Aksiya faqatgina «Korzinka» supermarketlar tarmog‘ida o‘tkaziladi. Aksiya 01.12.2021-yildan 31.01.2022-yilgacha o‘tkaziladi. Aksiya doirasidagi tovarlar miqdori cheklangan.

Aksiyani o‘tkazish tartibi:

  1. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan «Korzinka», Smart yoki Diskont Oloy supermarketlarida chekdagi har 100 ming so‘mlik xarid uchun 1 dona fishkani qo‘lga kiriting. Viloyatlardagi supermarketlarda esa chekdagi har 70 ming so‘m uchun 1 dona fishkaga ega bo‘ling.
  2. Qo‘shimcha fishka (chekdagi jami fishkalarga +1) «Красный Октябрь» SBdan istalgan mahsulot xarid qilinganida taqdim etiladi.
  3. Qo‘shimcha fishka (chekdagi jami fishkalarga +1) korzinkaGO mobil ilovasi orqali virtual bukletda fishkalar to‘planganda taqdim etiladi.
  4. 5 fishkani to‘plang va ularni aksiya bukletiga yopishtiring.
  5. Kitobni chegirma bilan bor-yo‘g‘i 39 990 so‘m* evaziga xarid qiling.

* Kitobning o‘z narxi – 119 990 so‘m

 

«KORZINKA» SUPERMARKETLAR TARMOG‘IDA QO‘SHIMCHA VOQELIKKA EGA «QOR QIROLICHASI» KITOBI REKLAMA AKSIYASINI O‘TKAZISH TARTIB-QOIDALARI

 

  1. Umumiy qoidalar

1.1. Qo‘shimcha voqelikka ega «Qor Qirolichasi» kitobi reklama aksiyasi (keyingi o‘rinlarda – Aksiya) O‘zbekiston Respublikasi hududida «Korzinka» supermarketlar tarmog‘ida o‘tkaziladi. Aksiya tashkilotchisi «Anglesey Food» MChJ XK hisoblanadi.

1.2. korzinka.uz/snowqueen manzilida (haqiqiy Qoidalar matnida keyingi o‘rinlarda – Aksiya sayti) joylashgan Aksiya sayti orqali Ishtirokchi Aksiya muddati davomida Aksiya to‘g‘risidagi ma’lumot va qoidalar bilan tanishishi mumkin.

1.3. Aksiya 2021-yilning 1-dekabridan 2022-yilning 31-yanvariga qadar bo‘lgan davrda o‘tkaziladi.

1.4. Aksiyada ishtirok etish Ishtirokchining haqiqiy Qoidalarga butunlay rozi ekanligini anglatadi.

  1. AKSIYADA ISHTIROK ETISH VA UNI O‘TKAZISH TARTIBI

2.1 Aksiyada ishtirok etish va tarmoq supermarketlarining barchasida xarid amalga oshirilganida aksiyani o‘tkazish tartibi:

2.2. Aksiyada ishtirok etish uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan «Korzinka», Smart va Diskont Oloy supermarketlarida bir chekda 100 000 (yuz ming) so‘mdan kam bo‘lmagan summaga xaridni amalga oshirish va aksiya fishkasini qo‘lga kiritish zarur. Xaridorga aksiya bukleti ham qo‘shib beriladi.

2.3. Aksiyada ishtirok etish uchun viloyatlardagi supermarketlarimizda bir chekda 70 000 (yetmish ming) so‘mdan kam bo‘lmagan summaga xaridni amalga oshirish va aksiya fishkasini qo‘lga kiritish zarur. Xaridorga aksiya bukleti ham qo‘shib beriladi.

2.4. Qo‘shimcha aksiya fishkalari (chekdagi jami fishkalar soniga +1) korzinkaGO mobil ilovasi orqali sodiqlik kartasidan foydalanilgan taqdirda taqdim etiladi. Fishkalarni qo‘lga kiritish shartlari 2.1 va 2.2 bandlarida ko‘rsatilganidek qolaveradi. Yangilangan (eng so‘nggi) talqindagi korzinkaGO mobil ilovasidan foydalanilganda Ishtirokchiga virtual fishkalar yoziladi. Ilova so‘nggi talqingacha (iOS 2.1.9, Android 2.0.28) yangilangan bo‘lishi zarur.

2.5. Bukletga yopishtirilgan har 5 jismoniy aksiya fishkasi uchun Ishtirokchi qo‘shimcha voqelikka ega «Qor Qirolichasi» kitobiga chegirmani qo‘lga kiritadi.

2.6. Mobil ilovadan foydalangan Ishtirokchiga har 5 virtual aksiya fishkasi uchun bir martalik chegirma QR-kodi jo‘natiladi. U virtual buklet deb ham ataladi.

2.7. Jismoniy fishkalarni virtual fishkalar bilan qo‘shib ishlatib bo‘lmaydi. Aniqroq aytilganda, Aksiya Ishtirokchisi fishkalarni faqat bukletda yoki faqat korzinkaGO mobil ilovasida to‘plab borishi mumkin.

