AKSIYANING O‘TKAZILISH MEXANIZMI:

Xaridor muddati o‘tgan tovarga duch kelgan taqdirda do‘kon ma’muriyatiga xabar berishi lozim. Ma’muriyat vakili (do‘kon mudiri yoki uning o‘rinbosari) xaridor guvohligida uning ism-sharifi, muddati o‘tgan tovarga tegishli ma’lumotlar va xarid sanasini qayd etgan holda ariza to‘ldiradi. Muddati o‘tgan tovar peshtaxtalardan olib tashlanadi.
Muddati o‘tgan tovar o‘rniga huddi shu mahsulotning 1 (bir) dona muddati o‘tmagan, sifatlisi xaridorga bepul taqdim etiladi. Agar mahsulot o’lchanadigan bo’lsa, unga aksiyaga ko’ra o’sha mahsulotdan 1 (bir) kg beriladi. Mazkur qoida ma’muriyatga bir vaqtning o‘zida bir nechta xaridor huddi shunday muddati o‘tgan tovar bo‘yicha murojaat qilganda ham amal qiladi. Yaroqlik muddati o’tgan holatda aniqlangan mahsulot sonidan qat’iy nazar xaridorga o’sha mahsulotdan yana 1 (bir) dona yoki 1 (bir) kg beriladi.
Tovarning huddi shu turi bo‘lmagan taqdirda xaridor boshqa savdo belgisining aynan shu narxdagi mahsulotini tanlab olishga haqli. Aksiya doirasida ko‘rilgan zararni pul bilan qoplash yoki uning so‘mmasiga mahsulotning bir nechtasini sotib olish mumkin emas.