korzinka.uz tayyorlab qo’ygan layfxaklar tabiat qo’ynida maroqli dam olishingizga yordam beradi, deb umid qilamiz!

Layfxak 1

Har xil turdagi hasharotlarni jalb qilmaslik uchun kerakli mahsulotlarni soyabon ichiga solib, daraxt yoki biror joyga ilib qo’ying.

Layfxak 2

Ichimlik solingan idishlarni tabiat qo’ynida salqin saqlash biroz mushkul vazifa. Ammo suv havzalari bor joy uchun bu muammo emas. Suzish uchun mo’ljallangan pufakli yengchalar hamda ingichkaroq arqonchalardan foydalanib ichimliklarni suvga solib qo’yishingiz mumkin.

Layfxak 3

Ichimliklarni pashsha yoki boshqa hasharotlardan himoyalash uchun stakan og’ziga kekslar uchun mo’ljallangan qog’oz shaklchalarni yopib qo’ying. Ichimlikni somoncha orqali ichishingiz mumkin.

Layfxak 4

Ziravorlar, tuz va shakarni Tik-tak idishchalariga solib qo’yish ham joy tejash imkoniyatini beradi, ham tartibni ta’minlaydi.