Barcha qiziquvchilar diqqatiga!

Korzinka.uz tarmog‘ining 20 yilligini ajoyib tanlov bilan qarshi oling!
Anchadan buyon fotoapparat, zamonaviy rusumdagi mobil telefon yoki planshet sotib olishni orzu qilasizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

Biz korzinka.uz tarmog‘iga aloqador bo‘lgan eng yaxshi fotosuratlar uchun quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha sovg‘alarni hozirlab qo‘ydik:
“Eng yaxshi retro fotosurat” – sovrin – Nikon D5500
“Eng kulguli fotosurat” – sovrin – Nikon D3200
“Sevgi va korzinka.uz” – sovrin – elektron fotoramka va professional fotosuratchidan oilaviy fotosessiya uchun sertifikat
“Eng yaxshi selfi” – sovrin – Samsung Galaxy A7 mobil telefoni
“Tomoshabinlar e’tirofi sovrini” – sovrin – Samsung Galaxy Tab S2 plansheti

Qanday qilib tanlov ishtirokchisiga aylanish mumkin?

1-qadam: Shaxsiy arxivingizdan korzinka.uz bilan bog‘liq qiziqarli fotosuratlarni toping yoki suratga tushiring.

2-qadam: fotosuratni korzinka.uz sahifasi yoki o‘zingizning shaxsiy profilingizga #korzinka20 heshtegi bilan joylashtiring va surat ijtimoiy tarmoqning barcha foydalanuvchilari uchun ochiq ekanligiga ishonch hosil qiling.
Tanlovda ishtirok etishga nomzod bo‘lgan fotosuratlar 2016-yilning 20-sentabridan 30-sentabrigacha qabul qilinadi. G‘oliblar 1-oktabr kuni mustaqil va xolis hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi.

Biz cheklanmagan miqdordagi fotosuratlarni qabul qilishga tayyormiz!

G‘alaba sari olg‘a!

I.Umumiy qoidalar

1.1. “Beqiyos kadr!” fototanlovi (keyingi o‘rinlarda – Fototanlov) korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ining 20 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladi.
1.2. Fototanlovning  va umuman “Beqiyos kadr!” nomi bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan tadbirlarning tashkilotchisi va muallifi DP «Anglesey Food» hisoblanadi.
1.3. Fototanlov tashkilotchisi:
1.3.1. Fototanlovning o‘tkazilish muddati va qonun-qoidalarini belgilaydi;
1.3.2. Fototanlovning ekspertlar komissiyasini tayinlaydi (keyingi o‘rinlarda – ekspertlar komissiyasi).
1.4. Fototanlov 2016-yilning 20-sentabridan 2016-yilning 4-oktabrigacha o‘tkaziladi.
1.5. Fototanlov 3 (uch) bosqichda bo‘lib o‘tadi:
– 1-bosqich “Ishlarni qabul qilish – 2016-yilning 20-sentabridan 2016-yilning 30-sentabrigacha;
– 2-bosqich “Saralash” –  2016-yilning 1-oktabri;
– 3-bosqich “Taqdirlash” – 2016-yilning 4-oktabri;
1.6.  Fototanlov natijalari korzinka.uz veb-sayti, facebook.com, ok.ru hamda instagram.com ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.
1.7. Fototanlovning har bir nominatsiyasi g‘oliblari nominatsiya yo‘nalishidan kelib chiqqan holda sovrinlarga ega bo‘lishadi:
– ENG YAXSHI RETRO FOTOSURAT
– ENG KULGULI FOTOSURAT
– KORZINKADAGI ENG YAXSHI SELFI
– SEVGI VA KORZINKA
– TOMOSHABINLAR E’TIROFI SOVRINI
1.8. Fotosuratlarga qo‘yiladigan talablar:
– fotosuratning o‘ziga xosligi
– g‘oyaning ijodkorona yondoshuvi
– nominatsiya nomi bilan uyg‘unligi
– korzinka.uz tarmog‘iga tog‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi
– fotosuratning yaxshi va yuqori darajadagi sifati

II. Fototanlovda ishtirok etishning talablari:

2.1. Fototanlovda istalgan muallif (mualliflik huquqiga ega shaxs) o‘z ishlari bilan qatnashishi mumkin. Tanlovda yosh bilan bog‘liq chegaralanishlar mavjud emas.
2.2. Hakamlar hay’ati va ekspertlar komissiyasi vakillari Fototanlovda ishtirok etishi mumkin emas.
2.3. Fototanlovga tanlov nominatsiyalarining mavzusiga mos keluvchi, korzinka.uz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri  bog‘liq bo‘lgan fotosuratlar qabul qilinadi.
2.4. Yetarli darajadagi sifatga hamda haqiqiyligini tekshirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fotosuratlar tanlovda ishtirok etuvchi nomzod sifatida ko‘rib chiqilmaydi.

III.Fototanlov nominatsiyalari

3.1. Fototanlov quyidagi nominatsiyalarni o‘z ichiga oladi:
– ENG YAXSHI RETRO FOTOSURAT (fotosuratlarda tarixiy belgilar bo‘lishi lozim)
– ENG KULGULI FOTOSURAT (fotosuratlar yumoristik kayfiyatga ega bo‘lishi lozim)
– KORZINKADAGI ENG YAXSHI SELFI (fotosuratlar telefon/planshetning old kamerasida olingan bo‘lishi lozim)
– SEVGI VA KORZINKA (ushbu nominatsiyadagi fotosuratlar “sevgi” mavzusiga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim)
– TOMOSHABINLAR E’TIROFI SOVRINI (ushbu nominatsiya g‘olibi korzinka.uzning facebook.com tarmog‘idagi sahifasida ochiq ovoz berish jarayoni orqali aniqlanadi)
3.2. Fotosurat tanlovning qaysi nominatsiyasi bo‘yicha ishtirok etishini tanlov qatnashchisining o‘zi belgilaydi.
3.3. Fototanlov qatnashchisi har bir nominatsiya bo‘yicha chegaralanmagan miqdordagi suratlarni taqdim etishi mumkin.

