Hech shubhasiz, palov o‘zbek milliy oshxonasining shoh taomi sanaladi. O‘zbekistonda palovga nafaqat taom, balki butun umr o‘rganishga arziydigan san’at sifatida qaraladi. Ramazon Hayiti arafasida korzinka.uz sizga hamma uchun birdek sevimli ushbu taom haqida qiziqarli dalillar jamlangan maqolani taqdim etadi.

 

  • Palovning juda ko‘plab turlari mavjud. Birgina O‘zbekistonning o‘zida 200 dan ortiq turi va retsepti bor. Mashhur turk naqlida aytilganidek: “musulmon olamida nechta shahar bo‘lsa, palovning ham shuncha turi bor”
  • Ispaniyadan Hindistongacha bo‘lgan masofada palovning nomlari o‘zgarib boradi. Masalan, Ispaniyada palovning paelya nomli turi bo‘lib, milliy oshxonaning asosiy taomi sanaladi. Paelya tarkibida dengiz mahsulotlarining ishlatilishi Osiyo palovidan ajratib turadigan asosiy xususiyatidir.

Paelya – palovning ispancha turi 

  • Iroq rahbarlari palovni Makdonald’sda ham tayyorlashni taklif qilishdi. Endi uni Amerika fastfud restoranlari tarmog‘ida ham uchratish mumkin. Buning asosiy sababi, Osiyo aholisining konservativ qismi g‘arb yaratgan fastfudlarni tan olmasligidadir.

  • Qadim zamonlarda palovni qo‘y terisida tayyorlashgan. Katta chuqurdagi qizib turgan ko‘mirga qalin terini to‘shab, unga palovni o‘rashgan hamda ustidan ko‘mir sepib qo‘yishgan. Shu tarzda ichkaridagi harorat bir tekisda taqsimlangan.
  • Palovning yoshi nechada? Tarkibida asosiy masallig‘i guruch sanalgan taom X–XI asrda ma’lum bo‘lgan. Aynan o‘sha davrlardagi afsonalarda to‘y-hashamlar hamda bayramlarda palov asosiy taom tarzida dasturxonga tortilgani yozib qoldirilgan.

  • Amir Temur askarlarining taomnomasiga palovni asosiy taom sifatida kiritgani ma’lum. Kunlardan bir kun buyuk sarkarda Anqara safariga otlana turib ko‘p ming sonli askarlar, uzoq yo‘l, tezlik va kutilmagan hujum kabi mashaqqatlarni ortiqcha yeguliklarsiz qanday qilib yengib o‘tish mumkinligi haqidagi savol bilan murojaat qiladi. Shunda dono Mulla mazali, to‘yimli va oziqlantiruvchi taom haqida gapirib qoladi. Uning bir kosasidan askarlar bir necha kunlik ulkan kuch olib janglarda g‘alabaga erishadi. Shundan buyon palov Amir Temur harbiylarining sevimli taomi, shu bilan birga qator g‘alabalarining sababchisiga aylandi, deyish mumkin.
  • Ayrim manbalarda esa, palovni ilk marta Iskandar Zulqarnayn armiyasi iste’mol qilgani haqida yozilgan.

Palov masalliqlarining korzinka.uz do’konlaridagi narxi (24.06.2017 kunida)

Sariq sabzi – 3 290 so’m (1 kg)

Piyoz – 3 290 so’m (1 kg)

IDEAL Sunflower o‘simlik yog‘i – 10 390 (1l)

“Dunyo” osh tuzi – 890 so’m (900 g)

Palov uchun to‘plam (to‘g‘ralgan sabzi+to‘g‘ralgan piyoz+no‘xot+zira) – 6 890 so’m (1 kg)

Yaqinlashib kelayotgan ayyom muborak!