Andijon shahrida korzinka.uz DISKONT supermarketining ochilish marosimi oʻtkazildi!

Tantanali tadbirda shahar ahli, mehmonlar qatorida Andijon viloyati hokimi Abdurahmonov Shuhratbek Qoʻshaqbayevich ham qatnashib, karnay-surnay sadolari ostida yigʻilganlarni yangi supermarket bilan tabrikladi.

Ochilish munosabati bilan xaridorlar mahsulotlarni hamyonbop narxda maxsus chegirmalar bilan xarid qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Sizni har kuni soat 08:00dan 22:00gacha Andijon shahri, Amir Temur shoh koʻchasi, 62-uyda kutamiz. Moʻljal: Avtovokzal roʻparasi.