Siz xaridingiz miqdoridan 3% gacha jamg‘arib olishingiz mumkin!

Siz butun oilangiz uchun yagona jamg‘aruvchi hisob raqamli 4 ta kartaga ega bo‘lasiz.


korzinka.uz karta dasturi a’zosiga aylanish uchun quyidagi shartlardan birini bajarishingiz  lozim:

1. 300 000 so‘mdan ortiq bir martalik xaridni amalga oshirish. Maxsus anketaga ega bo‘lish uchun xarid chekini do‘kon ma’muriyatiga taqdim etish. Anketani to‘ldirib do‘kon ma’muriyatiga qaytarish.
2. 200 000 so‘mdan ortiq xaridni amalga oshirish  + eko sumka. Maxsus anketaga ega bo‘lish uchun xarid chekini do‘kon
ma’muriyatiga taqdim etish. Anketani to‘ldirib do‘kon ma’muriyatiga qaytarish.
3. Maxsus anketaga ega bo‘lish uchun ko‘ngilli ravishda qon donori bo‘lgani haqidagi karta/ma’lumotnomani do‘kon ma’muriyatiga taqdim etish. Anketani to‘ldirib do‘kon ma’muriyatiga qaytarish.
4. Maxsus anketaga ega bo‘lish uchun eski namunadagi korzinka.uz kartasini do‘kon ma’muriyatiga taqdim etish. Anketani to‘ldirib do‘kon ma’muriyatiga qaytarish.
5. Maxsus anketaga ega bo‘lish uchun istalgan turdagi bonusli yoki jamg‘aruvchi kartani do‘kon ma’muriyatiga taqdim etish. Anketani to‘ldirib do‘kon ma’muriyatiga qaytarish.
6. Maxsus anketaga ega bo‘lish pensiya guvohnomasini do‘kon ma’muriyatiga taqdim etish. Anketani to‘ldirib do‘kon ma’muriyatiga qaytarish.
Yuqoridagi barcha shartlar korzinka.uz, Smart va RedTag do’konlarida amal qiladi.

Jamg‘arib boruvchi bonusli tizim qanday ishlaydi:

1. Har bir xarid uchun umumiy bonusli hisob raqamingizga 1% olasiz;
2. Har bir oydagi jami xarid miqdori 500 ming so’mdan ortiqni tashkil etganda oylik xaridlar miqdoridan 1% retro-bonusga ega bo‘lasiz.
3. Har bir chorakdagi 2 million so‘mdan ortiq xarid uchun siz yana 1 % retro bonusga ega bo‘lasiz
4. korzinka.uz Diskont do‘konlaridagi xaridlar uchun retro bonuslar hisoblanmaydi
5. Oilangizning barcha xaridlarini bitta jamg‘arib boruvchi hisob raqamidan amalga oshirib, tezroq ball to‘plab retro bonusga ega bo‘ling

Korzinka.uz kartalaridan foydalanish qoidalari

1. Korzinka.uz kartalari korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i hamda Smart va RedTag do‘konlardagi xaridlar uchun amal qiladi.
2. Karta mijozning jamg‘arib boruvchi hisob raqami hisoblanib, supermarketlar tarmog‘idagi xaridlar jarayonida to‘lov vositasi sanaladi (hisob raqamidagi balans miqdori yetarli bo‘lsagina)
3. Retro-bunuslar tizimi o‘sib boruvchi shkalaga ega
4. Karta uni taqdim etgan shaxs uchun amal qiladi
5. Kartalarning amal qilish muddati cheklanmagan, ammo supermarketlar tarmog‘i kartalarga xizmat ko‘rsatishni bir tomonlama bekor qilish, dastur va mazkur qoidalarda istalgan o‘zgarishlarni amalga oshirish huquqini o‘zida saqlab qoladi
6. Karta supermarketlar tarmog‘ining  mulki sanaladi va birinchi talabdanoq qaytarilishi lozim

Karta yo‘qolganida

Karta yo‘qotib qo‘yilganda, mijoz hisob raqamining beruxsat ishlatilishini oldini olish uchun bloklab qo‘yish bo‘yicha +998 78 140-14-14 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi lozim. Mijoz do‘kon ma’muriyatiga shaxsan  murojaat qilsagina unga yangi karta taqdim etiladi. Bunda hisob raqamidagi balans va mavjud ma’lumotlar to‘laligicha yangi kartaga ko‘chiriladi.

Reklama aksiyalari

1. Reklama aksiyalari va chegirmalar davomida kartadan har bir alohida aksiyaning qo‘shimcha talablaridan kelib chiqqan holda foydalaniladi.
2. Kartani alohida turdagi tovarlarni sotib olish uchun ishlatayotganda supermarketlar tarmog‘i ma’muriyati kartadan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha shartlarni o‘rnatishi mumkin.
3. Qo‘shimcha shartlar bilan kompaniyaning korzinka.uz sayti yoki ma’lumotlar xizmatining +998 78 140-14-14 raqamlari orqali tanishish mumkin.