oshirdi. Natijada, barcha Joykilar bir-biri bilan tanishib, bir guruhga birlashishdi.

image
Toybolakay
image
Oydinoy
image
Bolg‘aboy
image
Chaqqonvoy
image
Shiddatbek
image
Birzum
image
Tayyorbek
image
Daraxon
image
Muzzz
image
O‘tkirtish
image
Ustaqiz
image
Paqqostoy
image
Zaminaxon
image
Buqatoy
image
Hushyortillo
image
Romigul
image
Chaqmoqbek
image
Tezkor
image
Qanotcha
image
Osiyo
image
Ziyrakqosh
image
Oyqiz
image
Shamolbek
image
Trummi

Butun jamoani Korzinka bilan jamlang

image
Xaridlar chekidagi har 40 ming so‘m uchun kartochkani bor-yo‘g‘i 500 so‘m evaziga oling
image
Hamkorlar mahsulotlarini xarid qilgan holda kartochkani bor-yo‘g‘i 500 so‘m evaziga oling
image
Eko-qahramonlar kolleksiyasini to‘plang va poygalarda g‘alaba qozoning
image
Takrorlanuvchi kartochkalarni to‘plang va qahramonlaringizni kuchaytiring
image
image

Kartochkalarni saqlash uchun super to‘plam

image
Metall xolder (saqlovchi)
To‘plam ichida 25 qahramon stikerini izlang
50000 so’m

Qanday o‘ynaladi?

image image
Joykis Grand Tour bepul mobil ilovasini smartfoningizga yuklab oling
image
Skanerlash rejimini tanlang
image
Smartfon kamerasini
kartochkadagi QR-kodga
yo‘naltiring
image
Yo‘ldan ko‘proq chiqindilarni yig‘ing va marraga birinchi bo‘lib yetib keling
image
Yangi eko-qahramonlarni to‘plang va ular bilan birgalikda o‘ynang
image

Aksiya hamkorlari

image
image

Savol-javoblar

Joykilar kimlar?
Joykilar – bu superqahramonlar, ular eko-mavzudagi loyiha doirasida atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qiladilar. Eko-qahramonlar guruhini mobil ilovada kartochkalar yordamida to‘plash va turli poygalar tashkillashtirish mumkin.
Kartochka narxi qancha va uni qayerdan olsa bo‘ladi?
Kartochkalarni barcha “Korzinka” supermarketlarida xarid qilish mumkin. Joykilar kartochkasining doimiy narxi – 2000 so‘m. Aksiya shartlarini bajargan taqdiringizda, siz uni bor-yo‘g‘i 500 so‘m evaziga olishingiz mumkin bo‘ladi.
Kartochkani qanday qilib aksiya doirasidagi narxda xarid qilish mumkin?
Bir chekda 40 ming so‘m yoki undan yuqori summadagi xaridni amalga oshirish, yoki hamkorlarimiz “365 kun” va “Из Корзинки” savdo belgisi ostidagi mahsulotlarni xarid qilish orqali siz kartochkani bor-yo‘g‘i 500 so‘m evaziga olishingiz mumkin bo‘ladi.
Kartochkani chegirmali narxda olish uchun faqatgina hamkor mahsulotini xarid qilsam bo‘ladimi?
Ha, siz faqatgina hamkor mahsulotini xarid qilgan holda kartochkani aksiya doirasidagi narx – 500 so‘m evaziga olish imkoniyatini qo‘lga kiritishingiz mumkin.
Qaysi hamkor mahsulotlar aksida ishtirok etadilar?
Aksiyada “365 kun” va “Из Корзинки” savdo belgisi ostidagi mahsulotlar ishtirok etadilar.
Kartochkalar nima uchun kerak?
Kartochkalarni Joykis Grand Tour ilovasida jonlantirib, poygalarda ishtirok etish, turli qahramonlarni to‘plash mumkin. Shuningdek, Joykilar – shunchaki ko‘ngilochar emas, balki tarbiyaviy o‘yin. U bolajonlarni chiqindilarni to‘plash orqali issiqlik va quvvat olish mumkinligi, ular yordamida esa Joykilar yangi rekordlarga erishib, poygalarda g‘olib bo‘lishlari mumkinligini o‘rgatadi.
Qadoq ichida qanday superqahramon borligini qanday bilsa bo‘ladi?
Barcha kartochkalar bir xil qadoq ichida joylashtirilgan, qadoq ichida qanday qahramon borligini oldindan bilish – mumkin emas. Xarid qilishdan oldin kartochkani ochish taqiqlanadi.
Takroriy kartochka tushganda nima qilish kerak?
Bir xil qahramonga ega kartochka takroran tushganda, uni tashlab yubormang. Kartochkadagi QR-kodni skanerlash orqali siz ilovadagi qahramoningiz imkoniyatlari va transportini yaxshilashingiz mumkin bo‘ladi.
Metall to‘plam narxi qancha va uni qayerdan olsa bo‘ladi?
Metall to‘plam narxi – 50 ming so‘m. Uning ichida o‘yin qahramonlari suratlari tushirilgan 25 dona stiker bor.
Metall to‘plam nima uchun kerak?
Metall to‘plam to‘plangan kartochkalarni saqlash uchun mo‘ljallangan, uning ichiga 80 dona kartochka sig‘adi.
Joykis Grand Tour ilovasini qayerdan yuklab olish mumkin?
Ilovani ushbu havolalarga o‘tish orqali yuklab olish mumkin: iOS Android
Mobil ilovada kartochka qanday qilib jonlantiriladi?
Mobil ilovada “Skanerlash” bo‘limiga o‘tib, smartfoningiz kamerasini kartochkadagi QR-kodga qarating. Qahramon bir zumda ilovadagi to‘plamingizda paydo bo‘ladi. Har bor kartochka bir martalik noyob QR-kodga ega, uni bir nechta qurilmada takroran skanerlab bo‘lmaydi.
Agar men 40 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan summadagi hamkor mahsulotini xarid qilsam, 2 ta kartochkani chegirmali narxda olsam bo‘ladimi?
Ha, siz 2 dona kartochka uchun chegirmani qo‘lga kiritasiz. Chunki siz bir chekda o‘rnatilgan summada xarid amalga oshirdingiz, shu bilan birga hamkor mahsulotini oldingiz.
- Agar men bir chekda bir nechta “365 kun” va “Из Корзинки” savdo belgisi ostidagi mahsulotlarni xarid qilsam, menga bir nechta kartochkaga chegirma taqdim etiladimi?
Ha, hamkorning har bir mahsuloti uchun kartochkani aksiya doirasidagi narxda olishingiz mumkin bo‘ladi: 1 dona hamkor mahsuloti = 1 dona Joykis kartochkasi 500 so‘mga
Aksiya qancha davom etadi?
Aksiya 16.05.2022-yildan 18.12.2022-yilgacha davom etadi.
Oldingi aksiyalar doirasidagi fishka va bukletlarning Joykilar aksiyasiga aloqasi bormi?
Joykilar aksiyasining oldingi AR kitoblar aksiyalariga aloqasi yo‘q, shu sababli ushbu aksiyada fishka va bukletlar ishtirok etmaydilar. Kartochkalarni FAQAT aksiya shartlarini bajargan taqdiringizda chegirmali narxlarda olishingiz mumkin bo‘ladi.
icon