korzinka.uz supermarketlar tarmog’i va LAYS savdo belgisi birgalikda super tanlov e’lon qiladi!

Futbol ishqibozlarining ijodkorligi chegara bilmaydi!

Aynan hozir, futbol hissiyotlari avjiga chiqqan bir damda video tanlov e’lon qilamiz! Yozning eng qaynoq hodisasini munosib nishonlang! Ishtirok eting, g’oliblikka erishing va super sovg’alarimiz – iPHONE X, SONY PLAYSTATION 4 va APPLE WATCHdan birini yutib oling!

Buning uchun quyidagi shartlarni bajarishingiz lozim:

– O’ziga xos she’r (krichalka), qo’shiq yoki akapello o’ylab toping;
– Uni 60 soniyalik yorqin va ijodkorona yondoshuvli video-lavhada kuylang (video-lavhani suratga olish kerak);
korzinka.uz va Laysning Facebook sahifalariga layk qo’ying;
– Tayyor video-lavhangizni o’z profilingizga yuklab @korzinka.uz , deb yozib bizni belgilang;
– Video lavhaga #korzinkalays2018 heshtegini matn tarzida ilova qiling.

MUHIM! Tanlov mobaynida profilingiz omma uchun ochiq bo’lishi zarur!

Barchaga omad! Eng ijodkor futbol ishqibozi g’olib bo’lsin!

DIQQAT! Tanlov sanalari 5 kunga uzaytirildi!

Shunga muvofiq:
– 25-iyundan 13-iyul oxirigacha saralash bosqichi.
– 14-iyuldan 15-iyulgacha hakamlar saralashi.
– 16-iyuldan 20-iyul oxirigacha ovoz berish jarayoni.
– 23-iyul kuni g’olib e’lon qilinadi.

Barchaga omad yor bo’lsin!

I. Umumiy nizom

1.1.  “Futbol hissiyotlari” video tanlovi (keyingi oʻrinlarda video tanlov)

1.2. Video tanlov tashkilotchisi hamda “Futbol hissiyotlari” nomi bilan bogʻliq barcha tadbirlarning huquqiy egasi “Anglesey Food” ShK sanaladi. “Lay’s” savdo belgisi tanlovning hamkori va homiysi hisoblanadi.

1.3. Video tanlov tashkilotchisi:

1.3.1. Video tanlovning oʻtkazilish muddatlari va tartibini belgilaydi;

1.3.2. Tanlovning Ekspertlar komissiyasini tuzadi (keyingi oʻrinlarda Ekspertlar komissiyasi).

1.4. Video tanlov 2018-yilning 25-iyunidan 2018-yilning 8-iyuli oxirigacha oʻtkaziladi.

1.5. Video tanlov 3 bosqichda oʻtkaziladi:

– 1-bosqich “Ishlarni qabul qilish” – 2018-yilning 25-iyunidan 2018-yilning 8-iyuli oxirigacha oʻtkaziladi;

– 2-bosqich “Saralash” – 2018-yilning 10-iyulidan 2018-yilning 14-iyuligacha oʻtkaziladi;

– 3-bosqich “Taqdirlash” – 2018-yil 16-iyul;

1.6. Video tanlov natijalari korzinka.uz sayti, korzinka.uz’ning facebook.com, ok.ru, instagram.com’dagi sahifalarida e’lon qilinadi.

1.7. Video tanlov gʻoliblari egallagan oʻrniga muvofiq quyidagi sovrinlarga ega boʻladi:

1 oʻrin – iPhone X
2 oʻrin – Sony PlayStation 4
3 oʻrin –Apple Watch Series 3

4 – 10 oʻrinlar – Lay’s mahsulotlarining sovgʻa toʻplami

1.8. Videoga qoʻyiladigan talablar:

– videoning oʻziga xosligi;

– video tanlov nomiga mos kelishi;

– futbol bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqaga egaligi;

– videoning davomiyligi 60 soniyagacha boʻlishi kerak.

II. Video tanlovda ishtirok etish shartlari

2.1. Video tanlov uchun taqdim etilgan videolarning istalgan muallifi (huquqiy egasi) tanlov ishtirokchisi boʻlishi mumkin. Tanlov ishtirokchilarining yoshi chegaralanmagan.

2.2. Video tanlovda Hakamlar hay’ati va Ekspertlar komissiyasi vakillari, shuningdek, tanlov Tashkilotchisi hamda Hamkorlarining qarindoshlari ishtirok etishi mumkin emas.

2.3. Video tanlovga futbol mavzusiga aloqador videolar qabul qilinadi. Har bir ishtirokchi oʻzining qisqa she’ri (qofiyalangan qatorlar), qoʻshiq yoki akapellosiga ega boʻlishi, ularni bir daqiqadan koʻp boʻlmagan videoda aks ettirib oʻziga xos tarzda tasvirga olishi kerak.

2.4. Ishtirokchilarga joy, lavhadagi odamlar soni, qofiyalangan qatorlar hajmi boʻyicha chegara qoʻyilmaydi.

2.5. Tanlovga talab etilgan sifatda taqdim etilmagan yoki aslligini tekshirish imkoniyati boʻlmagan videolar qabul qilinmaydi.

III. Tanlovga ariza berish tartibi

3.1. Tanlov qatnashchilari facebook.com, ok.ru, instagram.com ijtimoiy tarmoqlaridagi korzinka.uz sahifasiga #KorzinkaLays2018 heshtegi bilan video yuborishi (yuklashi) lozim.

3.2. Bitta ishtirokchi/akkauntdan faqat bitta video qabul qilinadi.

3.2. Bitta videoni faqat bir marta yuborish lozim.

3.3. Ishtirokchi/akkaunt korzinka.uz va Lay`s Uzbekistan’ning  Facebook.com tarmogʻidagi sahifalariga “Layk” (“Yoqdi”) qoʻyishi lozim.

