🗓 Azizlar, 2021-yil 1-martigacha hisobingizga o‘tkazilgan, lekin ishlatmagan bonuslaringiz bo‘lsa, ulardan foydalanib qolishni tavsiya etamiz. 1 yil davomida ishlatilmagan bonuslar 2022-yil 1-martdan boshlab yonib ketishini eslatib o‘tamiz. Shu muddatdan boshlab, Korzinka karta tizimidagi bonuslarning yaroqlilik muddati 1 yil hisoblanadi.

Bonuslaringizning yaqinlashayotgan o‘chib ketishi sanasi va ularning miqdorini:

▫️ korzinkaGO mobil ilovasidagi «Bonuslar» bo‘limidan;

▫️ bonuslar hisobingizga yozilganda / hisobingizdan yechilganda t.me/
korzinka_uzbot dan push xabar kelganda;

▫️ t.me/korzinka_uzbot da bonuslar balansi so‘rovida; 

▫️ chekdagi Korzinka karta dasturi to‘g‘risidagi ma’lumotlar blokidan bilib olishingiz mumkin.

Bonuslar haqida batafsil ma’lumot Korzinka karta dasturi qoidalari bo‘limida joylangan.