Xalqaro oshpazlar kuni munosabati bilan korzinka.uz jamoasi Oʻzbekistonning eng taniqli oshpazlaridan biri, 8 tonnalik rekordchi palovni tayyorlashda jonbozlik koʻrsatgan afsonaviy pazanda Bahriddin Chustiy bilan suhbatlashishga muvaffaq boʻldi. Uchrashuv tafsilotlari bilan quyidagi eksklyuziv intervyuyimizda tanishishingiz mumkin.