Bizning bir necha supermarketlarimizda Respublika onkologik markazi Bolalar bo‘limi uchun kitoblar to‘plash jarayoni ketmoqda. Ushbu loyihani biz xalq deputati Feruza Frans tashabbusi ila tashkil etilgan «Inson qadri» harakati hamda O‘zbekiston tibbiyot talabalari assotsiatsiyasi (UzMSA) bilan hamkorlikda boshladik.

Mazkur loyiha 15-fevral – Butunjahon saraton bilan kurashayotgan bolalar kuniga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu xastalik to‘g‘risida imkon qadar ko‘proq insonlarni xabardor qilish va bemor bolajonlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Siz 15-fevralgacha bolalar adabiyoti hisoblangan kitoblaringizni quyidagi manzillarimizga yetkazishingiz mumkin: 

📍 Korzinka Depo

📍 Korzinka Salom

📍 Korzinka Sayram

📍 Korzinka Qo‘yliq

Kitoblar orasiga bolajonlarni qo‘llab-quvvatlash mazmunidagi ezgu tilaklaringizni, samimiy niyatlaringiz yozilgan xatlaringizni qoldirishingiz mumkin. Har bir kitob sizning mehringizni yetkazadi va umid baxsh etadi 😊