Sho’rva yoki sevimli salatlarimizni ko’katlarsiz tasavvur qilish mushkul. Ko’kat taom ta’mini yaxshilabgina qolmasdan, darmondori hamda minerallarning makoni sanaladi. O’rtacha bog’lamdagi ko’katda insonning to’liq oziqlanishi uchun zarur bo’ladigan barcha foydali qo’shimchalar mavjuddir. Ma’lumki, ko’kat mahsulotlarining (ko’kat va bargli sabzavotlar) 440 gramida kunlik me’yordan ortiq oqsillar mavjud.

korzinka.uzda ko’katni yil bo’yi xarid qilishingiz mumkin. Bugun biz ularning ichida eng mashhur sanalgan 13 ta turining inson salomatligi uchun foydali jihatlarini qarab chiqamiz. Ko’katlar bo’yicha savollarimizga javob olishda tarmog’imiz asos solinganidan buyon o’tgan vaqt davomida ushbu mahsulotni yetkazib berish bilan shug’ullanayotgan oilaning vakili, ta’minotchimiz bizga yaqindan ko’mak berdi. Keling, maqolaga o’taqolaylik.

1.Shovul

Hazm jarayonini yaxshilaydi; darmondorili, davolovchi o’simlik sanaladi. Shovulning barra barglarida karotin, askorbin kislotasi, B guruhiga kiruvchi darmondorilar, kaliy, kalsiy va magniy bor.

korzinka.uzdagi narxi – 390 so’m (bog’lami)

2. Shivit (ukrop)

Shivit ishtaha ochib, taom ta’mi va tashqi ko’rinishini yaxshilaydi. U organizmning tuzlar bilan haddan ziyod to’yinishiga yo’l qo’ymaydi. Buyrak, qovuq yalliqlanishi, bosh og’rig’i hamda uyqusizlikka qarshi samarali vosita sanaladi. Shivit yaproqlaridan qaynatma tayyorlab toliqqan ko’zlarga malham qilib qo’yish mumkin.

korzinka.uzdagi narxi – 490 so’m (bog’lami)

3. Kinza

Kinza mikroelementlar va darmondorilarga boy. Kinzaning quruq maydalangan yoki butun urug’larini koriandr, deb atashadi. Ularda sitrus mevalar va arpabodiyonning o’tkir hidini his etish mumkin. Koriandr yog’i og’ir va kraxmalli taomlarni hazm qilishda yordam beradi.

korzinka.uzdagi narxi – 490 so’m (bog’lami)

4. Seldr

Seldrni ko’pincha yoshlik eliksiri, deb atashadi. Chunki u qarish jarayonini sekinlashtiradi. Shuningdek, ta’kidlash kerakki, barra ildizli seldrni qirg’ichdan o’tkazilgan olma bilan muntazam iste’mol qilish erkaklar salomatligini yaxshilaydi.

korzinka.uzdagi narxi – 490 so’m (bog’lami)

5. Petrushka

Ko’katlar ichida eng mashhurlaridan biri. Tarkibidagi C darmondorisining miqdori bilan u limonga, karotin moddasi bilan esa sabziga munosib raqobat tug’dira oladi. Organizmda magniy, temir, ruh, fosfor va kalsiy yetishmaganida petrushkadagi ko’plab mikroelementlar yordamga keladi. Shuningdek, ushbu ko’kat ko’z ravshanligi hamda gemoglobin miqdorining ortishiga xizmat qiladi.

korzinka.uzdagi narxi – 490 so’m (bog’lami)

6. Jusay

Jusayning ovqatda iste’mol qilishga mo’ljallangan barglari va to’pgulida C darmondorisi borligi sababli ushbu o’simlik to’qimalar, tog’aylar, endokrin va qon tizimlariga foydali sanaladi. Jusayni shamollash, yurak kasalliklari, bronxit, pnevmoniya, sil kasalliklarida iste’mol qilish lozim. Jusay barglari sharbati gazandadan qolgan kuyishda va hasharot chaqqanida yordam beradi. Sharq tabobatida o’simlikdan nevrasteniye, ozib ketish va gastritda qo’llaniladi.

korzinka.uzdagi narxi – 490 so’m (bog’lami)

