So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga



“Anglesey Food” XK MCHJ
QOIDABUZARLIKLAR HAQIDA OGOHLANTIRISH SIYOSATI


1. Mazkur siyosatning maqsad va vazifalari


Kompaniya ochiqlik, halollik va hisobdorlikning yuqori standartlariga amal qiladi. Biz xodimlarimiz va kompaniyaning xatti-harakatlariga befarq boʻlmagan biznes hamkorlarimizdan ularni tashvishga solayotgan vaziyat haqida bizga xabar berishlarini xohlaymiz.

Kompaniyaning qoidabuzarliklar haqida ogohlantirish siyosati xodimlarga bu Siyosat qoidalari, kompaniyaning boshqa mahalliy normativ hujjatlari va/yoki OʻzR qonunchiligining buzilishi deb qaraladigan nooʻrin xulq-atvor yoki harakatlar haqida xabar berishning bir usuli hisoblanadi.

Xodimlar koʻpincha kompaniyada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoidabuzarliklarni birinchi boʻlib aniqlaydi. Biroq, xodimlar bunday bayonotlar ehtimol hamkasblar yoki kompaniya mavqeyiga putur yetkazishi mumkinligini sezib, oʻz xavotirlari haqida aytmaslikka qaror qilishlari mumkin. Yoxud bosimlardan qoʻrqib, bunday sharoitda qoidabuzarlik haqida xabar berishdan koʻra muammoni eʼtiborsiz qoldirishni afzal bilishi ham mumkin.

Bu siyosatning maqsadi xodimlarni taʼqib qilish yoki kamsitish xavfisiz muammolar haqida xabar berishga undashdir. Bu siyosat xodimlarga muammoni eʼtiborsiz qoldirmaslik va muammoning yechimini kompaniyadan tashqarida izlashdan koʻra, Kompaniya ichida yoki unga nisbatan yuzaga keladigan, ularni jiddiy tashvishga solishi mumkin boʻlgan muammolar haqida gapirishga imkon beradi.

2. Qoʻllanish sohasi


Bu Siyosat kompaniyaning barcha xodimlari uchun, ular egallab turgan lavozim darajasidan, boʻlinmaning hududiy joylashuvidan, mehnat shartnomasi turidan qatʼi nazar, shuningdek, kompaniya nomidan ish yurituvchi boshqa barcha shaxslar uchun majburiydir. 

3. Taʼriflar


Qoidabuzarliklar haqida ogohlantirish (grievance) – bu, shu bilan bir qatorda, huquqbuzarliklar sodir etish deb ataladigan ehtimoliy noqonuniy va/yoki axloqsiz amaliyotlar haqidagi maʼlumotlarga rahbariyat eʼtiborini jalb qilishdir. 

Qoidabuzarlik har qanday nohaq yoki noqonuniy xatti-harakatlarni nazarda tutadi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin, biroq bu bilan cheklanmaydi:
  • Kompaniyaning har qanday ichki qoidalariga rioya qilmaslik;
  • Qonun hujjatlari yoki normativ-huquqiy hujjatlarni qasddan buzish;
  • Noprofessional xatti-harakatlar;
  • Shubhali buxgalteriya hisob-kitoblari yoki auditorlik amaliyoti, firibgarlik;
  • Kompaniya va hamkorlarning shaxsiga yoki mulkiga moddiy zarar yoki ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan amaliyotlar;
  • Kompaniya uchun katta xarajatlar yoki yoʻqotishlarga olib kelishi mumkin boʻlgan muammoni hal qilmaslik yoki bu haqda xabar berish boʻyicha oqilona choralar koʻrmaslik;
  • Har qanday ruxsatsiz maqsad bilan huquq yoki vakolatni suiiste’mol qilish; 
  • Har qanday turdagi taʼqib, huquqlarni oyoqosti qilish, hamkasblar yoki rahbariyat tomonidan bosim oʻtkazish; 
  • Yoshi, irqi, jinsi, dini, jinsiy mayli, oilaviy ahvoli, farzandlarining borligi, siyosiy qarashlari yoki etnik kelib chiqishiga koʻra kamsitish kabi adolatsiz diskriminatsiya; 
  • Manfaatlar toʻqnashuvlari.
Bu roʻyxat toʻliq emas, unda faqat qoidabuzarliklar deb hisoblanishi mumkin boʻlgan harakatlar misollari keltirilgan.

