12-may kuni DaVinci Solutions kompaniyasi tomonidan har yilgi an’anaviy HR-anjumanining navbatdagisi o‘tkazildi. Tadbir “Eng yaxshi ish beruvchi” mukofotining 9 yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblarini taqdirlash marosimi bilan yakunlandi.


korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i, REDTAG va Smart do‘konlari hamda City Taxi taksi xizmatlarini o‘z ichiga olgan “Anglesey Food” sho‘ba korxonasi:
• Mamlakatning eng talabgir ish beruvchisi (mahalliy kompaniyalar orasida)


• Xodimlar haqida g‘amxo‘rlik (mahalliy kompaniyalar orasida)


• Xodimlarning shaxsiy rivojlanishi (mahalliy kompaniyalar orasida)


kabi 3 yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblikka sazovor bo‘lgani biz uchun, ayniqsa, quvonchli hodisadir!


Xodimlarimiz – bizning yutuqlarimiz va rivojimiz omili!