1. Sovg‘a kartasi – karta egasining Korzinka va Smart supermarketlar tarmog‘ida sovg‘a kartasining nominal qiymatiga teng miqdorda mahsulotlar xarid qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat. Sovg‘a kartasi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD» MChJ XK mulki hisoblanadi.

 2. Sovg‘a kartasi karta egasinikidir (u shaxsiylashtirilgan emas). Sovg‘a kartasini taqdim etgan har qanday shaxs undan Korzinka supermarketlar tarmog‘ida tovarlar xarid qilish uchun foydalanishi mumkin.

3. Sovg‘a kartasi egasi/taqdim etuvchi shaxs tomonidan yo‘qolgan, shu jumladan o‘g‘irlangan taqdirda, sovg‘a kartasini qayta tiklanmaydi, kartada qolgan mablag‘lar qaytarilmaydi. Shikastlangan sovg‘a kartalari yoki Korzinka supermarketlar tarmog‘ida haqiqiyligiga shubha tug‘ilgan taqdirda, karta orqali tovarlar xaridi amalga oshirilmaydi.

4. Sovg‘a kartasining nominal qiymati – sovg‘a kartasida ko‘rsatilgan miqdor. Karta egasi Korzinka supermarketlar tarmog‘ida shu summaga teng miqdorda mahsulotlarni xarid qilish huquqiga ega.

5. Taqdim etuvchi – jismoniy shaxs, “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD” MChJ XKdan sovg‘a kartasini olishi natijasida sovg‘a kartasiga qonuniy egalik qiluvchi va uni tasarruf etuvchi hisoblanadi. Kartadan shaxsiy, oilaviy va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda tovarlarni Korzinka supermarketlar tarmog‘ida sovg‘a kartasi balansida belgilangan va uning nominal qiymatidan oshmagan miqdorda chakana birlikda sotib olish huquqiga ega.

6. Taqdim etish muddati (yaroqlilik muddati) davomida Sovg‘a kartasi to‘lov uchun ko‘p marta, ya’ni sovg‘a kartasining balansi (ya’ni sovg‘a kartasining nominal qiymati) tugamaguncha taqdim etilishi mumkin.

7. Sovg‘a kartasi faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan Korzinka va Smart supermarketlari tarmog‘ida qo‘llaniladi, quyidagi holatlar bundan mustasno: Shahrisabz va Nukus shaharlarida joylashgan Korzinka Diskont supermarketlari franshiza asosida faoliyat yuritayotganligi sababli, ular Korzinka va Smart supermarketlar tarmog‘iga kiritilmagan. Faqatgina Shahrisabz yoki Nukus shaharlarida foydalanish uchun taqdim etilgan sovg‘a kartasi, u taqdim etilgan shahardagi Korzinka Diskont supermarketidagina amal qiladi.

8. Sovg‘a kartasini taqdim etish (yaroqlilik muddati) muddati – 28.02.2023-yilning oxirigacha belgilangan bo‘lib, bu muddat davomida karta egasi Korzinka supermarketlar tarmog‘ida sovg‘a kartasi balansiga teng miqdorda mahsulotlar xarid qilish huquqiga ega.

9. Sovg‘a kartasi hech qanday holatda naqd pulga almashtirib berilmaydi, sovg‘a kartasining qoldig‘i esa to‘ldirilmaydi va hech qanday holatda uni egasiga naqd yoki boshqa shaklda to‘lab berilmaydi.

10. Sovg‘a kartasining nominal qiymatini o‘zgartirish va/yoki amal qilish muddatini uzaytirish maqsadida bir yoki bir nechta sovg‘a kartalarini boshqa sovg‘a kartalariga almashtirish amalga oshirilmaydi.

11. Bitta sovg‘a kartasi balansidagi mablag‘lardan foydalanishning oylik chegarasi 10 000 000 so‘mdan oshmasligi kerak.

12. Taqdim etish uchun muddati o‘tgan va/yoki to‘liq foydalanilmagan sovg‘a kartalarini qaytarish va/yoki almashtirish mumkin emas, ularning qiymati (shu jumladan, kartalarda qolgan mablag‘lar) uchun to‘lov kompensatsiyasi amalga oshirilmaydi.

13. Har bir xariddan so‘ng, sovg‘a kartasining qoldiq balansi tovarlarni tekshirish punktida ko‘rsatiladi. Shuningdek, siz Sovg‘a kartasi egasining amal qilish muddati va balansini Korzinkaning yagona aloqa markaziga quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qilish orqali billib olishingiz mumkin:  +998781401414.

14. Sovg‘a kartasi orqali xarid qilingan mahsulotlar qaytarib olinmaydi, lekin boshqa mahsulotlarga almashtirib berilishi mumkin. Sovg‘a kartasi bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday nizolar, bahs yoki kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.