4.  Qoidabuzarlik haqida shikoyat/bildirgi yuborish jarayoni


Xodimlar, maslahatchilar, pudratchilar yoki yetkazib beruvchilaridan istalgan birortasi muayyan qoidabuzarlik haqida xabar berilgan taqdirda, kompaniya uni sinchkovlik bilan tekshirish va bartaraf qilish orqali darhol choralar koʻradi. 

Aloqaga masʼul shaxs: Shikoyat yoki xavotir boʻlsa, liniya menejeri yoki tarkibiy boʻlinma rahbariga murojaat qilishingiz kerak. Rahbar tegishli muammolarning jiddiyligi va muhimlik darajasiga hamda huquqbuzarlikda gumon qilinuvchi shaxsning kimligiga qarab masalani yuqori rahbariyatga yetkazish kerak yoki kerak emasligini hal qiladi. 

Shikoyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbar lavozimdagi shaxsga taalluqli bo‘lsa yoki xodim boshqa usul bilan shikoyat qoldirmoqchi bo‘lsa, quyidagi usullardan biri orqali uni yuborishi mumkin: 
  • Inspeksion nazorat bo‘limiga shaxsan o‘zi uchrashishi, 
  • kompaniyaning shtatdagi psixologiga shaxsan murojaat qilishi, 
  • KeepHub’ning “Ma’lumotnoma” bo‘limidagi telefon raqami orqali qaynoq liniyaga qo‘ng‘iroq qilishi.
Qaynoq liniyaga xat va qo‘ng‘iroqlar 09:00dan 18:00gacha qabul qilinadi. Dam olish va bayram kunlari, shuningdek, 18:00dan keyin kelib tushgan murojaatlar keyingi ish kuniga mos sana bilan qayd etib boriladi. 

“Anglesey Food” XK MCHJ xodimi murojaat qilganda, u bilan keyinchalik aloqa uchun FISH, lavozim, doʻkon/boʻlinma va oʻz kontakt maʼlumotlarini aytish kerak. Xodimlarning qarindoshlari murojaat qilgan taqdirda, qoidabuzarlik haqida bildirgi/shikoyat koʻrib chiqilmaydi, xodimning oʻzi jismoniy aloqaga chiqolmaydigan holatlar bundan mustasno. 

5. Qoidabuzarlik/shikoyat haqidagi bildirgiga munosabat bildirish jarayoni


Kompaniya yuzaga kelgan har qanday muammolarga nisbatan choralar koʻradi. Biroq kompaniya muammoni faqat dastlabki tekshiruvdan keyin va ehtimol, tegishli masala boʻyicha zarur tekshiruv oʻtkazilgach baholashi mumkin.

Xodimlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish va tekshirish Inspeksiya nazorati boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi. Har bir bildirishnoma tegishli jurnalda qayd etiladi.

Agar qoʻpol qoidabuzarliklar boʻlsa, materiallar koʻrib chiqish uchun axloq qoʻmitasiga yuboriladi. Barcha xodimlarning shikoyatlari va qoidabuzarliklarini direktorlar darajasiga qadar koʻrib chiqish amaldagi komissiya doirasida amalga oshiriladi. Direktor darajasidan va undan yuqori boʻlgan qoidabuzarliklar koʻrib chiqish uchun Kuzatuv Kengashiga yuboriladi. 

Tegishli shaxslar va taxminiy huquqbuzarlikni sodir etganlikda gumon qilinuvchilarni himoya qilish maqsadida, tekshiruv oʻtkazish zarurligini va shunday boʻlsa, qaysi shaklda oʻtkazishni hal qilish uchun masalani dastlabki oʻrganish amalga oshiriladi. Shoshilinch choralar koʻrish zarur boʻlsa, bu tekshiruv oʻtkazishdan oldin bajariladi. 

Tekshiruv davomida guvohlar bilan suhbatlashish, shikoyat bergan xodimdan maʼlumotlarni qayta tekshirish, tegishli xodimlardan qoʻshimcha maʼlumot soʻrash kabi vositalar qoʻllaniladi. 

