• Dinamik QR-kod
  • Yangi korzinka.uz kartasini bepul roʻyxatdan oʻtkazish
  • Doʻkonlar boʻyicha navigatsiya

korzinka.uzilovasini yuklab oling

Phone
Phone
Background

Afzalliklari

Dinamik
QR-kod
Generatsiyalangan QR-kod har 30 soniyada yangilanadi. Shu sababli ham korzinka.uz ilovasini ishlatayotganda bonuslaringiz xavfsizligiga ishonchingiz komil boʻlishi mumkin.
Yangi korzinka.uz kartasini bepul roʻyxatdan oʻtkazish
korzinka.uz ilovasida yangi korzinka.uz kartasini mutlaqo bepul roʻyxatdan oʻtkazish mumkin.
Doʻkonlar boʻyicha navigatsiya
Qulay navigator oʻzingizga yaqin korzinka.uz supermarketini topib, yoʻnalish belgilashda yordam beradi.

FAQ

  • korzinka.uz kartasini qanday olish mumkin?
    Elektron shakldagi korzinka.uz kartasini hech qanday shartlarsiz, ilovadagi anketani toʻldirgan holda olish mumkin.
  • Mavjud kartani ilovada roʻyxatdan oʻtkazish mumkinmi?
    Ha, mumkin. Buning uchun “Mavjud kartani qoʻshish” funksiyasini tanlash kerak.
  • Ilovada nechtagacha kartani roʻyxatdan oʻtkazish/qoʻshish mumkin?
    Ilovada 5 tagacha kartani roʻyxatdan oʻtkazish/qoʻshish mumkin.
  • Elektron kartani qanday tiklash mumkin?
    Kartani tiklash talab etilmaydi. Buning uchun kartani ilovaga uning raqami va karta olayotganda kiritgan telefon raqamlarini yozgan holda qoʻshish kifoya.
  • Telefon/karta raqamimni (elektron/oddiy) unutdim. Qanday tiklash mumkin?
    Bu holda tizimda ma'lumotlarni yangilash uchun 78 140 14 14 raqamlari orqali call-markazimizga murojaat qilishingiz mumkin.
  • Elektron karta bor. Uni oddiy karta shaklida qanday qilib olish mumkin?
    Elektron karta oddiy karta shaklida boʻlmaydi. Uni oddiy karta tarzida olmoqchi boʻlsangiz, istalgan supermarketlardan birida tiklash amaliyotini bajarish lozim. Buning uchun pasport bilan kelib 5 000 soʻm toʻlashingiz talab etiladi.
  • Elektron shakldagi karta balansidagi bonuslardan toʻlov qilsa boʻladimi?
    Ha, kassada mobil ilovadagi kartaning QR-kodini taqdim etishingiz lozim.
  • Elektron kartadan bonuslarni yechishda cheklovlar bormi?
    Ayni damda elektron kartadan 1 ta xarid cheki uchun 100 000 bonusdan ortiq yechishning iloji yo'q. Ammo, agar 100 000 bonusdan ortiq yechish ehtiyoji bo'lsa, cheklovlarsiz haqiqiy korzinka.uz kartasidan foydalanish mumkin.
  • Kartani ilovadan qanday oʻchirish mumkin?
    Kartani ilovadan oʻchirish uchun “Karta sozlamalari”ga kirish va “Kartani ilovadan oʻchirish”ni tanlash lozim.
  • Elektron kartadan bonuslarni yechish qanchalik xavfsiz?
    Har 30 soniyada yangilanadigan dinamik QR-kod tufayli ilova maksimal darajadagi xavfsizlikni kafolatlaydi.
  • Kassada shtrix-kod o'qilmayapti. Shtrix-kod eskirgani haqida xatolik chiqyapti.
    Bu vaziyatda smartfon sozlamalarida vaqtni tekshirish lozim. Ehtimol avtomatik tarzda aniqlash o'rnatilmagan hamda vaqtdagi tafovut katta bo'lishi mumkin.
  • Ilovani yuklab bo'lmayapti yoki yuklab olish tugmasi yo'q.
    Yuklab olish tugmasining yo'qligiga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin: a) smartfonda VPN yoqilgan; b) Play market yoki App Store sozlamalarida O'zbekiston emas, balki boshqa mamlakat ko'rsatilgan; с) smartfon sozlamalarida O'zbekiston emas, boshqa davlat ko'rsatilgan. d) siz O'zbekiston hududida emassiz.