Chak-chak — bu Hayit ayyomida an’anaviy tarzda dasturxonga qo‘yiladigan yeguliklardan biridir. Ushbu sharqona shirinlikni tayyorlash jarayoni nihoyatda sodda bo‘lib, ko‘p mahsulot talab qilmaydi. Mazali chak-chakni uyda tayyorlash sirlari bilan korzinka.uz tayyorlagan maxsus maqolada batafsil tanishasiz.

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq tuxumi – 6 dona;
  • tuz – ikki chimdim;
  • un – 6 stakan (≈700-800 g);
  • o‘simlik yog‘i – 600-800 ml;
  • asal – 1 stakan (≈300-340 g);
  • shakar – 1 stakan (≈200 g)

Qanday tayyorlaymiz?

Tuxumlarni chaqib tuzlaymiz. Ustiga un sepib xamir qoramiz. Xamir chuchvaraniki kabi zich bo‘lishi lozim. Shundan so‘ng xamir ustiga sochiq yopib, 20 daqiqaga qoldiramiz.
Keyinchalik xamirni qismlarga ajratib ingichka-ingichka qilib cho‘zib, yumalatib chiqamiz. Tasmalar eni 0,5 sm bo‘ladi. Tasmalarni keyinroq kvadrat qilib kesish oson bo‘lishi uchun xamirni 5 daqiqa tin oldirish kerak. Shunda u biroz quruqlashib qo‘lga yopishmaydi.

Tasmalarni kvadrat qilib to‘g‘raymiz yoki uzunroq tasmachala qilib bo‘lib chiqamiz. O‘simlik yog‘ini tovada qizitib olamiz. Yog‘ miqdori xamir bo‘laklari suzib yuradigan darajada bo‘lishi kerak. Kvadratchalarni (tasmachalar) qizarguncha qovurgach tovadan olamiz. Uni yaxshisi ortiqcha yog‘ni simib olishi uchun dastavval qog‘oz sochiqqa qo‘ygan ma’qul.
Endi ustidan quyish uchun qiyom tayyorlashga kirishamiz. Buning uchun asalni shakarga qo‘shib past olovda yarim daqiqa aralashtiramiz. Agar asalli qiyomni haddan tashqari olovda ushlansa, chak-chak qattiq bo‘lib qoladi.

Qizartirilgan asal bilan shakarni qovurilgan xamir bo‘lakchalari ustiga quyamiz. Likopchani suv bilan namlab olish yoki ozgina yog‘ surish lozim (tagiga yopishib qolmasligi uchun). Shirinlikni tog‘ shaklida uyub bosib qo‘yamiz.
Asal singib ketishi uchun tayyor chak-chakni 1 soat muzlatgichga qo‘yamiz. Shundan keyin chak-chakni bo‘laklarga kesib stolga tortish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Mahsulotlarning korzinka.uz do‘konlaridagi narxlari:

Aylantus turi – 24 590 soʻm (kg)
Baland togʻlardan – 31 790 soʻm (kg)
Changlatilgan – 34 990 soʻm (kg)

Shakar – 4 680 soʻm (900 g)
Birinchi navli «Dunyo» tuzi – 890 soʻm (900 g)
IDEAL Sunflower oʻsimlik yogʻi – 10 390 soʻm (1l)
Kelayotgan Ramazon Hayiti muborak!