Kuzning so’nggi oyi — noyabr yaqinlashib kelmoqda, bu esa ushbu sahovatli fasldan lazzatlanib qolishga ulgurish kerakligini anglatadi. Yilning ayni mavsumi ramzi sanalgan qovoqdan sarxil taomlar tayyorlashni taklif etamiz. Quyida istalgan ta’bga mos keluvchi sodda va tez tayyorlanuvchi retseptlarni e’tiboringizga havola qilamiz!
Ta’kidlash kerakki, do’konlarimizda ushbu mahsulotlar uchun hamyonbop narxlar amal qilmoqda!
Mahsulotlarning korzinka.uz supermarketlaridagi narxlari:
Olma – 5 390 so’mdan (1 kg)
Yapon qovog’i – 1 290 so’m (1 kg)
Oddiy, tozalangan yong’oq – 8 640 so’m (100g)
Maydalangan dolchin – 790 so’m (10 g)
Vanilin – 990 so’mdan
Manniy yormasi – 4 590 so’mdan (900 g)
Bug’doy yormasi- 2 990 so’m (900 g)
Tovuq tuxumi – 1 290 so’m (1 donasi)
Tvorog – 3 890 so’mdan (200 g)
Smetana – 2 990 so’m (250 ml)
Asal – 21 290 so’mdan (500 g)
Narxlar 28.10.17 kuni amal qiladi.
1-retsept. Olma qo’shib pishirilgan qovoq
MASALLIQLAR
OLMA – 3 dona
QOVOQ – 1 tilim
ODDIY YONG’OQ – 30 g
ZAYTUN YOG’I – 1 choy qoshiq
MAYDALANGAN DOLCHIN – chimdim
ASAL – ta’bga ko’ra
TAYYORLASH USULI
1. Qovoqni ingichka qilib tilimlaymiz.
2. Olmani o’rta qismidagi ortiqcha narsalaridan tozalab qovoqdan ham ingichkaroq qilib to’g’raymiz.
3. Yong’oqni maydalaymiz.
4. Pishirish uchun folgani olamiz. Listning yarmini yog’laymiz va qovoqni qo’yamiz, ustidan olma hamda yong’oqni teramiz. Dolchin sepamiz. Listning ikkinchisi bilan yopib folga chetlarini burab qo’yamiz.
5. Oldindan qizdirib qo’yilgan gaz pechida (180 daraja yoki katta olovda) qovoq yumshaguncha 20 daqiqa pishiramiz.
6. Dasturxonga tortishdan avval asal quyiladi.
2-retsept. Dolchin va limon po’sti qo’shib pishirilgan pishiriq
MASALLIQLAR
SHAKAR – 1 stakan
TOVUQ TUXUMI – 4 dona
O’SIMLIK YOG’I – 2 osh qoshiq
MANNIY YORMASI – 1,5 stakan
BUG’DOY UNI – 5 osh qoshiq
QOVOQ – 750 g
TUZ – ta’bga ko’ra
VANILIN – ½ choy qoshiq
SODA – 1 choy qoshiq
MAYDALANGAN DOLCHIN – ½ choy qoshiq
LIMON PO’STI – 1 choy qoshiq
TAYYORLASH USULI
1. Tuxum oqini 0,5 stakan shakar va bir chimdim tuz bilan ko’pirtiramiz.
2. Tuxum sarig’ini qolgan shakar bilan ko’pirtiramiz.
3. Tuxum sari’gini qolgan quruq masalliqlar, qirg’ichdan chiqarilgan qovoq va sirka bilan o’ldirilgan choy qoshiqdagi soda bilan aralashtiramiz.
4. Ko’pirtirilgan tuxum oqini boshqa masalliqlar bilan aralashtiramiz.
5. 180 darajada 30-40 daqiqa pishiramiz.
3-retsept. Qovoqli, xamirsiz chizkeyk.
MASALLIQLAR
QOVOQ – 300 g
TVOROG – 400 g
SHAKAR – 100 g
SMETANA- 150 g
TOVUQ TUXUMI – 3 dona
BUG’DOY UNI – 4 osh qoshiq
TUZ – 1 choy qoshiq
TAYYORLASH USULI
1. Qovoqni tvorog bilan birgalikda ezamiz. Shakar, tuz va qolgan mahsulotlarni qo’shib yaxshilab aralashtiramiz.
2. 180 darajagacha qizdirilgan gaz pechiga qo’yib 1 soat pishiramiz.