Biz haqimizda

Anglesey Food kompaniyasi 1996-yilda tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdoning “supermarket” shaklida faoliyat yuritishni boshlagan ilk tarmoqlardan biri sanaladi. Avvaliga kompaniya Anglesey Food brendi ostida “uy oldidagi doʻkonlar” formatida ish olib borgan. 2001-yilda olib borilgan rebrending siyosatini tarmoqning korzinka.uz brendi nomi ostida rivojlanishining ilk bosqichi sifatida tarixga kiritish mumkin.

Hech bir ikkilanishlarsiz korzinka.uz tarmogʻini xalqona savdo belgisi deyish mumkin. Har kuni doʻkonlarimizga oʻn minglab xaridorlar tashrif buyurishadi. Bu esa yana va yana yangi mijozlarni jalb etish yoʻlida tinimsiz izlanishimizga turtki beradi.  Xizmat koʻrsatish sifatini oshirish borasidagi muntazam ishlar, qulay narx siyosati, noyob sodiqlik tizimi dasturi xaridorlarimizning ishonchini mustahkamlashda muhim oʻrin tutadi. Supermarketlarimizdagi mahsulotlar va nooziq-ovqat tovarlarining keng turi, kundalik aksiyalar, chegirmalar hamda degustatsiyalar mijozlarni jalb etishdagi asosiy omillardan sanaladi.

Afzalliklar:

  • Chakana savdodagi yetakchi o‘rin
  • Mahsulotlar xilma-xilligi
  • Noyob sodiqlik tizimi dasturi
  • Xaridorlarning yuqori ishonchi
  • Sohadagi 20 yillik tajriba

Nega aynan biz?

Chakana savdo sohasidagi oziq-ovqat va turdosh mahsulotlar boʻyicha tajribasi tufayli korzinka.uz tarmogʻi mijozlarning tovarlarga boʻlgan ehtiyojini inobatga olib sifat kafolatini toʻla taʻminlashga intiladi. Koʻp yillardan buyon bozorda muqim oʻringa ega boʻlib kelayotgan taʻminotchilarimiz siymosidagi yirik va omadli kompaniyalar oʻzlarining uzluksiz mehnati tufayli tovarlarning boy assortimenti saqlanib turishida muhim rol oʻynaydilar. Barcha turdagi tovarlarimizning sertifikatlanganiga alohida urgʻu berish lozim.

 

Ayni vaqtda tarmogʻimiz barqaror rivojlanishi orqali xaridorlar orasida oʻziga xos obroʻ-eʻtiborga ega boʻlmoqda. korzinka soʻzi maishiy hayotda supermarket tushunchasi bilan deyarli birdek maʻnoda ifodalanayotgani haqidagi dalilning oʻziyoq koʻp narsani anglatadi. Tarmoqning kengayib borishi va doʻkonlar sonining ortishi sababli 2010-yilda nisbatan kichik hisoblangan doʻkonlar “uy yaqinidagi doʻkon” shaklidagi alohida guruhga birlashtirildi. Smart shoʻba savdo belgisi taʻsis etilishi orqali ularning konsepsiyasi va assortiment siyosati ishlab chiqildi.

Boshqa doʻkon formatlari:

korzinka.uz Diskont doʻkonlari

Yetakchilik maqomi hamma narsada birinchi boʻlishni talab etadi! korzinka.uz Oʻzbekistondagi mahalliy riteylerlar orasida korzinka.uz DISKONT – ulgurji savdo doʻkonlariga asos solgan ilk tarmoq sanaladi. Aksariyat tovarlar kategoriyasi uchun belgilangan oʻrtacha bozor taklifidan ham pastroq narxlar ushbu formatdagi doʻkonlarning eng asosiy oʻziga xos jihatidir. Tovarlarni yuklashga moslashtirilgan qulay panduslar, savdo zalidagi hudud oʻlchami, mahsulotlarning joylashtirilishi – doʻkonning koʻproq kichik turdagi ulgurji xaridorlar uchun moʻljallanganidan dalolat beradi.

Ammo, narx borasidagi qulay takliflar tufayli oddiy xaridorlar ham ushbu shakldagi supermarketlarimiz xizmatidan bajonidil foydalanishmoqda. Shu bilan birgalikda, DISKONT doʻkonlari xizmat sifati jihatidan korzinka.uz tarmogʻining boshqa doʻkonlaridan hech bir jihati bilan farq qilmaydi. Ilgʻorlikka intilish va har bir oilaning yaqin yordamchisiga aylanish – kompaniyamizning birlamchi maqsadlaridan sanaladi. korzinka.uz jamoasi – bu yakdil hamkasblar va yuqori malakali mutaxassislar demakdir!

 

Smart – uy yaqinidagi doʻkonlar

Smart – yaqin atrofda  istiqomat qiluvchi aholining amaldagi ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan uy oldidagi doʻkon hisoblanadi. Doʻkonning maqsadi va vazifasi – har qanday holatda ham mehmonlarimizning ogʻirini yengil qilishdir. Frenchayzilarimizdan boshlab doʻkon mudirlargacha, ombor mudirlaridan  sotuvchi-maslahatchilargacha, kunlik taʻminlovchilardan tortib novvoylarimizgacha – barcha-barchamizning yagona maqsadimiz – tashrif buyuruvchilarning ehtiyojlarini oʻzimizning doʻstona xizmatimiz va ommabop fud-kassalarimiz  bilan tez va qulay shaklda qondirishdir.