Muammo haqida xabar berilgandan keyin oʻn ish kuni ichida tegishli masʼul xodim yana xabarnoma yuborgan shaxs bilan bogʻlanadi va: 
  • Muammo haqida xabar olganini tasdiqlaydi; 
  • Masala qanday hal qilinishi haqida xabar beradi; 
  • Yakuniy javob qachon berilishi haqida xabar beradi; 
  • Masalani dastlab oʻrganilishi yoki yoʻqligini xabar qiladi; va 
  • Qoʻshimcha tekshiruvlar oʻtkazilishi yoki yoʻqligini, buning sababini maʼlum qiladi. 
Kompaniya xabar bergan shaxs muammo haqida birdirish  natijasida duch kelishi mumkin boʻlgan murakkabliklarni kamaytirish choralarini koʻradi. Kompaniya muammolar haqida xabar bergan har qanday shaxsni ular boʻyicha choralar koʻrilganiga ishontirish zarurligini tan oladi. Huquqiy cheklovlarni hisobga olgan holda, kompaniya tekshiruv natijalari haqida maʼlumot beradi.

6. Muddatlari 


Muammolarni tekshirish eng qisqa vaqt ichida, imkon qadar bildirgi olingan sanadan boshlab 14 ish kuni ichida amalga oshiriladi. Tushunish kerakki, masalaning yechimi bilan bogʻliq holda turli shaxslarga, organlarga murojaat qilish zarur boʻlishi va bu tekshiruv muddati uzayishiga olib kelishi mumkin. Masalani tekshirish muddatiga shikoyatning jiddiyligi va murakkabligi ham salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Kompaniya eng avval shikoyatni tekshirish uchun kutiladigan muddatni koʻrsatishga harakat qiladi. 

7.  Qarama-qarshi ayblovlar, taʼqiblar va bosimlardan himoya hamda profilaktika


Bu siyosat boʻyicha muammoni oshkor qilgan yoki xabar bergan har qanday xodim himoya qilinadi, agar xodim: 
  • Maʼlumotni vijdonan oshkor qilsa; 
  • U aslida ishonchli deb hisoblasa; 
  • Gʻaraz niyat bilan harakat qilmasa va yolgʻon ayblovlar taqdim etmasa; 
  • Biror shaxsiy yoki moliyaviy manfaat olishga intilmasa.
Kompaniya aniq qoidabuzarlik haqida jiddiy va haqiqiy tashvish haqida xabar bergan har qanday shaxsga nisbatan biror shaxs tomonidan sanksiyalar yoki kamsitishlarni qoʻllashga urinishga yoʻl qoʻymaydi. Bu kabi har qanday taʼqiblarga nisbatan tezda choralar koʻriladi va qatʼiy intizomiy oqibatlar tatbiq qilinadi. 

8. Maxfiylik va anonimlik 


Shikoyat muallifi maxfiylikni talab qilsa, kompaniya qoidabuzarliklar haqida bildirgi tartibida qabul qilingan har qanday shikoyat boʻyicha maxfiylikni saqlaydi. Anonim shikoyatlarga javob berishda va ularni tekshirishda, agar shikoyat muallifi oʻz ismini oshkor qilishga tayyor boʻlmasa, keyinchalik murakkabliklar paydo boʻlishi mumkin.

9. Yolgʻon va gʻarazli ayblovlar


Kompaniya halollik va vijdonlilikning eng yuqori standartlariga rioya qilishda davom etishga intiladi. Kompaniya har qanday shikoyatni tekshirish uchun yetarli mablagʻ ajratilishini taʼminlaydi. Biroq ayblovni ilgari surishni rejalashtirgan har qanday xodim ularning ishonchliligini taʼminlashi muhimdir. 

Kompaniya istalgan xodim tomonidan ongli ravishda har qanday yolgʻon va qasddan ayblov taqdim etishni intizomiy choralar koʻrishga, jumladan, ishdan boʻshatishga olib kelishi mumkin boʻlgan jiddiy intizomiy huquqbuzarlik deb hisoblaydi.

10. Saqlanishi


Bu Siyosatning asl nusxasi Xodimlar bilan ishlash departamentida saqlanadi.