Avgustning yarmi ham o‘tib bo‘ldi. Tez orada sovuq kunlar kirib keladi. Qishga sabzavotli ikralar yopishning ayni vaqti. Mazali, to‘yimli va foydali uy ikrasi siz va yaqinlaringizga yoqishi tayin. Tayyorlash jarayoni esa u qadar ko‘p vaqt, kuch va qimmat mahsulotlar talab qilmasligi yana bir qulaylikdir.

korzinka.uzning bugungi maqolasida biz sizni eng mashhur va bolaligimizdan sevib iste’mol qiladigan ikralarimizning 3 xil tayyorlash usuli bilan tanishtiramiz. Banka va qopqoqlarni tayyorlang!

Buning ustiga, ayni vaqtda do‘konlarimizda barra sabzavotlar uchun hamyonbop narxlar amal qilib turgan shunday vaqtda!

 

 

Yana-da ko‘proq hamyonbop narxlar va unumli takliflarni bu yerda topasiz.

1-retsept. Baqlajonli ikra.

Kerakli masalliqlar:

· Baqlajon – 600 g

· Pomidor – 600 g

· Qizil Bulg‘or qalampiri – 300 g

·  Sabzi – 200 g

· Dumaloq piyoz – 1 dona

·  O‘simlik yog‘i – 4 osh qoshiq

· Sarimsoq – 1 bosh

· Kashnich – ½ bog‘lam

· Tuyulgan qalampir – ta’bga ko‘ra

· Tuz – ta’bga ko‘ra

Tayyorlash jarayoni:

– Piyozni tozalab yuvib to‘g‘raymiz. Qozonni yaxshilab qizdirib, unga o‘simlik yog‘i solamiz. Yog‘dan tutun ko‘tarila boshlashi bilanoq qozonga piyoz solamiz. Olovni pastlatib piyoz qizg‘ish tusga kirgunicha kuydirib yubormasdan qovuramiz.

– Go‘sht qiymalagichda tozalab yuvilgan sabzini chiqarib piyozga qo‘shamiz. Baqlajonni tozalab go‘sht qiymalagichdan o‘tkazamiz. Uni piyoz va sabzi bilan aralashtiramiz. Bulg‘or qalampirini bandi va urug‘laridan tozalab pomidorlar bilan birga qiymalagichdan chiqaramiz. Shundan so‘ng uning yarmiga tuz sepib, qiymalangan pomidor va bulg‘or qalampirlariga qo‘shib aralashtiramiz.

– Ikra qaynab chiqqach, vaqtini belgilaymiz: 50-60 daqiqadan so‘ng tayyor bo‘ladi. Sarimsoq piyoz va ko‘katlarni mayda qilib to‘g‘rab ikra pishishiga 10 daqiqa qolganida qozonga solamiz. Hammasini qo‘zg‘ab qolgan tuzni ham solamiz. Ikra tayyor bo‘lgach, undan ozgina olib tatib ko‘ramiz. Zarur bo‘lsa, unga yana biroz tuz qo‘shamiz.

– Tayyor taomni issiq holida sterillangan bankalarga solamiz va qopqog‘ini sekingina yopamiz va yopgich bilan aylantiramiz. Ikra bilan to‘lgan bankalarning ustini zichroq narsa bilan yopib sovitishga qo‘yamiz.

2-retsept. Qovoqchali ikra.

Kerakli masalliqlar:

· Qovoqchalar – 600 g

· Pomidor – 600 g

· Sabzi – 1 dona

· Dumaloq piyoz – 2 dona

·  O‘simlik yog‘i – 4 osh qoshiq

· Kashnich – ½ bog‘lam

·  Tuz – ta’bga ko‘ra

· Tuyilgan qalampir – ta’bga ko‘ra

Tayyorlash jarayoni:

·        Qovoqchalarni kichik kubiklar shaklida to‘g‘raymiz. Quruq tovaga solib qopqog‘ini yopamiz va olovni kerakli darajaga qo‘yamiz. Qovoqchalardan suyuqlik chiqishi lozim. Uni dimlab suyuqlik bug‘lanib ketgunicha aralashtiramiz.

·        Piyoz va sabzini kichik kubiklar shaklida to‘g‘raymiz. Ularni qovoqchalar bilan aralashtirib yog‘ solamiz. 20 daqiqa dimlab qo‘yib aralashtiramiz.

· Pomidorlarni qaynagan suv bilan yuvib terisidan tozalaymiz. Mayda qilib to‘g‘rab sabzavotlarga qo‘shamiz. Tuz va qalampir bilan aralashtirib 15 daqiqa dimlaymiz. Oxirida unga to‘g‘ralgan kashnich qo‘shamiz.

· Tayyor taomni issiq holida sterillangan bankalarga solamiz va qopqog‘ini sekingina yopamiz va yopgich bilan aylantiramiz. Ikra bilan to‘lgan bankalarning ustini zichroq narsa bilan yopib sovitishga qo‘yamiz.

3-retsept. Lavlagili ikra.

Kerakli masalliqlar:

· Lavlagi – 1 kg

· Sabzi – 200 g

· Dumaloq piyoz – 1-2 dona

· O‘simlik yog‘i – 4 osh qoshiq

· Sarimsoq – 1 bosh

· Tuz –ta’bga ko‘ra

· Tuyilgan qalampir – ta’bga ko‘ra

Tayyorlash usuli:

· Lavlagilarni yuvib idishga solamiz va ustiga sovuq suv solamiz. Olov yoqib qaynatamiz. Lavlagilarni yarim tayyor holatigacha 30 daqiqa qaynatamiz. Lavlagini sovutib tozalaymiz va yirik tishli qirg‘ichdan o‘tkamiz.

·        Sabzini tozalab yuvamiz va yirik tishli qirg‘ichdan o‘tkazamiz. Tovani qizdirib 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i solamiz. 2-3 daqiqa aralashtirib past olovda qovuramiz. Keyin tayyor lavlagini qo‘shamiz. Sabzavotlarni 40 daqiqa pastroq olovda aralashtirib dimlaymiz.

·        Piyoz va sarimsoqni tozalab mayda to‘g‘raymiz. Boshqa bir tovani qizdirib 1-2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i qo‘shamiz. Qizib turgan yog‘ga piyoz solib o‘rtacha olovda qovuramiz va 2-3 daqiqa aralashtiramiz. Ikrani tuzlab qalampir qo‘shamiz. Maydalab to‘g‘ralgan piyoz va sarimsoqni olib yaxshilab aralashtiramiz.

· Tayyor taomni issiq holida sterillangan bankalarga solamiz va qopqog‘ini sekingina yopamiz va yopgich bilan aylantiramiz. Ikra bilan to‘lgan bankalarning ustini zichroq narsa bilan yopib sovitishga qo‘yamiz.

Yana-da ko‘proq mazali retsept va ovqatga taalluqli qiziqarli dalillarni bu yerda topasiz.