3.3. Video tanlovda ishtirok etishga talabgor videolar 2018-yilning 8-iyul kuni, soat 23:59gacha yuklanishi (yuborilishi) lozim.

IV. Ishlarning baholanishi. Tanlov gʻoliblarini aniqlash jarayoni

4.1. Video tanlovda ishtirok etishga taqdim etilgan ishlar ikkinchi bosqichda Ekspertlar komissiyasi tomonidan baholanadi.

4.2. Baholash natijalariga koʻra Ekspertlar komissiyasi korzinka.uz sahifasidagi ochiq ovozga qoʻyiladigan eng yaxshi 10 ta videoni tanlab oladi.
4.3. Ovoz berish yakunlariga koʻra tashkilotchilar ovozlarni hisoblab, tanlov ishtirokchilari tanlovning barcha shartlarini qanchalik toʻgʻri bajarganini tekshiradi.

4.4 Video tanlov tashkilotchisi tanlov mobaynida kelib tushgan ishlarning amaldagi qoidalarga muvofiqligini tekshiradi. Shuningdek, foydalanuvchilarning ovozlari natijalarini hisoblaydi. Firibgarlik/ko’zbo’yamachilik/ovozlar sonining sun’iy oshirilishi holatlari aniqlanganda Video tanlov tashkilotchisi ovozlarni qaytadan hisoblab chiqadi.

4.5 Ovoz berish jarayonida ovozlar sonini sun’iy oshirishdan foydalangan ishtirokchilarning ishlari sababini izohlamasdan tanlovdan olib tashlanadi. Ushbu ishtirokchi sovrinli o’rinda turgan taqdirda, undan keyingi ishtirokchiga uning o’rni beriladi.

4.6. 2018-yilning 15-iyul kuni korzinka.uzning barcha sahifalarida Video tanlov gʻoliblari e’lon qilinadi.

4.7. 2018-yil 16-iyul, dushanba kuni gʻoliblar taqdirlash marosimiga taklif etiladi.

V. Intellektual mulk huquqi

5.1. Video tanlovda qatnashish orqali ishtirokchilar quyidagilarni kafolatlaydi:

– U Video tanlovga taqdim etilgan videoning huquqiy egasi sanaladi va u bilan bogʻliq mutlaq huquqqa ega boʻladi;

–  Videolar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmasligi, haqoratlovchi ma’lumotdan holi, odob-ahloq me’yorlari va umum e’tirof etilgan qadriyatlarga mos kelishi lozim;

–  Videoning mazmuni uchinchi shaxslarning huquqlariga dahl qilmasligi kerak;

5.2.  Uchinchi shaxslar tomonidan Jamiyatga videodan foydalanish boʻyicha da’vo qilingan taqdirda ishtirokchi da’vogarlar bilan barcha bahsli vaziyatlarni mustaqil tarzda va oʻz hisobidan hal qilishi lozim;

5.3. Video tanlovga taqdim etilgan videolarning mualliflik huquqi tegishli videolarning mualliflarda boʻladi.

5.4. Tanlovda ishtirok etish orqali qatnashchilar taqdim etgan videolarining Tashkilotchi tomonidan qoʻyilishi, nusxalanishi, chop etilishi, ommaviy namoyish etilishi, shuningdek, jamoatchilikka istalgan shaklda yetkazilishi, jumladan, internet tarmogʻiga joylanishiga rozilik bildirgan boʻladi.

5.5. Videoni yuklagan vaqtida ishtirokchilar avtomatik tarzda oʻz nomi hamda Video tanlovga taqdim etgan videolarining Jamiyat nizomi doirasida ishlatilishiga rozilik bergan boʻladi.

VI. Yakunlovchi nizom

6.1. Gʻoliblarning nominatsiyalar boʻyicha taqdirlanishi 16-iyul kuni Tashkilotchining hududida boʻlib oʻtadi.

6.2. Video tanlovda ishtirok etish quyidagilarni anglatadi:

–  Ishtirokchi Tashkilotchi tomonidan oʻrnatilgan shartlar va Video tanlov qoidalariga toʻliq va shartsiz amal qilishi, Video tanlovda qatnashish uchun Tashkilotchi qoʻygan talablarga rozilik bildirishi;

–  Ishtirokchi Tashkilotchi tomonidan Video tanlovni oʻtkazish boʻyicha oʻrnatilgan shartlar va qoidalarga amal qilish javobgarligini olishi;

– Ishtirokchi shaxsiy ma’lumotlarining saqlanishi va foydalanilishiga rozilik bildirishi;

6.3. Tashkilotchi tomonidan Video tanlovda qatnashishga doir qoʻyilgan shart va qoidalarning istalgan shakldagi buzilishi ishlarning koʻrib chiqilmasligiga asos boʻladi.

6.4. Ekspertlar komissiyasining qarori yakuniy sanalib, qayta koʻrib chiqilmaydi.

6.5. Video tanlov tashkilotchisi Ekspertlar komissiyasining qarori asoslari va sabablarini izohlamaydi.

6.6. Tanlov tashkilotchisi telekommunikatsion va energetik tarmoqlardagi buzilishlar, zararkunanda dasturlar ta’siri, uchinchi shaxslar tomonidan Tashkilotchining dasturiy ta’minoti va/yoki apparat majmuasiga ruxsatsiz kirishi va/yoki ishdan chiqarishi natijasida oʻz vazifalarini toʻliq yoki qisman ado eta olmasligi uchun javobgar boʻlmaydi.

6.7. Video tanlov Tashkilotchisi Video tanlovni oʻtkazishga doir qoidalarga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.