“Korzinka.uz: bolajonlardan maktublar” aksiya shartlari

YANGILANDI. Aksiya 23-dekabrgacha uzaytirildi.

“korzinka.uz: bolajonlardan maktublar” Yangi yil aksiyasida 3 yoshdan 10 yoshgacha boʻlgan bolajonlar qatnashishlari mumkin. Aksiya 14-dekabrdan 23-dekabrgacha (shu kuni ham) oʻtkaziladi. Quyidagi shartlarni bajargan aksiya ishtirokchilariga kompaniya tomonidan bolajonlarga moʻljallangan Yangi yil tomoshalari uchun chiptalar taqdim etiladi.

Aksiyada qatnashuvchi bolalar ushbu shartlarni bajarishlari lozim:

1.“Toshkent sh., korzinka.uz” pochta manziliga (To’liq manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Halqa yo’li ko’chasi, 120-uy. Indeks: 100015) xat yozib “Oʻzbekiston pochtasi” AJning istalgan boʻlimlaridan biri orqali yuborish.

2.Xatda quyidagi 2ta savolga batafsil javob yozish:

a) Yangi yil siz uchun nima?
b) Korzinka.uzning direktori boʻlganingizda qanday ishlar qilar edingiz?

3.Xatga Yangi yil mavzusiga mos rasm ilova qilish.

4.Konvert ustiga bolaning ism-familiyasi, yoshi, shuningdek, aloqaga chiqishimiz uchun uy manzili hamda telefon raqamlarini yozish lozim.

Ma’lumoti toʻliqsiz hamda yuqoridagi talablardan biriga javob bermaydigan xatlar aksiyada ishtirok etmaydi.

Maktublar rus, oʻzbek va ingliz tillaridan birida yozilgan boʻlishi mumkin. Bolalarning ishtirokisiz, kattalar tomonidan yozilgan xatlar koʻrib chiqilmaydi.

Faqatgina “Oʻzbekiston pochtasi” AJning pochta boʻlimlaridan biri orqali “Toshkent sh., korzinka.uz” (To’liq manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Halqa yo’li ko’chasi, 120-uy. Indeks: 100015) pochta manziliga yuborilgan xatlargina qabul qilinadi. Toʻgʻridan-toʻgʻri korzinka.uz supermarketlaridan biriga yoki korzinka.uz ofisiga olib kelingan xatlar koʻrib chiqilmaydi va aksiyaga qabul qilinmaydi.

Bitta oiladan ikki yoki undan koʻproq bolalarning xatlari yuborilayotganda ularning barchasini bitta konvertga solib yuborish lozim. Aksiyada bir oiladan 1 tadan 3 tagacha bolalar ishtirok etganda oilaning kattalaridan biriga 1 dona kattalar chiptasi beriladi. Aksiyada bir oiladan 4 ta va undan koʻproq bolalar ishtirok etganda oilaning kattalaridan ikki kishiga 2 dona kattalar chiptasi beriladi.

Maktab oʻqituvchilari, bolalar bogʻchasi tarbiyalanuvchilari tomonidan bolalarning guruhli xatlari aksiyada ishtirok etmaydi (imkoniyati cheklanganlar uylari, mehribonlik uylari hamda ijtimoiy toifaga kiruvchi boshqa tashkilotlar bundan mustasno).

Xatlarning aksiya oʻtkazilish muddatiga muvofiqligi xat yuborilishida pochta boʻlimida qoʻyiladigan muhrning sanasiga qarab nazorat qilinadi. Masalan, pochta boʻlimida 20-dekabrda qabul qilingan xatlar aksiya shartlariga muvofiq, deb topiladi. 20-dekabrdan soʻng yuborilgan xatlar aksiyaga qabul qilinmaydi.

“korzinka.uz: bolajonlardan maktublar” aksiyasi ishtirokchilari uchun teatr chiptalari faqatgina muayyan korzinka.uz supermarketlarida tashkilotchilar tomonidan belgilangan soatlarda tarqatiladi. Tashkilotchi chipta tarqatish joyi va vaqtini oʻzgartirish huquqiga ega.

“korzinka.uz: bolajonlardan maktublar” aksiyasi ishtirokchilari uchun teatr tomoshalari faqatgina korzinka.uz supermarketlari joylashgan shaharlardagina oʻtkaziladi (Toshkent, Andijon, Qoʻqon, Buxoro).

“korzinka.uz: bolajonlardan maktublar” aksiyasi boʻyicha barcha yangiliklar korzinka.uzning rasmiy sahifalari hamda kompaniya saytida e’lon qilib boriladi:
www.korzinka.uz
Facebook: fb.com/korzinkauz/
Instagram: instagram.com/korzinkauz/
Telegram: t.me/korzinka_uz
Ma’lumot uchun telefon: +998 71 140 1414