AKSIYANING O‘TKAZILISH MEXANIZMI:

AKSIYANING ISHLASH MEXANIZMI:
Narxnoma va kassada mahsulot narxidagi nomutanosiblikni aniqlagach, Xaridor do’kon Ma’muriyatini (do’kon menejeri yoki supervayzerni) ogohlantirishi lozim.
Do’kon vakili bilan birga Xaridor mahsulot turgan peshtaxta yoniga keladi, taqqoslash uchun chekni ko’rsatadi.
Xarid vaqtida nomutanosiblik tasdiqlansa, Ma’muriyat vakili Xaridor ismi, mahsulot nomi va xarid sanasini ko’rsatib Ariza to’ldiradi.
Zararni qoplash uchun Xaridorga o’sha mahsulotdan yana 1 (bir) dona beriladi. Agar mahsulot o’lchanadigan bo’lsa, unga aksiyaga ko’ra o’sha mahsulotdan 1 (bir) kg beriladi. Narxlari nomuvofiq bo’lib aniqlangan mahsulotlar sonidan qat’iy nazar xaridorga o’sha mahsulotdan yana 1 (bir) dona yoki 1 (bir) kg beriladi.   Mazkur qoida bir vaqtning o’zida bir nechta xaridor ayni turda murojaat qilganida ham amal qiladi.

Aksiyadagi mahsulot bo’lmasa, Xaridor huddi shu narxdagi boshqa bir savdo belgisi mahsulotini tanlashga haqli. Aksiya doirasida pul bilan qoplanishi yoki shu mablag’ga boshqa mahsulotdan bir nechta olish mumkin emas.