Mana, ikkinchi yildirki, korzinka.uz “Global tadbirkorlik haftaligi”da Platinaviy hamkor sifatida ishtirok etmoqda. Ushbu o’ziga xos loyihaning bir qismi ekanligimizdan xursandmiz.

Global Entrepreneurship Network (Global Tadbirkorlik Tarmog’i) – yagona global tadbirkorlik ekotizimini tashkil etishga qaratilgan, dunyoning 160 ta mamlakatidagi tarmoq, dastur va tashabbuslarning yalpi platformasi sanaladi.

O’zbekistonda “Global tadbirkorlik haftaligi” ikkinchi marta o’tkazilmoqda.