Tim qora, oq, sutli, serg’ovak…Shokoladning har bir turi o’zgacha! 11-iyun Xalqaro shokolad kuni munosabati bilan korzinka.uz barcha uchun birdek sevimli bo’lgan ushbu shirinlik qo’shilgan oddiy va kamyob retseptlarni tayyorlab qo’ydi. Yozni yana-da mazaliroq o’tkazing!

1.Mangalda pishgan issiq desert 

Masalliqlar:

  • 3 dona banan;
  • 1 plitka shokolad (sutli bo’lgani ma’qul);
  • Muzqaymoq (ta’bga ko’ra).

Tayyorlash usuli:

1.     Bananni shokolad oqib ketmasligi uchun pastki terisiga zarar yetkazmasdan uzunasiga kesamiz.

2.    Shokolad suyuq holatga kelguncha qizdiramiz.

3.    Ko’ndalang kesamiz. Qoshiq bilan yeyish mumkin. Muzqaymoq qo’shish ham mumkin.

* Desertni mikroto’lqinli pechda ham pishirish mumkin. Ammo banan terisi biroz qorayadi.

2.Chashkada maffin

Masalliqlar:

  • 3 osh qoshiq un;
  • 1 choy qoshiq eruvchan qahva;
  • 2 osh qoshiq kakao kukuni;
  • 2,5 osh qoshiq shakar;
  • 1/4 choy qoshiq xamir ishiruvchi kukun;
  • 2 osh qoshiq sut;
  • 1 dona tuxum;
  • 2 osh qoshiq o’simlik yog’i;
  • 1/2 choy qoshiq vanilin;
  • Muzqaymoq (ta’bga ko’ra).

Tayyorlash usuli:

  1. Cheti sirli idishda un, qahva, kakao-kukuni, shakar va xamir ishiruvchi kukunni qo’shib yaxshilab aralashtiramiz.
  2. Unga sut, tuxum, yog’ va vanilin qo’shamiz. Bir xil quruq massa hosil bo’lgunicha sanchqida aralashtirishda davom etamiz.
  3. Tayyor aralashmani yog’langan krujkaga solib mikroto’lqinli pechning eng yuqori darajali haroratida 90 soniyaga qo’yamiz.
  4. Sharli vanilinli muzqaymoq bilan dasturxonga tortish mumkin.

3. Bananli-shokoladli pechenye

Masalliqlar:

  • 100 g yumshatilgan sariyog’;
  • 1/2 chashka shakar;
  • 1 chashka shokolad donalari;
  • 1 chashka un;
  • 1 dona tuxum;
  • Yaxshilab ezilib pyure qilingan 1 ta yirik banan;
  • 1/2 choy qoshiq vanilla ekstrakti;
  • 1 choy qoshiq xamir ishiruvchi kukun;
  • 1/4 choy qoshiq tuz;
  • 1/8 choy qoshiq soda.

Tayyorlash usuli:

1.   Erigan sariyog’ni ishgunicha shakar bilan aralashtiramiz.Tuxum, bananli pyure va vanilla ekstraktini qo’shamiz.

2. Un, xamir ishiruvchi kukun, tuz va sodani aralashtiramiz. Suyuq massaga sekin-sekin qo’shib aralashtiramiz.

3. Yog’langan yoki pazandachilik qog’ozi o’ralgan temir tovaga qoshiq bilan qo’yib pechenyelar orasida joy qoldiramiz. (Ular biroz kengayadi)

4. Biroz qizargunicha 180°С darajada pishiramiz. Gaz pechi panjarasida sovutamiz.

4. Shokoladli tort

Masalliqlar:

  • 100 g un ;
  • 100 g shokolad;
  • 100 g shakar;
  • 50 g sariyog’;
  • 3 dona tuxum;
  • 1 choy qoshiq soda;
  • 1 banka «Nutella».

Tayyorlash usuli:

  1. Yog’ va shokoladni eritib aralashtiramiz.
  2. Tuxum va shakarni ko’pirtiramiz
  3. Tuxumli aralashmaga un va go’pchitilgan sodani qo’shamiz. Mikroto’lqinli pechning eng katta darajasida 5 daqiqa pishiramiz. Hosil bo’lgan lochirani 3 ta qilib kesamiz.
  4. Har bir qatlamiga «Nutella» suramiz va tortning ustini ham shokolad pastasi bilan qoplaymiz. Bezak uchun qirg’ichdan o’tkazilgan shokolad sepish mumkin.

Ana shunday sodda va mazali retseptlar shirinliksevarlarga yoqishi tayin! Yoqimli ishtaha!

Xalqaro shokolad kuni munosabati bilan korzinka.uz do’konlarida bir qator shokolad turlari uchun chegirmalar bor. (narxlar 11.07.17 kuni uchun amal qiladi.)