Korzinka.uz karta dasturi

Siz xaridingiz so‘mmasidan 3% gacha jamg‘arib olishingiz mumkin! Siz butun oilangiz uchun yagona jamg‘aruvchi hisob raqamli 4 ta kartaga ega bo‘lasiz.

korzinka.uz kartasi dasturi a’zosiga aylanish uchun quyidagi shartlardan birini bajarishingiz lozim:

Jamg‘arib boruvchi bonusli tizim qanday ishlaydi

  1. Har bir xarid uchun umumiy bonusli hisob raqamingizga 1% olasiz.
  2. Har bir oydagi jami xarid miqdori 500 ming so’mdan ortiqni tashkil etganda oylik xaridlar so‘mmasidan 1% retro-bonusga ega bo‘lasiz. Retro bonus kelgusi muddatning boshida bir martalik shaklda hisobga oʻtkaziladi.
  3. Har bir chorakdagi 2 million so‘mdan ortiq xarid uchun siz yana 1 % retro bonusga ega bo‘lasiz. Retro bonus kelgusi muddatning boshida bir martalik shaklda hisobga oʻtkaziladi.
  4. uz Diskont do‘konlaridagi xaridlar uchun retro bonuslar hisoblanmaydi.
  5. Oilangizning barcha xaridlarini bitta jamg‘arib boruvchi hisob raqamidan amalga oshirib, tezroq ball to‘plab retro bonusga ega bo‘ling.

Korzinka.uz kartalaridan foydalanish qoidalari

  1. Korzinka.uz kartalari korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i hamda Smart va REDTAG do‘konlardagi xaridlar uchun amal qiladi.
  2. Karta mijozning jamg‘arib boruvchi hisob raqami hisoblanib, supermarketlar tarmog‘idagi xaridlar jarayonida to‘lov vositasi sanaladi (hisob raqamidagi balans miqdori yetarli bo‘lsagina)
  3. Retro-bunuslar tizimi o‘sib boruvchi shkalaga ega
  4. Karta uni taqdim etgan shaxs uchun amal qiladi
  5. Kartalarning amal qilish muddati cheklanmagan, ammo supermarketlar tarmog‘i kartalarga xizmat ko‘rsatishni bir tomonlama bekor qilish, dastur va mazkur qoidalarda istalgan o‘zgarishlarni amalga oshirish huquqini o‘zida saqlab qoladi
  6. Karta supermarketlar tarmog‘ining mulki sanaladi va birinchi talabdanoq qaytarilishi lozim.

Karta yo‘qolganida

Karta yo’qotilgan taqdirda mijoz o’z hisobining begona shaxslar tomonidan ishlatilishiga yo’l qo’ymaslikni ta’minlash uchun +99871 140-14-14 raqamlariga qo’ng’iroq qilib kartani bloklatishi zarur.

Yangi karta olish uchun mijoz shaxsan o’zi pasport bilan do’kon ma’muriyatiga murojaat qilishi zarur. Shunda uning amaldagi ma’lumotlari hamda hisob raqamidagi balansi yangi kartaga o’tkazib beriladi.

Kartani tiklash uchun 5 000 so’m miqdoridagi mablag’ to’lanishi lozim.

Karta balansini tekshirish

  1. Telegramdagi korzinka.uz boti yordamida. Telegramning qidirish satridan «@korzinka_uzbot» manzilini terib qoʻllanma boʻyicha amalni bajaring.
  2. Xarid vaqtida kassa terminalida kartadan foydalanganda.

Cheklovlar

  1. Reklama aksiyalari va chegirmalar davomida kartadan har bir alohida aksiyaning qo‘shimcha talablaridan kelib chiqqan holda foydalaniladi.
  2. Kartani alohida turdagi tovarlarni sotib olish uchun ishlatayotganda supermarketlar tarmog‘i ma’muriyati kartadan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha shartlarni o‘rnatishi mumkin.
  3. Qo‘shimcha shartlar bilan kompaniyaning www.korzinka.uz sayti yoki ma’lumotlar xizmatining 140-14-14 raqamlari orqali tanishish mumkin.