Qulupnay mavsumi boshlanganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, deyarli yakunlanay, deb qoldi. Biroq ushbu mazali mevaning ajib ta’midan yil bo‘yi rohatlanging keladi. korzinka.uz  uy sharoitida qulupnay muzlatishning eng samarali usullari haqida Sizga hikoya qiladi.

 

№1 usul. Qiyomda

  1. Qulupnayni yuvib tozalaymiz
  2. 4 chashka suv va 1 chashka shakardan qiyom tayyorlaymiz. Shakarni eritib, eritmani sovutamiz.
  3. Butun mevalarni konteynerga solib, ustidan qiyom solamiz. Har yarim litr konteynerga 1/2-1/3 nisbat chashkada qiyom quyamiz.
  4. Konteynerni yopib muzlatishga qo‘yamiz.

 

 

№2 usul. Shakarda

  1. Qulupnayni yuvib tozalaymiz
  2. Qulupnayni ikkiga yoki tilimlab bo‘lib piyolaga solamiz
  3. Qulupnayning har litr hajmiga ustidan 1/2 nisbat chashkada shakar solamiz. Shakar erimaguncha masalliqlarni aralashtiramiz.
  4. Qulupnaylarni konteynerga qadoqlab mahkam yopamiz. Muzlatishga qo‘yamiz.

 

№3 usul. Muz bo‘laklari shaklida

  1. Qulupnayni yuvib tozalaymiz
  2. Bir osh qoshiq limon sharbati bilan blenderga solamiz
  3. Bir xil tarkib hosil bo‘lmaguncha blenderda aralashtiramiz
  4. Hosil bo‘lgan qulupnayli massani muz bo‘laklari qolipiga quyamiz
  5. Qolipni muzlatgichga qo‘yamiz. Muzlatamiz.

 

 

Barcha korzinka.uz do‘konlaridagi qulupnay narxi – 4 190so‘m (kg)

Barcha korzinka.uz do‘konlaridagi shakar narxi – 4 490 so‘m (900 g);