Yozning jazirama kechalarida xushta’m tarvuzdan ham yaxshiroq yegulik bo‘lmasa kerak. Ammo har doim ham ushbu poliz ekinini to‘g‘ri tanlay olamizmi? Korzinka.uz bu borada sizga bir necha foydali tavsiyalarni tayyorlab qo‘ydi!
Teridagi sariq dog‘ tarvuz yerda yotgan taraf hisoblanadi. Maromida yetilgan tarvuzda bu belgi oq emas, balki to‘q sariq rangda bo‘lishi lozim.

Qurib qolgan dumcha tarvuz to‘la yetilganini bildiradi. Agar shu qism yashil va barra bo‘lsa u hali pishmaganidan dalolat.

Unchalik chiroyli bo‘lmagan ushbu malla dog‘lar meva tugunchasini tez-tez changlantirib turganini anglatadi. Changlanish qanchalik ko‘p bo‘lsa, tarvuz shunchalik shirin bo‘ladi.з.

Tarvuzlar ham “o‘g‘il bola” va “qiz bola” kabilarga bo‘linadi. O‘g‘il bola tarvuzlar biroz cho‘zinchoqroq shaklga ega bo‘lib, biroz sersuv. Qiz bolalari esa dumaloq va juda shirin bo‘ladi.

Eng yaxshisi, o‘rtacha kattalikdagi tarvuzni tanlagan ma’qul. Eng mazali tarvuz doimo o‘ z hajmiga nisbatan og‘ir bo‘ladi.

 

Eslatib o‘tamiz, korzinka.uz do‘konlarida siz doimo hamyonbop narxlardagi mazali tarvuzlarni xarid qilishingiz mumkin:
Kichkina tarvuz – 1 990 so‘m (donasi)
Katta tarvuz – 5 990 so‘m (donasi)
Narxlar 29.07.2017gacha amal qiladi.

Agar tarvuz tanlashda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, doimo do‘konlarimiz xodimlariga uni tanlashda yoki kesib ko‘rish bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin.
Dam olish kunlaringiz maroqli o‘tsin!