Avvalgi maqolamizda sizni korzinka.uz shaxsiy savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan nonlarimiz bilan tanishtirib o’tgan edik. Bugun esa aziz ne’matning turlaridan biri, ya’ni bug’doy unidan tayyorlangan non mahsulotlarini e’tiboringizga havola qilmoqchimiz. Bu qanday nonlar, ularning boshqalardan farqi nima va ularni qanday mahsulotlar bilan tanovul qilish mumkin? Ayni ma’lumotlarni korzinka.uzning navbatdagi maqolasida bilib olish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Chiabatta

Piyozli chiabatta.
Narxi – 3 790 so’m

Serquyosh Italiya o’lkalarida paydo bo’lgan mazali non turi. Serg’ovak mag’zi va yumshoq qarsilloq chetlari chiabattaning asosiy xususiyatlari sanaladi. Bug’doy unidan qilinadigan ushbu italyan nonlari tarkibiga xamirturush va zaytun qo’shiladi. Odatda xamirning ichiga turli qo’shimchalar ham solinadi. korzinka.uz tarmog’ida siz zaytun va brinzali; piyozli; piyoz va yanchilmagan garmdori; shuningdek, hech qanday qo’shimchalarsiz tayyorlanadigan an’anaviy chiabatta nonlarini xarid qilishingiz mumkin.

Chiabattadan qilinadigan buterbrodlar

Boshqa non turlariga nisbatan kaloriyasi kam bo’lgani sababli chiabattani foydali parhezbop mahsulotlardan biri, deyish mumkin. Italiyada chiabatta buterbrod, sendvich hamda aksariyat yengil yeguliklar tayyorlashda ishlatiladi. Uni salat va sho’rvalar bilan dasturxonga tortish mumkin. Ishtahali qo’shimchalar bilan qovurilgan, yog’ va sarimsoq surilgan mashhur italyan bruskettasini aynan chiabatta asosida pishirishadi.

Baget

Fransuz bageti.
Narxi – 2 690 so’m

Totli fransuzcha oq non. Uni 50-70 smli uzunchoq shaklidan osongina tanib olish mumkin. Mag’zi yumshoq, ustki qatlami qarsilloq, ko’pincha un sepilgan holatda bo’ladi. An’anaga ko’ra baget kesilmaydi, balki qo’lda ushatiladi. Bagetni ertalabki nonushtaga sariyog’ va mayin pashtet bilan birga iste’mol qilish tavsiya etiladi. Yumshoq pishloqlar ham uning uchun aynan mos «juft» hisoblanadi.

Sariyog’li baget

korzinka.uzda: An’anaviy, «O’ziga xos», «Fransuzcha» va «Mayin» kabi bir necha xil bagetlarni xarid qilish mumkin. Barchasini tatib ko’rib o’zingiz uchun sevimlisini tanlab oling.

Bug’doydan qilinadigan boshqa nonlar

Bug’doy-makkajo’xorili baton.
Narxi – 2 990 so’m

Makli burama non
Narxi –

korzinka.uz savdo belgisi ostidagi bug’doy unidan qilinadigan nonlar ichidan sut va makkajo’xorili baton; oq nonlar – shaklli va buramali non; rozmarinli xushbo’y Fugas va makli burama nonlarni misol qilib keltirish mumkin. Ushbu toifadagi barcha nonlar oliy navli bug’doy unidan tayyorlanib, ularga juda kam miqdordagi ozuqaviy qo’shimchalar va ta’m beruvchi moddalar solinadi.

korzinka.uz savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan nonlar yangiligi va xushta’mligini saqlab qolishga imkon beradigan ekologik toza qog‘oz paketlarda sotiladi. Do‘konlarimizda ular uchun maxsus yog‘och peshtaxtalar o‘rnatilgan.

korzinka.uz mazali non mahsulotlari bilan ta’mlar sarxilligidan bahramand bo‘ling!

Narxlar:

An’anaviy chiabatta – 2 990 so’m

Piyozli chiabatta – 3 790 so’m

Piyoz va garmdorili chiabatta – 3 790 so’m

Zaytun va brinzali chiabatta – 4 790 so’m  

 “Особый” bageti – 3 290 so’m

“Французский” bageti – 2 690 so’m

“Нежный” bageti – 3 290 so’m

“Молочный” batoni- 3 590 so’m

“Кукурузный” batoni – 2 990 so’m

Shaklli oq non – 2 990 so’m

O’rama oq non – 2 490 so’m

Rozmarinli “Фугас” noni – 3 190 so’m

Makli burama non – 3 590 so’m

*Narxlar maqola e’lon qilingan kun uchun amal qiladi (22.08.2017)