Aziz do’stlar!

«korzinka.uz: bolajonlardan maktublar» aksiyamiz doirasida biz juda ko’plab ta’sirli, samimiy, qiziqarli, g’aroyib va ba’zida g’amgin xatlar, betakror rasmlar, qo’lda yasalgan buyumlarni qabul qilib oldik.
Har bir maktub o’ziga yarasha e’tiborga molik edi.

Ana shunday quvnoq, iste’dodli, mehribon va ko’ngli ochiq bolajonlarni voyaga yetkazayotgan ota-onalarga chuqur ehtirom bildiramiz. Tadbirni muvaffaqiyatli o’tkazishda bizga ko’maklashgan barcha-barchaga alohida minnatdorchilik izhor etamiz.

Aksiya ishtirokchilarini chin dildan tabriklaymiz! Orzu qiling – albatta ushaladi!