Boshqa doʻkon formatlari:
korzinka.uz Diskont doʻkonlari
Yetakchilik maqomi hamma narsada birinchi boʻlishni talab etadi! korzinka.uz Oʻzbekistondagi mahalliy riteylerlar orasida korzinka.uz DISKONT – ulgurji savdo doʻkonlariga asos solgan ilk tarmoq sanaladi. Aksariyat tovarlar kategoriyasi uchun belgilangan oʻrtacha bozor taklifidan ham pastroq narxlar ushbu formatdagi doʻkonlarning eng asosiy oʻziga xos jihatidir. Tovarlarni yuklashga moslashtirilgan qulay panduslar, savdo zalidagi hudud oʻlchami, mahsulotlarning joylashtirilishi – doʻkonning koʻproq kichik turdagi ulgurji xaridorlar uchun moʻljallanganidan dalolat beradi.
Ammo, narx borasidagi qulay takliflar tufayli oddiy xaridorlar ham ushbu shakldagi supermarketlarimiz xizmatidan bajonidil foydalanishmoqda. Shu bilan birgalikda, DISKONT doʻkonlari xizmat sifati jihatidan korzinka.uz tarmogʻining boshqa doʻkonlaridan hech bir jihati bilan farq qilmaydi. Ilgʻorlikka intilish va har bir oilaning yaqin yordamchisiga aylanish – kompaniyamizning birlamchi maqsadlaridan sanaladi. korzinka.uz jamoasi – bu yakdil hamkasblar va yuqori malakali mutaxassislar demakdir!
Smart – uy yaqinidagi doʻkonlar
Smart – yaqin atrofda istiqomat qiluvchi aholining amaldagi ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan uy oldidagi doʻkon hisoblanadi. Doʻkonning maqsadi va vazifasi – har qanday holatda ham mehmonlarimizning ogʻirini yengil qilishdir. Frenchayzilarimizdan boshlab doʻkon mudirlargacha, ombor mudirlaridan sotuvchi-maslahatchilargacha, kunlik taʻminlovchilardan tortib novvoylarimizgacha – barcha-barchamizning yagona maqsadimiz – tashrif buyuruvchilarning ehtiyojlarini oʻzimizning doʻstona xizmatimiz va ommabop fud-kassalarimiz bilan tez va qulay shaklda qondirishdir.
Xayriya
2008-yildan buyon korzinka.uz supermarketlarida Xayriya qutilarini o’rnatish yaxshi an’anaga aylangan. Xohlovchilar o’zlari istagan miqdordagi mablag’ni xayriya tariqasida taqdim etishlari mumkin.
Ana shunday qutilar sharofati bilan 12 yil ichida sezilarli miqdordagi mablag’lar yig’ishga erishildi. Xayriya pullari aholining muhtoj qatlamining ehtiyojlari yo’lida sarflandi. Mablag’lar hamon yig’ilishda davom etmoqda. Har soniyada ezgu amalga atalgan mablag’lar miqdori ko’payib bormoqda. Bu esa bir necha insonlarning hayotini saqlab qolishga sabab bo’lmoqda!
Ulashayotgan mehr-oqibatlari uchun har bir xaridorimizga chuqur minnatdorchilik izhor etamiz!
Hatto eng oz miqdordagi pul ham kimningdir hayotini saqlab qolishi mumkin.
Batafsil