1-sentabr kuni soat 10:00da Buxoro shahrida korzinka.uz DISKONT supermarketimiz ishga tushdi!

Karnay-surnay ohanglari jo’rligida boshlangan ochilish marosimi avvalida viloyat hokimi O’ktam Barnoyev, Buxoro shahri hokimi Karim Kamolov hamda mahalliy jamoatchilik vakillari so’zga chiqib yig’ilganlarni qo’shaloq bayramlar bilan tabriklashdi.

Mehmondo’st Buxoro ahli uchun DISKONT shaklidagi ushbu do’konimizda tarmog’imizdagi eng arzon narxlar, maxsus chegirmalar va aksiyalar amal qiladi!

Biz sizni har kuni 08:00dan 22:00gacha Buxoro shahri, B.Naqshband ko’chasi, 149-uy manzilida kutamiz (Yangi MUM)!