2.8. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan «Korzinka», Smart va Diskont Oloy supermarketlarida 500 000 (besh yuz ming) so‘mga xaridni amalga oshirgan Aksiya Ishtirokchisi kassada 5 jismoniy aksiya fishkasi va aksiya bukletini qo‘lga kiritadi, so‘ngra aksiya doirasidagi bir dona kitob xaridi chegirma bilan amalga oshiriladi.

2.9. Viloyatlardagi supermarketlarimizda 350 000 (uch yuz ellik ming) so‘mga xaridni amalga oshirgan Aksiya Ishtirokchisi kassada 5 jismoniy aksiya fishkasi va aksiya bukletini qo‘lga kiritadi, so‘ngra aksiya doirasidagi bir dona kitob xaridi chegirma bilan amalga oshiriladi.

2.10. Aksiya doirasidagi tovar (kitob) tugab qolsa, Aksiya Ishtirokchisi Aksiyaning barcha shartlarini bajarsa-da, tovar mavjud emasligi sababli tovarni chegirma bilan xarid qila olmaydi.

2.11. Aksiya Ishtirokchisi tomonidan 2.1. va 2.2. bandlar bajarilgan va Aksiya hamkori «Красный Октябрь» SB tovarlari xaridi amalga oshirilgan taqdirda, Ishtirokchi kassada qo‘shimcha aksiya fishkasiga ega bo‘ladi (chek bo‘yicha jami fishkalarga +1).

2.11.1 Qo‘shimcha fishkaga ega bo‘lish uchun «Красный Октябрь» SBdan quyidagi tovarlardan birini xarid qilish zarur:

  • Алёнка shokoladli plitkasi, sutli 200g
  • Алёнка shokoladli plitkasi, sutli va funduqli 200g
  • Алёнка shokoladli plitkasi, sutli tayoqchali 100g
  • Алёнка shokoladli plitkasi, sutli 90g
  • Алёнка shokoladli plitkasi, sutli va funduqli 90g
  • Алёнка shokoladli plitkasi, sutli va bodomli 90g
  • Алёнка shokoladli konfetlari, qadoqda 250g
  • Qoraqum konfetlari, qadoqda 250g
  • Красная шапочка konfetlari, qadoqda 250g
  • Мишка косолапый shokoladli konfetlari, qadoqda 200g
  • Мишка Косолапый asalli va qovurilgan yong‘oqli konfetlari, qadoqda 200g
  • Аленка krem-bryule gumbazli konfetlari, qadoqda 250g
  • Красный Октябрь sovg‘ali konfetlari, qutida 200g
  • Красный Октябрь shokolad ta’mli konfetlari, og‘irligi
  • Красный Октябрь vanil va qaymoq ta’mli konfetlari, og‘irligi
  • Красный Октябрь, Мишка Косолапый konfetlari, og‘irligi
  • Алёнка krem-bryule konfetlari, og‘irligi
  • Qoraqum shokoladli konfetlari, og‘irligi
  • Красный Октябрь qovurilgan yong‘oqli yumshoq konfetlari, og‘irligi
  • Алёнка vaflili konfetlari, og‘irligi
  • Красный Октябрь, Красная шапочка konfetlari, og‘irligi
  • Алёнка shokoladli kremli biskviti, 200g
  • Алёнка quyultirilgan sutli biskviti, 200g
  • Алёнка qaymoqli kremli biskviti, 200g
  • Алёнка sutli shokoladli biskviti, 175g
  • Алёнка plombirli biskviti, 175g
  • Алёнка qaymoqli kremli biskviti, 240g
  • Алёнка shokoladli kremli biskviti, 240g
  • Алёнка quyultirilgan sutli pishiriqlari, 6*40g
  • Алёнка sutli shokoladli ruleti, 200g
  • Алёнка qaymoqli kremli mini-ruleti, 210g
  • Мишка Косолапый Assorti vaflili torti, 250g
  • Алёнка qaymoqli vaflili torti, 250g
  • Алёнка sutli shokoladli pechenyesi, 190g
  • Алёнка sutli pechenyesi, 190g

 

2.12. Aksiya doirasidagi tovarlar (kitoblar) jami 30 000 (o‘ttiz ming) kitobni tashkil etadi. Ulardan 24 000 (yigirma to‘rt ming) kitob rus tilida va 6 000 (olti ming) donasi o‘zbek tilidadir.

2.13. Kitobning chegirmali narxi 39 990 (o‘ttiz to‘qqiz ming to‘qqiz yuz to‘qson) so‘mni tashkil etadi. Kitobning o‘z narxi – 119 990 (bir yuz o‘n to‘qqiz ming to‘qqiz yuz to‘qson) so‘m.

2.14. Aksiya tashkilotchisi Aksiya Qoidalari va uni o‘tkazish muddatiga o‘zgartish kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Aksiya doirasidagi tovarlar miqdori cheklangan.

 

Aksiyaga oid barcha yangiliklar «Korzinka»ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari va kompaniyaning saytidagina e’lon qilib boriladi:

Facebook: fb.com/korzinkauz/
Instagram: instagram.com/korzinkauz/
Rus tilidagi Telegram: t.me/korzinka_uz
O‘zbek tilidagi Telegram: t.me/korzinka_uzb
Diskont do‘konlarining Telegram kanali: t.me/korzinkauzdiscount
Ma’lumot uchun telefon: 78 140 1414