IV. Fototanlovga yozilish tartibi

4.1. Tanlov qatnashchilari suratlarni korzinka.uzning facebook.com, ok.ru va instagram.com ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga #korzinka20yil heshtegi bilan yuborishlari (yuklashlari) mumkin
4.2. Har bir ishtirokchi Fototanlovda chegaralanmagan miqdordagi fotosuratlar bilan qatnashishi mumkin
4.3. Fototanlovda qatnashishga nomzod bo‘lgan fotosuratlar 2016-yilning 30-sentabridan kechiktirilmasdan yuklanishi lozim.

V. Ishlarni baholash. Fototanlov g‘oliblarini aniqlash

5.1. Fototanlovga taqdim etilgan ishlar 2-bosqichda Ekspertlar komissiyasi tomonidan baholanadi.
5.2. O‘tkazilgan baholash ishlaridan so‘ng Ekspertlar komissiyasi Fototanlov g‘olibiga aylangan suratlarni saralab oladi.
5.3. Hakamlar suratlarni bir nominatsiyadan ikkinchi nominatsiyaga ko‘chirishga haqli.
5.4. “Tomoshabinlar e’tirofi sovrini” nominatsiyasida Fototanlovda qatnashish uchun yuborilgan barcha suratlar inobatga olinadi. Ushbu nominatsiya g‘olibi korzinka.uzning facebook.com tarmog‘idagi sahifasida ochiq ovoz berish jarayoni orqali aniqlanadi.

VI. Intellektual mulk huquqi

6.1. Fototanlovda ishtirok etish orqali ishtirokchi quyidagilarni kafolatlaydi:
– U Fototanlovga taqdim etilgan fotosuratlarning qonuniy egasi hisoblanadi va ular bilan muomalada zaruriy huquqlarni o‘zida saqlaydi.
–  Fotosuratlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, axloqiy qonuniyatlar va umuminsoniy qadriyatlarga zid kelmasligi, haqoratlovchi xarakterga ega bo‘lmasligi lozim.
–  Fotosuratlar uchinchi tomon shaxslarining huquqlariga ziyon yetkazmasligi kerak.
6.2. Uchinchi tomon fotosuratlardan foydalanish bo‘yicha jamoatga arz qilgan taqdirda muallif shaxsan javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi hamda e’tiroz bildirgan shaxslar bilan yuzaga kelgan bahsli vaziyatni mustaqil bartaraf etadi.
6.3. Fototanlovga taqdim etilgan suratlarning mualliflik huquqi ushbu surat egalarida saqlab qolinadi.
6.4. Tanlovda ishtirok etish orqali qatnashchilar tashkilotchiga fotosuratlarni (maxsus bo‘lmagan litsenziya) e’lon qilish, nusxa olish, ommaviy ko‘rgazmali holatda qo‘yish, jamoatchilikka istalgan usulda taqdim etish, Internet tarmog‘i, xususan, ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yish (omma e’tiboriga havola etish) huquqini ham taqdim etadi.
6.5. Fototanlov ishtirokchilari suratlarni yuklagan paytidan boshlab avtomatik ravishda ismi va taqdim etgan suratlarining jamoatchilik orasida namoyish etilishiga rozilik bergan hisoblanadi.

VII. Yakuniy qoidalar

7.1. G‘oliblarni taqdirlash marosimi 4-oktabr kuni tashkilotchilarga tegishli hududda o‘tkaziladi.
7.2. Fototanlovda ishtirok etish quyidagilarni anglatadi:
– Ishtirokchi tanlov tashkilotchisi tomonidan Fototanlovning o‘tkazilishi bo‘yicha o‘rnatilgan shartlar va qoidalarni shartsiz va to‘liq qabul qiladi hamda tashkilotchining tanlovda qatnashish uchun qo‘ygan shartlariga rozilik beradi.
– Fototanlovning o‘tkazilishi bo‘yicha Tashkilotchi tomonidan o‘rnatilgan qonun-qoida va shartlarga rioya etishi bo‘yicha javobgarlikni bo‘yniga oladi.
– Ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlashga rozi bo‘lish.
7.3. Tashkilotchilar tomonidan Fototanlovda ishtirok etish bo‘yicha o‘rnatilgan shartlarga ishtirokchilarning rioya qilmasligi – ishlarining ko‘rib chiqilmasligiga sabab bo‘ladi.
7.4. Ekspertlar komissiyasining qarori hal qiluvchi hisoblanadi va qayta ko‘rib chiqilmaydi.
7.5. Tanlov tashkilotchilari Ekspertlar komissiyasining  qabul qilgan qarorlari va ularning sababini izohlamaydi.
7.6. Tashkilotchi energetika va telekommunikatsiya tarmoqlaridagi uzilishlar natijasi bo‘lgani holda, o‘z majburiyatlarini bajarmasligi yoki bajarishi uchun mas’ul bo‘lmasligi, zarar keltiruvchi xatti-harakatlar natijasida uchinchi shaxslarga jazo belgilanmagan taqdirda Tashkilotchi dasturiy yoki boshqaruv majmuasining ishdan chiqishiga xizmat qiluvchi nomaqbul xatti-harakatlari uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmaydi.
7.7. Fotokonkurs Tashkilotchisi tanlovning o‘tkazilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish huquqini saqlab qoladi.