7. Rayhon

Temir, kalsiy va A, PP, K darmondorilarining tashuvchisi sanaladi. Ishtaha ochadi va hazm jarayonini yaxshilaydi. Yoqimli ta’mli va xushbo’y tabiiy o’simlikdir.

korzinka.uzdagi narxi – 490 so’m (bog’lami)

8. Yalpiz

Organizmni tinchlantiradi. Asab buzilishining oldini oladi. O’simlik tarkibida qimmatbaho efir moyi mavjud. Yalpiz yallig’lanishga, og’riqqa qarshi xususiyatga ega. U hazm qilish jarayoniga ijobiy ta’sir etadi: zardani bartaraf etib ishtahani ochadi.

korzinka.uzdagi narxi – 690 so’m (bog’lami)

9. Rozmarin

Rozmarinni taomga qo’shish hazm qilish tizimi va oshqozon suyuqligi sekretsiyasi oshishiga yordam beradi. Tibbiyotda rozmarin qon bosimini oshirish, yurak yetishmovchiligi, asabiylik hamda stressni bartaraf qilishda qo’l keladi. Rozmarin shamollash kasalliklarida ham bebaho doridir. Uning uchuvchan qo’shimchalari atrofni havoda kasallik tarqatuvchi mikroblardan tozalashga ko’maklashadi.

korzinka.uzdagi narxi – 790 so’m (bog’lami)

10. Yashil piyoz

Tabiiy darmondorilar makoni hamda shamollash va gripp kabi kasalliklarga qarshi kurashishda yaqin ko’makchi sanaladi. Yashil piyoz organizmga kuzgi tushkunlik va avitaminozni yengib o’tishga yordam beradi. Tarkibidagi katta miqdordagi fosfor va kalsiy moddasi tufayli yashil piyoz tishlarning holati hamda mustahkamligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Yashil piyoz yuragida muammosi bor insonlarga qat’iy tavsiya etiladi. Chunki unda yurak mushaklari va tomirlar devorlarini mustahkamlovchi qo’shimchalar mavjud.

korzinka.uzdagi narxi – 990 so’m (bog’lami)

11. Ismaloq

Ismaloq kuch va immunitet manbaidir. U foydali elementlarning makoni sanaladi. Oqsillar, aminokislotalar, efir moylari, C va E guruhi darmondorilari, karotin moddalariga ega. Barra ismaloqni salat, sho’rvalarga solish, qaynatma shaklida ichish bosh og’rig’i, charchoqni chiqarish, asabiylikni bartaraf qilish, ichaklar, suyak to’qimalarini tiklash hamda shakar va qon darajasini me’yorlashtirishga yordam beradi. Shu bilan birga, ismaloq organizmdagi qoldiqlarni chiqarib, yuz va badan terisini tozalashga xizmat qiladi.

korzinka.uzdagi narxi – 990 so’m (bog’lami)

12. Rukkola

Tarkibidagi efir moylari, C va B9 darmondorilari guruhi tufayli ushbu ko’kat immunitetni oshirib teri qarishining oldini oladi. Ko’plab dorilarning o’rnini bosa oladigan xususiyatlarga ega rukkolada yod, kaliy, magniy va temir borligi uchun istalgan shamollash turida, tushkunlik, qon gemoglobini kamayishining oldini olishda, tirnoq hamda sochlarni mustahkamlashda ishlatish mumkin. Rukkola parhezbop qo’shimcha ham sanaladi. Undagi moddalar organizmdagi jarayonlarni tiklab ortiqcha suyuqlikni chiqaradi.

korzinka.uzdagi narxi – 990 so’m (bog’lami)

13. Salat barglari

Salat barglarida magniy tuzi, temir, kaliy va kalsiy, uglevod hamda oqsillar bor. Parhez uchun salat barglari juda maqbul tanlov. Ular organizmdagi keraksiz toksinlarni haydashda qo’l keladi.

korzinka.uzdagi narxi – 990 so’m (bog’lami)

Maqolada keltirilgan narxlar u chiqqan kun uchun (04.09.17) amal qiladi hamda o’zgarib turishi mumkin.

Maqoladagi ko’katlarning ayrim turlari ba’zi do’konlarimizda bo’lmasligi mumkin